Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Metallarning kimyoviy xossalari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallar 1U-20 S.Yo'ldashbayeva
Metallarning kimyoviy xossalari
Metallarning atomlari valent elektronlarini ancha oson beradi va musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. Shuning uchun metallar qaytaruvchilar hisoblanadi. Ularning asosiy va eng umumiy kimyoviy xossasi ana shundan iborat. Ravshanki, metallar qaytaruvchilar sifatida turli xil oksidlovchilar bilan, jumladan, oddiy moddalar, kislotalar, aktivligi
kamroq bo‘lgan metallarning tuzlari va ba’zi boshqa birikmalar bilan reaksiyalarga kirishadi. Metallarning galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari galogenidlar, oltingugurtli birikmalari — sulfidlar, azotli birikmalari — nitridlar, fosforli birikmalari — fosfidlar, uglerodli birikmalari — karbidlar, kremniyli birikmalari — silitsidlar, bromli birikmalari — bromidlar, vodorodli birikmalari —gidridlar deyiladi va h.k. Bu birikmalarning ko‘pchiligi yangi texnikada muhim sohalarda ishlatiladi. Masalan, metallarning boridlaridan radiotexnikada, shuningdek, yadro texnikasida neytronli nurlanishni rostlovchi va undan muhofaza qiluvchi materiallar sifatida foydalaniladi.Metallarning kislotalar bilan o‘zaro ta’siri oksidlanish-qaytarilish jarayonidir. Vodorod ioni oksidlovchi bo'lib, metalldan elektronni biriktirib oladi:
Ca - 21 = Ca2+ 2H+ + 2e = H, Ca + 2H + = C a 2+ + H Metallarning aktivligi kamroq metallar tuzlarining suvdagi eritmalari bilan o ‘zaro ta’sirini ushbu misolda ko'rsatish mumkin:
Ni + CuS04 = NiS04 + Cu Ni - 2 eT= Ni2+ | 1 Cu2+ +2F= Cu 2
Bu holda elektronlar aktivroq metall (Ni) atomlaridan ajraladi va aktivligi kamroq metall ionlariga (Cu2+) birikadi. Aktiv metallar suv bilan reaksiyaga kirishadi, bunda suv oksidlovchi bo‘ladi. Masalan:
Na-e = Na+ 2H20 + 2F= H2 + 20НГ 2Na + 2H20 = 2Na+ + 20H“ + H2 T Gidroksidlari amfoter bo‘lgan metallar, odatda, kislotalarning eritmalari bilan ham, ishqorlarning eritmalari bilan ham reaksiyaga kirishadi. Masalan:
Be + 2HC1 = BeCl2 + H2 T Be + 2NaOH + 2H20 = Na2[Be(OH)4] + H2 t Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling