Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ‘ tor’ va ‘ ke n g’
- ‘ K e n g’
2.Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi.Markaziy bank quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: -banknotalar (naqd pullar) emissiyasi, -davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saqlash, -pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish, -kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish, -davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatish, -to‘lov-hisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish, -valyuta kursini muvofiqlashtirish. Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga chiqarish funksiyasi Markaziy banklarning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi va u bu sohada monopol huquqga ega. Kredit pullar Markaziy bank tomonidan qonunda belgilangan ravishda chiqariladi va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishlari zarur. Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funksiyasi. Markaziy Bank davlatning oltin, qimmatbaho metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalqaro hisob-kitoblarda aktivlar rezervi, hisob-kitoblar bo‘yicha davlatning kafolatli sug‘urta fondi sifatida namoyon bo‘ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo‘ladi. Ba‘zi davlatlarda oltin zaxiralar Moliya ministrligi ixtiyorida bo‘lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi. Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o‘zida yig‘adi va bu rezervlar xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, to‘lov balansi defitsitini qoplash va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta‘minlash uchun ishlatiladi. Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrog‘i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo‘lib, muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar yig‘indisidan tashkil topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta‘minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o‘rnatish asosida inflyatsiya 118 cbu.uz/uzc/o-banke/istoriya-bankovskoy-sistemy/ sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradoryaigini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta‘minlashdan iborat. Pul-kredit siyosati ikki yo‘nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo‘nalish - kredit ekspansiyasi bo‘lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag‘batlantirish yo‘li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketgan holda, kon‘yunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo‘nalish - kredit restriksiya siyosati bo‘lib, u iqtisodiy o‘sish davrida pul-kredit emissiyasining qisqarishiga asoslanadi. Markaziy bank ‘tor’ va ‘keng’ ma‘noda pul -kredat siyosatini olib borishi mumkin. ‘Tor’ siyosatda valyuta bozorida investitsiya, hisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. ‘Keng’ siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi ko‘rash olib borish tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jihatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to‘lov balansi kabi masalalarning yechimiga qaratilgan bo‘ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: -minimal majburiy rezerv normalarini o‘rnatish, -foiz (diskont) siyosati , -tijorat banklarini qayta moliyalashtirish, -ochiq bozor siyosati, -targetlash va boshqalar. AQSH Federal Zaxira Tizimining bankining tahkiliy tuzilishini ko‘rib chiqilsa Federal zaxira Qonunining mualiflari, FZTning formal tuzilishi vakolatlarning taqsimlanishi regionlararo, xususiy sektor va davlat, shuningdek bankirlararo, biznesmenlar va axoli urtasida bo‘lishiga harakat qilishgan. Bu birlamchi taksimlanish FZTning tuzilishiga olib keldi, bugunda uz ichiga federal rezerv banklarini, FZT boshqaruv kengashi, ochik bozordagi operatsiyalar federal komiteti (FOMC), federal konsultativ kengash va 4800ga yakin banklarni-FZT ishtirokchilarini oladi. Federal Zaxira Banklari.119 12ta federal zaxira tumanining har birida bir nechta tumanlarda filiallarga ega 1tadan FZbanki mavjud. Tumanlarning, federal zaxira banlari va filiallarning joylashishi 1-rasmda ko‘rsatilgan. 3ta aktivi buyicha eng yirik banklar Nyu- Yorkda, Chikagoda va San-fransiskoda joylashgan bulib, birgalikda ular 50%dan yukori FZTning aktivlariga ega. Nyu-Yorkdagi FZBanki aktivlarning 1/4 qismiga egalik kilib, FZTdagi eng yirik bankdir. FZTning Nyu-York Federal Zaxira Banki.120 119 ―The economy theory of money, banks and financial markets.’F.Mishkin 2006. p.420-421 120 ―The economy theory of money, banks and financial markets.’F.Mishkin 2006. p.420-421 Nyu-York Federal Zaxira Banki bir nechta sabablarga ko‘ra asosiy axamiyatga ega. Birinchidan butun amerika moliya tizimining xolatini xavfsizlik va farovonligini belgilovchi AQSHning kupchilik yirik xususiy banklar bu tumanda joylashgan. Nyu-York Federal Zaxira Banki barcha bank xolding kompaniyalari va uz tumanidagi shtat ma‘muriyati bilan litsenziyalangan banklarni, shuningdek AQSHning yirik moliya tizimi muassasalarini faoliyatini nazorat kiladi. Xayratlanarli emas, bank nazorat guruhi- Nyu-York Federal Zaxira Bankida va FZT eng yirik bo‘linmasi hisoblanadi. Nyu-York bankining asosiy o‘rin egalashining ikkinchi sababi - bu uning obligatsiyalar va valyuta bozorlaridagi aktiv faoliyati. Nyu-York Federal Zaxira Banki tarkibiga, ochiq bozordagi operatsiyalarni (obligatsiyalarni sotish va sotib olish) olib borish uchun javobgar savdo bo‘limi kiradi. Bu operatsiyalarni miqyosini bank tizimining zaxiralarining miqdori belgilab beradi. Xazina qimmatli qogozlari bozoridagi aktiv faoliyatiga binoan va Nyu-York va Amerika fond bozorlariga teritorial yaqinligi bo‘lgan, Nyu-York Federal Zaxira Banki boshliqlari, doimiy ravishda AQSHning asosiy moliya bozorlari bilan aloqadorlikni olib borishadi. Bundan tashqari bank valyuta bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha bo‘linmalarini, valyuta intervensiyalarini FZT va AQSH g‘aznachiligi nomidan olib borilishini o‘z ichiga oladi. Bu moliya bozorlaridagi faoliyat Nyu-York Federal Zaxira Bankini mamlakatdagi va chet eldagi moliya bozorlaridagi tadbirlari haqida, ayniqsa inqiroz vaqtida va FZTning boshqaruvchilari va boshqa bozor ishtirokchilarini aloqalari haqida ma’lumot bilan ta‘minlab turadi. Nyu-York Federal Zaxira Bankining asosiy o‘rin egalashining 3 - sababi, bu- xalqaro hisoblar Bankining (Bank for International Settlements, BIS) ishtirokchisi bo‘lib hisoblanuvchi yagona FZbankidir. Shuning uchun FZB prezidenti, boshqarma kengashi ishtirokchilari bilan bir qatorda chet davlatlari asosiy banklari bilan birgalikda har oylik majlislarda FZTni taqdim etadi. Chet davlatlari markaziy banklarining boshqaruvilari bilan yaqin aloqasi va valyuta bozorlaridagi faoliyati, Nyu-York Federal Zaxira Banki xalqaro aloqalarda markaziy banklararo va boshqa ishtirokchilari o‘rtasida asosiy o‘rin egalashini ko‘rsatadi. Undan tashqari Nyu-York Federal Zaxira Bankida 100mlrd.dollariga yaqin oltin zaxira mavjud – Fort Knoxdan ko‘proq. Nixoyat, Nyu-York Federal Zaxira Bankining prezidenti - federal rezerv prezidentlari o‘rtasida yagona FOMC ning doimiy ishtirokchisi va shu kengashning vitse-prezidenti bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli Nyu-York Federal Zaxira Bankining prezidenti, boshqarma kegashining prezidenti va vitse prezidenti – bu FZTdagi 3ta muhim shaxslar bo‘lib hisoblanadi. FRS okrugi rasm. Federal zaxira tizimi.121 FRS boshqaruv Kengashi FRS Banklari FRS bank filiallari FRS Okrugi chegaralari (Alyaska va Gavai 12 okrug ichiga kiradi) Barcha federal zaxira banklari- bu xususiy kvazi (ma’lum kismi davlatga tegishli) muassasalari. Uning egalari – viloyat xususiy tijorat banklari FZTmi ishtirokchilari. Bu banklar FZBning o‘zining viloyatidagi aksiyalariga ega va shu aksiyalar buyicha dividentla yillik 6%dan oshmasligi kerak. har bir viloyatda ishtirokchi-banklar 6ta viloyat federal banki direktorini saylashadi; yana 3tasini FZT boshqarma kengashi tayinlaydi. Bu 9ta direktor bank prezidentini saylab so‘ngra uni boshqarma Kengashi tasdiqlaydi. Viloyatlararo direktorlari 3ta kategoriyaga bo‘linadi. A kategoriyaning 3ta direktori (bank ishtirokchilari tomonidan tayinlagan) – bu professional bankirlar, yana 3ta B kategoriya direktorlari, - yirik sanoat kompaniyalari, qishlok xo‘jaligi yoki xizmat bo‘limi boshqaruvchilari. Boshqaruv kengash bilan tasdiklangan 3ta S kategoriya direktori, jamiyat manfaatlarini taqdim etib, boshqaruvchi, xizmatchi yoki bank aksioneri bo‘lla olmaydilar. Federal Zaxira Qonuni mualliflari direktor tanloviga shunday yondashilganki, har bir federal zaxira banki direktorini amerikaning barcha viloyat bo‘linmalari taqdim qilishi shart. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling