Namangan Muhandislik-Qurilish instituti akademik litseyi 106 – guruh talabasi Rustamboyev Diyorbekning Jismoniy tarbiya fanidan yozgan referati futbol
Download 42.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqfutbol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Futbol bezoriligi
Futbol toʻpi futbolda oʻynaluvchi sharsimon toʻpdir. Futbol qoidalariga koʻra toʻpning aylanasi 68-70 sm, massasi 410—450 g, ichki havo bosimi 55-80 kPa, usti charm yoki shunga oʻxshash material bilan qoplangan boʻlishi zarur.[1]
Futbol toʻplarini bir qolipga keltirish 1863-yilda, toʻplarning qanday boʻlishi haqidagi qoidalar joriy etilishi bilan boshlandi. 1872-yili bu qoidalarga oʻzgartirishlar kiritildi. Hozirgi toʻplar 32 yoqli sharsimon ikosaedr shaklidadir, ulardan 12 tasi muntazam beshburchak, 20 tasi muntazam oltiburchakdir. Ikosaedr va futbol toʻpi Futbol toʻplari avvalboshda bir rangli: jigarrang, oq boʻlgan. 1960-larda oq-qora televideniyedagi futbol matchlari efirlari uchun toʻplar oq-qora rangga boʻyala boshlandi. Rangli televideniye yoyilishi bilan bu odat keraksiz boʻlib qolib, endilikda toʻplar har xil ranglarga boʻyalmoqda. Futbol bezoriligi deb futbol ishqibozlari tomonidan yoki futbol matchlari natijalaridan norozilik tufayli kelib chiquvchi bezorilikka aytiladi. Bularga turli futbol jamoalarini dastaklovchi muxlislar orasidagi janjal va mushtlashuvlar, vandalizm va boshqa tur notinchliklar misol boʻlishi mumkin. Baʼzi mamlakatlarda (asosan Yevropada) futbol bezorilari oʻta oʻng yoki oʻta soʻl siyosiy firqalar bilan aloqadordirlar. Futbol bezoriliklari jiddiy oqibatlarga, halokatlarga olib kelishi mumkin. Bezorilarni tinchlantirish uchun militsiya (politsiya) kuchlari, klublar uchun jarimalar va hk choralar koʻriladi. Sport bilan bogʻliq ommaviy bezoriliklar Oʻrta Asrlardan beri maʼlum. 1314-yili Angliya qiroli Edward II toʻs-toʻpolonlarga yoʻl qoʻymaslik uchun mahalliy toʻp tepish oʻyinini taqiqlagan.[1] Zamonaviy futbol bezoriligining ilk koʻrinishi 1880-yillar Angliyasida sodir boʻlgan: match paytida jamoa muxlislar raqib jamoa ishqibozlari va hakamlarni haqoratlashgan. Ikki jahon urushlari orasidagi vaqtda bironta jiddiy futbol bezoriligi kuzatilmagan. Biroq 1950-yillardan boshlab bu hodisalar avjiga olib ketdi. Futbol bezoriligi Argentina va Peruda keng tarqalgan (Braziliyada nisbatan kamroq). Bu mamlakatlarda futbol bezoriliklari tufayli yuzlab odamlar halok boʻlgan; bezorilar pichoq va oʻtochar qurollardan foydalanishadi. 1969-yili Salvador va Gonduras orasida «Futbol urushi» deb atalgan harbiy ziddiyat yuzaga keldi va u olti kun davom etdi. Bu urushga shu ikki mamlakat terma jamoalarining jahon chempionati saralash musobaqalaridagi matchlaridan soʻnggi muxlislar olishuvi sabab boʻlgandi. Meksika va AQShda futbol bezoriligi noyob boʻlsa-da, yoʻq emas. 1998-yilda Meksika milliy futbol terma jamoasi muxlislari Olmoniya jamoasiga yutqazganida meksikalik bezorilar toʻpolon koʻtarishib, bir kishining oʻlimi va bir necha yaralanishlarga sabab boʻlishdi. Shuningdek, 2008-yili Amerika Qoʻshma Shtatlarida, Ohio shtatida Columbus Crew va West Ham United klublari matchida 100 dan ortiq futbol bezorilari oʻzaro mushtlashishdi. Yevropa mamlakatlarida futbol bezoriligi juda keng yoyilgan. Ayniqsa Buyuk Britaniya, Fransiya, Olmoniya, Turkiya va Rossiyada bezorilar yaxshi uyushgan holda harakat qilishadi. Osiyoda futbol bezoriligi kam uchraydigan holatdir, biroq Xitoy, Bangladesh, Isroil, Shimoliy Koreya va Siriyadagi bezoriliklar chogʻida oʻnlab odamlar halok boʻlishgan. Oʻzbekistonda futbol bezoriligi katta miqyoslarda emas. Bezorilik odatda stadionlarning ayrim sektorlaridagi janjallar bilan cheklanadi (shuni aytish joizki, bunda militsiyaning hissasi katta). Biroq Toshkentda futbol bezorilari stadionlar tashqarisida toʻpolon qilishgani, jamoat transportiga jiddiy zarar yetkazishgan hollari maʼlum (masalan, 1969-yilgi Paxtakordagi toʻpolonlar). Download 42.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling