Namangan muxandislik-pedagogika


Download 1.28 Mb.
bet6/20
Sana18.03.2020
Hajmi1.28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20





AD ni mexanik xarakteristikasi.

Teskari ulab tormozlash. Ishlab turgan dvigatelni teskari ulash rejimiga o’tkazish uchun, statorning ikki faza o’rinlarini almashlab-ulagich orqali almashtirib, ularni yana shu elektr tarmog’iga ulash kerak. Bunda, rotor zanjiriga, uning ishga tushirish qarshiligidan tashqari qo’shimcha aktiv qarshilik kiritiladi. Natijada, rotor aylanishiga teskari yo’nalgan tormozlovchi moment hosil bo’lishi sababli dvigatel tormozlanib to’xtaydi. Bunda dvigatel elektr tarmog’idan ajratilmasa va uning momenti Mst dan katta bo’lsa, u xolda dvigatel teskari tomonga aylana boshlaydi, -wt nuqtada esa u turg’un rejimda ishlay boshlaydi (rasm 3-7).

Teskari ulab tormozlashda rasm 3-7 da ko’rsatilganiday tezlik I-kvadrant xarakteristikasidan, II- kvadrantga o’tib (tezlik wt) egri chiziq bo’yicha kamayadi va w=0 bo’lganida tarmoqdan uziladi. Agar uzilmasa IV-kvadrantda I-kvadrantdagi xarakteristika takrorlanadi va tezlik w =-w0 bo’ladi.








Rasm 3-7. Teskari ulab



tormozlash xarakteristikalari.





Dinamik tormozlash. Dinamik tormozlash dvigatel

o’zgaruvchan tok tarmog’idan uzilib, stator chulg’amlari o’zgarmas tok tarmog’iga ulanganida amalga oshadi. Stator chulg’amlaridan o’zgarmas tok o’tganda qo’zg’almas magnit maydon hosil bo’lib, uning ta sirida aylanayotgan rotor chulg’amida o’zgaruvchan tok hosil bo’ladi. Bu tokning magnit maydoni stator magnit maydoni bilan o’zaro ta sirlanib tormozlanish momentini hosil qiladi. Rotor to’xtaganida ю=0, rotor toki va moment 0 ga teng bo’ladi. Shuning uchun hamma xarakteristikalar bir nuqtada uchrashadi (rasm 3-8).



Rasm 3-8. Dinamik tormozlash xarakteristikasi.


w







    1. Sinxron dvigatelning (SD) mexanikaviy va burchak xarakteristikalari

Sinxron dvigatelning statorida uch fazali chulg’ami bo’lib, rotorining po’lat o’zagiga qo’zg’atuvchi va qisqa tutashtirilgan chulg’amlar joylashtirilgan bo’ladi. Qo’zg’atuvchi chulg’amga o’zgarmas tok berilib asosiy magnit maydoni hosil qilinadi. Qisqa tutashtirilgan chulg’am bilan sinxr on dvigatelni asinxron usulda ishga tushirish imkoni olinadi.

SD ni statoriga uch fazali tok berilsa, n1q60fG’p tezlik, bilan aylanuvchi magnit maydoni hosil bo’ladi. Bu maydon rotorining qisqa tutashtirilgan chulg’amida EYuK va tok hosil qiladi. Natijada aylantirish momenti hosil bo’lib, uning ta'sirida rotor asinxron tezlik bilan aylana boshlaydi. Agar shu paytda rotorning asosiy chulg’amiga o’zgarmas tok berilsa, uning magnit maydoni bilan statorning

aylanuvchi magnit maydonining o’zaro ta'siri natijasida sinxronlovchi moment hosil bo’ladi. Bu moment rotorni n1 sinxron tezlik bilan aylanishga majbur etadi. Dvigatel sinxron tezlik bilan aylangani uchun sinxron dvigatel deyiladi.

SD lardan tezligi rostlanmaydigan katta quvvatli nasoslar, kompressor ventilyator kabi mexanizmlarni yuritmalarida foydalaniladi.



Aylantiruvchi momentning o’zgarishi bilan nq60fG’pqconst bo’lgani sababli sinxron dvigatelni mexanik xarakteristikasi abstsissa o’qiga parallel bo’lgan to’g’ri chiziq bilan ifodalanadi, ya'ni uni aylanish chastotasi yuklamaga bog’liq bo’lmaydi (rasm 3-9).

SD ning aylantiruvchi momentining 9 burchakka bog’lanishni ifodolovchi M = f (9) egri chiziq SD ning burchak xarakteristikasi deyiladi.

Rasm 3-9 sinxron dvigatelning mexanik xarakteristikasi.



Bunday xarakteristika Mem= Mm.sin 9 formula bilan ifodalanadi.

Rasm 3-10 da SD ni burchak xarakteristikasi keltirilgan.

Rasm 3-10. SD ning burchak xarakteristikasi.

Xarakteristikaning 9 = 0­900 gacha bo’lagi uning turg’un, 9 = 90 - 1800 gacha bo’lagi esa beqaror qismi deyiladi. Xarakteristikaning turg’un qismida dvigatelning yuklamasi ko’payishi bilan 9 burchagining qiymati ortib boradi. Bunda SD ning aylantiruvchi momenti ham qarshilik momentiga tenglashguncha o’z-o’zidan ortib boradi. Qarshilik momenti aylantiruvchi momentning maksimal qiymatida bir oz ortishi bilan 9>900 bo’lib SD ning aylantiruvchi momenti kamayib boradi va momentlar muvozanati tiklana olmay dvigatel o’z-o’zidan to’xtab qoladi. SD yuklamasining tasodifan keskin o’zgarishini hisobga olib, 9 burchakning nominal qiymati 25-300 ga teng qilib olinadi. SD ning yuklanish qobiliyati quyidagicha bo’ladi.

M" ~ ~ " (3.7)

= 2 - 2,5



M

    1. Sinxron dvigatelni tormozlab to’xtatish usullari

      Download 1.28 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling