Namangan Muhandislik Qurilish instituti “Bino va Inshootlar” kafedrasi


Download 0.84 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1010760
Bog'liq
Namangan Muhandislik Qurilish instituti

Namangan Muhandislik Qurilish instituti

“Bino va Inshootlar” kafedrasi

“Injenerlik geologiyasi” fanidan tayyorlagan taqdimoti

Reja

  • Goexronologik shkala. Tuzilishi
  • Sistemalar
  • Eralar
  • Davrlar

Geoxronologik boʻlimlar ilmiy jihatdan kuraviy miqyosda tarqalgan, ammo kesimlarning toʻliq emasligi va izoxron satxlarni kuzatish usullarining chegaralanganligi sababli faqat yirik geoxronologik boʻlimlargina keng miqyosda belgilangan. Radiologik geoxronometriya maʼlumotlari boʻyicha hozirgi vaqtda fanerozoy eratema, sistema, boʻlim, yarus, davrlarining hamda bir qancha zamon va asrlarning davom etgan vaqti aniqlangan. Radiologik yoshni aniqlash tokembriy G.sh. uchun ayniqsa muhim, chunki tokembriy uchun hozirgacha umumiy qabul qilingan boʻlimlar yoʻq

Har qaysi davr uchun oʻziga xos hayvon va oʻsimliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud. 19-asr boshlarida togʻ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda paleontologik metodni birinchi marta U. Smit (Angliya), J. Kyuvye (Fransiya) tatbiq etgan. Ch. Layel, Ch. Darvin va V. O. Kovalevskiylarning paleontologiya sohasi boʻyicha i. t.lari paleontologik metodning asosini yaratdi. Geologlar koʻp yillar davomida qilgai mexnati evaziga Yer poʻstida qatlamlar yoʻnalishining umumiy ketma-ketligini aniqlashdi. Keyinchalik bu stratigrafiya shkalasi nomini oldi. Shkalaning yuqori qismi (fanerozoy) paleontologik metod asosida puxta qilib tuzilgan, pastki qismi uchun (tokembriy) toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saklanmaganligi sababli paleontologik metod cheklangan boʻlib, natijada unchalik mukammal boʻlimlarga ajratilmagan. Togʻ jinslarining metamorfizmi (oʻzgaruvchanlik) darajasi va b. belgilari boʻyicha tokembriy arxey (yoki arxeozoy) va proterozoyga boʻlingan. Shkalaning fanerozoy qismi 3 guruhga (yoki eratemalarga): paleozoy, mezozoy va kaynozoyga ajratilgan. Guruhlar oʻz navbatida sistemalarga, sistemalar boʻlimlarga, boʻlimlar esa yaruslarga boʻlingan. Shkalaning bir necha guruhlarni birlashtirgan qismi eonotema deb yuritiladi (mas, fanerozoy eonotemasi). Tokembriy uchun shkalada eonotemalarni birlashtirgan akrotema berilgan. Stratigrafik shkala G. shkalasini tuzish uchun asos hisoblanadi. Stratifafik shkalaning har qaysi boʻlimiga G. shkalasining maʼlum boʻlimi mos keladi. Boʻlim (epoxa) yarus (asr)larga boʻlingan. Guruh (eratema) eraga toʻgʻri keladi. Stratigrafik va unga moslashgan G. shkalasi 1881 yilda Italiyaning Bolonya sh.da ikkinchi xalqaro geologlar kongressida tasdiqlangan va oʻsha vaqtdan butun jahonda umumiy hisoblanadi. Keyinchalik paleontologik metodning takomillashishi natijasida olingan yangi maʼlumotlar asosida G. shkalasiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Yerning geologik taraqqiyoti, organik dunyoning evolyutsiyasi, tog‘ jinslarining paydo bo‘lishi va yoshini o‘rganish asosida geoxronologik jadval tuzilgan. Binobarin, geoxronologik jadvalda Yer taraqqiyoti bosqichlarining ketma-ketligi va o‘zaro bo‘ysunganligi aks ettirilgan. Lekin bu tushunchaning sinonimi tariqasida stratigrafik shkala ishlatiladi. Odatda stratigrafik shkalada yer po‘stidagi tog‘ jinslarining birin-ketin to‘planishini qo‘rsatadi. Hozirgi geoxronologik jadvalda geologik vaqt dastlab ikkita eonga, ya’ni fanerozoy (aniq hayot) va kriptozoy (yashirin hayot)ga bo‘linadi. Eonlar beshta eralarga ajraladi. Masalan, kriptozoy (tokembriy deb ham ataladi) ikkita eraga Arxey (birlamchi, ilk) proterozoy (eng qadimgi hayot); fanerozoy esa uchta eragapaleozoy (qadimgi hayot), mezozon (o‘rta hayot) va kaynazoy (yangi hayot) eralariga bo‘linadi. O‘z navbatida eralar davrlarga ajraladi, davrlar esa epoxalarga, epoxalar asrlarga bo‘linadi. Eralarga stratigrafik shkaladagi tog‘ jinsi guruhlari to‘g‘ri kelsa, davrlarga sistemalar, epoxalarga bo‘limlar, asrlarga esa yaruslar mos keladi.

. Geoxronologik bo'linmalar - akron, zonalar, era, davr, davr, asr, faza - stratigrafik bo'linmalarga - akrotema, eonotema, eratema (guruh), sistema, bo'lim, bosqich, zona mos keladi. Geoxronologik bo'linmalarning nomlari geologik tadqiqot ob'ektlarining nisbiy geologik yoshini ko'rsatadi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling