Namangan muhandislik-texnologiya instituti «Energetika» kafedrasi dotsenti B.X.Qo‘chqorov va assistent M.E.Shamshitdinovlarning “Noan’anaviy energiya manbalari va ular asosidagi energetik qurilmalar va avtonom fotoelektrik tizimni hisoblsh” mavzusidagi monografiyasiga
T A Q R I Z
Bugungi kunda jahonda zamonaviy Yoqilg’i energetika tarmog’ida samaradorlikni oshirish, energiya sarfini optimallashtirish masalalari yuzasidan o’tkazilgan yig’ilishidaˮ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari – hali to’la foydalanilmayotgan ulkan rezervlardan biri bo’lib, katta e’tibor berilmoqda. Shu ma’noda Noan’anaviy energiya manbalari va ular asosidagi energetik qurilmalar va avtonom fotoelektrik tizimni hisoblsh bo’yicha ro‘y beradigan energetic jarayonlar mexanizmlarini oydinlashtirishga qaratilgan tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega.
B.X.Qo‘chqorov va assistent M.E.Shamshitdinovlarning “Noan’anaviy energiya manbalari va ular asosidagi energetik qurilmalar va avtonom fotoelektrik tizimni hisoblash” mavzusidagi monografiyasi Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rag'batlantirish, qonun hujjatlarini qayta ko'rib chiqib, jahon tajribasi asosida iste'molchilarga qo'shimcha shart-sharoit yaratish muhimligi qayd qilindi. SHuningdek, sohaga to'g'ridan˗to’g’ri investisiyalar jalb qilish, viloyatlarda quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyalari qurishga doir masalalar ko'rib chiqilgan.
Monografiya Energetika va issiqlik energetikasi sohasi mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari olimlari, o‘qituvchilari va talabalari uchun muljallangan.
B.X.Qo‘chqorov va assistent M.E.Shamshitdinov “Noan’anaviy energiya manbalari va ular asosidagi energetik qurilmalar va avtonom fotoelektrik tizimni hisoblash” mavzusidagi monografiyasi qo‘yilgan talablarga javob beradi deb hisoblayman va chop etishga tavsiya qilaman.
Nam MTI professori: f.-m.f.d R.Ikramov
Do'stlaringiz bilan baham: |