Namangan muhandislik-pеdagogika instituti
Download 0.89 Mb.
|
Oliy matеmatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namangan - 2022
Namangan muhandislik-qurilish institutiOliy matеmatika kafеdrasi BXA ta’lim yo`nalishigaOliy matеmatika fanidan III sеmеstrdagi o`zlashtirish darajasini aniqlash uchun bеriladigan hisob grafik ishi va topshiriqlar to`plami Namangan - 2022Oliy matеmatika kafеdrasi yig`ilishida ko`rib chiqilib, chop etishga ruxsat etilgan Yig`ilish bayoni № 2022 y Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy-mеtodik kеngashida ko`rib chiqilib, chop etishga tavsiya etilgan Majlis bayoni № 2022 y Tuzuvchilar: Taqrizchi: TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tartibi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775 son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018 son buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 26 sentyabrda 3069 son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizom” asosida ishlab chiqildi. Nazorat turlari va baholash mezonlari 1-§. Nazorat turlari Namangan Muhandislik Qurilish Instituti Oliy matematika kafedrasida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo’limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi. 3. Matematika (Oliy matematika) fanidan oraliq nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir semestrda ikki marta o’tkaziladi. Oraliq nazorat turini ma’ruza va amaliy mashg’ulot o’qituvchilari birgalikda o’tkazadi. 4. Oraliq nazorat turini o’tkazish muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib kafedra tomonidan belgilanadi va kalendar rejada ko’rsatiladi. Matematika (Oliy matematika) fanidan oraliq nazorat yozma ish shaklida o’tkaziladi. 5. Har bir oraliq nazorat topshiriqlari o’tilgan mavzularga taalluqli beshta misol va masalalardan iborat bo’lib, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 6. Talabaning amaliy, seminar mashg’ulotlari, hisob grafik ishlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg`ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Talabani oraliq nazorat turi bo`yicha baholashda, hisob grafik ishlarini bajarishi va uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi. 7. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarini o`zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o`tkaziladi. 8. Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat semestr yakunida bir marta o’tkaziladi. Matematika (Oliy matematika) fanidan yakuniy nazorat topshiriqlariga semestr davomida o’tilgan mavzularga taalluqli ikkita nazariy savol va uchta misol va masalalar kiritiladi. 9. Yakuniy nazorat turi NamMQIning tegishli fakultet dekani yoki o’quv-uslubiy bo’limi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling