Namangan muhandislik-qurilish instituti «informatika va at» kafedrasi


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana28.01.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1135028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Laboratoriya mashg\'ulotlari USLUBIY KO\'RSATMA

 



2-LABORATORIYA ISHI 
MANOMETRIK TERMOMETRLAR 
Termometrning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish, o‘lchash asbobini 
xususiyatlarini mashinali eksperiment yordamida o‘rganish. 
Asosiy qism 
Manometrik termometrlarning ishlash prinsipi germetik yopiq hajm ichiga 
joylashtirilgan termometrik moddalar (gaz, suyuklik va kondensatsion suyuqlik) bosimi ular 
kiritilgan muhit xaroratniga mutanosib bo‘lishiga asoslanadi. 
Germetik hajm termometrik gaz bilan to‘ldirilsa, gazli manometrik termometr, 
suyuklik bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, suyuqlikli manometrik termometr va agar kondensatsion 
(tez bug‘ga aylanadigan) suyuqlik bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, bug‘lanuvchi suyuklikli 
manometrik termometr deb nomlanadi. Ularning o‘lchash prinsipi gazli manometrik 
termometr (1-rasm) ga o‘xshash. 
 
Gazli manometrik termometrlarda sezuvchi element sifatida termaballon 1, bosim 
uzatuvchi element sifatida kapillyar trubka 2, o‘lchov o‘zgartkich elementi sifatida 
manometrik prujina 3 (Burdon trubasi), o‘lchov o‘zgartkich mexanizmi 4 va o‘lchash 
natijalarini ko‘rsatuvchi element sifatida strelka 5 hamda shkala 6 dan foydalaniladi. 
Termoballon xarorati o‘lchanishi kerak bo‘lgan muhitga kiritiladi. Shunda muhit 
xaroratiga muvofiq, germetik hajm (termoballon, kapillyar-nay, (Burdon trubasi), silfonli 
membrana va boshqalar) ichidagi gaz, suyuklik yoki bug‘ bosimi o‘zgaradi. Bu o‘zgarish 
miqdori strelka yuradigan o‘lchash shkalasidan aniqlanadi. 
Gazli manometrik termometrlarda germetik hajm azot yoki geliy bilan to‘ldirilgan 
bo‘ladi. Bu gazlarning issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti ideal gazlarnikiga yaqin 
bo‘lganligi tufayli gazli manometrik termometr-larning xarakteristikasi R(() to‘g‘ri chiziqli, 
o‘lchash shkalasi esa bir tekis bo‘ladi. Gazli manometrik termometrlar 600°S gacha 
xaroratni o‘lchashga mo‘ljallanadi. 
Manometrik termometrlarning o‘lchash aniqligiga tashqi bosim va tashqi muhit 
xaroratining o‘zgarishi sezilarli ta’sir qilishi mumkin.
 
1 – rasm. Manometrik termometr. 1-termoballon, 2 – kapillyar- 
nay, 3-Burdon trubkasi, 4-richag sistemasi, 5-strelka, 6-shkala.
 
Tashqi bosim o‘zgarishining o‘lchash aniqligiga ta’sirini 
kamaytirish yoki yo‘q qilish uchun germetik hajm (1, 2, 3) ga gaz 
boshlang‘ich bosim R0 bilan to‘ldiriladi. Boshlangich bosim R0 



miqdorini hisoblab topish uchun xarorat o‘zgarishi bilan bosim o‘zgarishi orasidagi 
bog‘lanishdan foydalaniladi: 

Р = Р

- Р0 = Р0

(



0) (1) 
bundan
Р0 = 

Р/

(



0) 
bu yerda 

 =1/273.15 – gazning termik kengayish koeffitsiyenti,

– xaroratning yuqori qiymati; 

0 – boshlang‘ich tashqi muhit xaroratniing qiymati +20° С; 
Р
0
– germetik hajm ichidagi gazning

0 gradusdagidagi boshlang‘ich bosimi. 
Boshlang‘ich gaz bosimi miqdori o‘lchanadigan xaroratning kattaligiga qarab aniqlanadi. 
Tashqi muhit xaroratining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xaroratni o‘lchashdagi 
xatolik qiymatining asosiy qismi kapillyar trubka tufayli vujudga keladi, chunki uning ichki 
diametri 0,2. . . 0,5 mm, uzunligi 1 ... 60 m gacha oraliqda tashqi muhit ta’sirida bo‘lishi 
bunga sabab bo‘ladi. Kapillyar trubkaning o‘lchashga kiritadigan bu xatoligini 

=Vк/Vб(

к-

0) (2)
formula bo‘yicha aniqlash mumkin, bu yerda V
к
 – kapillyar trubka 
hajmi, V
б
 – termoballon hajmi, 

К
– kapillyar trubka joylashgan tashqi muhit xarorati 
°S. 
Termoballon hajmi ko‘pincha termoballon – kapillyar trubka va termometrik prujina 
umumiy hajmining 90 foizini tashkil qiladi. 
Manometrik termometrlarning qo‘llanilishiga cheklanish kiritadigan kamchiliklari 
sifatida o‘lchov asbobining inersionligi va termoballon o‘lchamlarining katgaligini 
ko‘rsatish mumkin. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling