Namangan muhandislik-qurilish instituti Sanoatni axborotlashtirish fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasining Navbatdan tashqari yig‘ilish bayonnomasi dan
Download 11.88 Kb.
|
очик дарс Ш.Икромов куз
- Bu sahifa navigatsiya:
- K U N T A R T I B I
- Qaror kilindi: Kafedra stajyor o`qtuvchiligiga davogar Sh.Ikromov sinov darsi natijasi bo‘yicha ijobiy deb topilsin. Majlis raisi: S.Komilov
Namangan muhandislik-qurilish instituti Sanoatni axborotlashtirish fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasining Navbatdan tashqari yig‘ilish bayonnomasi dan (o‘tgazilgan sinov dars muhokamasi) K O‘ Ch I R M A 13.11.2023 yil Namangan shahri
K U N T A R T I B I Axborot tizimlari texnologiyalari kafedrasi stajyor-o‘qituvchiligiga davogar Sh.Ikromovning “Avtomatlashtirish va boshqarishtizimlarida signallarni qayta ishlash” fanidan “Turli avtomatlashtirish tizimlarda mikrokontrollerlardan foydalanish” mavzusida o‘tgazilgan sinov dars muhokamasi. Eshitildi: Masala yuzasidan majlis raisi kafedra mudiri S.Komilov, so‘zga chiqib, kafedra rejasiga asosan oktyabr oyida “Namangan haqiqati” gazetasiga kafedra da stajyor o‘qtuvchi lavozimiga vakant borligi haqida e’lon berganligi va ushbu ish o’rniga davogar Sh.Ikromov sinov dars o‘tkazganligini aytib o‘tdi. Sinov darsni o‘tkazgan Sh.Ikromov darsini tahlil qilish natijalarini hamda undagi yutuq va kamchiliklari haqida o‘z fikrlarini bayon qildi. Majlis raisi Sh.Ikromovning 1-smena 1-juftlikda 25-TJBAKT-20 guruxida “Avtomatlashtirish va boshqarishtizimlarida signallarni qayta ishlash” fanidan “Turli avtomatlashtirish tizimlarda mikrokontrollerlardan foydalanish” mavzusida o‘tgazilganini aytib, fikr bildirish uchun kafedra professori M.Olimovga so‘z navbatini berdi. M.Olimov sinov dars bo‘yicha quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi: “Sh.Ikromov o‘quv mashg‘ulotini belgilangan vaqtda boshladi. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar talabalarga og‘zaki va elektron taqdimot asosida yetkazildi hamda mavzu to‘liq bayon etildi. Mavzu asosida misollar keltirildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berdi. Mavzuni qo‘shimcha mustahkamlash uchun foydalaniladigan adabiyotlar va internet manbalarini aytib o‘tdi. Tajriba mashg‘ulotida tarqatma materillardan ham foydalanildi. Dars so‘ngida talabalarga qiziqarli masala uy vazifasi sifatida berildi. Umumiy holda mashg‘ulotni ijobiy baholash mumkin”. Sh.Ikromovning sinov darsini tahlil qilgan intitut kengashi azosi dots. T. Jo‘rayev dars tahlili bo‘yicha quyidagi fikrlarni bayon qilganligini kafedra mudiri S.Komilov o‘qib eshittirdi: “Mashg‘ulot rejali tashkil etilgan va o‘z vaqtida boshladi. Dars mashg‘ulotida AKT vositalaridan va yangi pedagogik texnologiyalaridan samarali foydalanilgan. O‘tkazilgan sinov darsni ijobiy baholayman. Umumiy ball 80 ni tashkil etadi”. Qaror kilindi: Kafedra stajyor o`qtuvchiligiga davogar Sh.Ikromov sinov darsi natijasi bo‘yicha ijobiy deb topilsin. Majlis raisi: S.Komilov Kotib: I.G‘ofurjanov Download 11.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling