Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
-mavzu. Tijorat banklari va ularning funksiyalari va ularning operatsiyalari
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jalb qilingan mablag‘larning manbasi
9-mavzu. Tijorat banklari va ularning funksiyalari va ularning operatsiyalariREJA: 1.Tijorat banklarining passiv operatsiyalari 2.Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari 3.Tijorat banklarining noa‘nanaviy operatsiyalari 1.Tijorat banklarining passiv operatsiyalariBankning passiv operatsiyasi - banklarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish bilan bog’liq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Bankning asosiy vazifalaridan biri bo‘sh pul mablag‘larini mumkin qadar ko‘proq jalb qilish va ularni boshqa foyda keltiruvchi optimal aktivlarga joylashtirishdan iborat. Tijorat banklari asosan jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish va ushbu mablag‘larni tegishli maqsadlarga joylashtirish orqali tegishli foydani shakllantiradi. Banklarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish bilan bog’liq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Banklarning passiv operatsiyalari tegishli xarajatlar evaziga amalga oshirladi. Demak, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy resurslarni shakllantiradi. Resurslar ikkita yirik manba: jalb qilingan mablag‘lar va o‘z mablag‘laridan iborat. Resurslar bank balansining passivida hisobga olib boriladi. Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini majburiyatlar (jalb qilingan mablag‘lar) tashkil etib, ular jami bank resurslari tarkibida 85–90 foizdan iborat bo‘ladi. Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbasiga qarab: – barqaror va –beqaror mablag‘larga, ular uchun to‘lanadigan xarajatlar miqdoridan kelib chiqib: –arzon va –qimmat mablag‘larga ajratish mumkin. Jalb qilingan mablag‘larning manbasi:1. Depozitlar Chaqirib olinguncha saqlanadigan depozitlar; Muddatli depozitlar; Jamg‘arma depozitlar. Xalqaro bank amaliyotida bank resurslari tarkibida depozit mablag‘lar, ayniqsa muddatli depozitlar asosiy ulushni tashkil etadi. Bank resurslari tarkibida muddatli depozitlar ulushining yuqoriligi banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga va to‘lovga layoqatliligini ta‘minlashga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ta’kidlash lozimki, respublikamiz tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli mablag‘larning ulushi o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2001 yil 1 yanvar holatiga taxminan 7 – 8 foizni tashkil etgani holda, 2008 yil 1 yanvar holatiga 17 foizga, 2010 yilda 35 – 40 foiz yaqin darajani tashkil etgan. 1. Depozitsiz mablag‘lar Banklararo kredit resurslari; Hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; Tijorat banklaridan olingan resurslar; Boshqa mablag‘lar. Banklarning depozit bo‘lmagan mablag‘lari tarkibida moliya bozoridan jalb qilingan banklararo kredit resurslari asosiy salmoqni egallaydi. Banklararo kreditlar asosan qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lib, odatda ushbu kreditlarni berish va olish jarayoni o‘zining tezkorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon bo‘yicha asosiy operatsiyalar banklarning vakillik hisobvaraqlari doirasida amalga oshiriladi. Ya’ni, tijorat banklari o‘zaro kelishuvga erishganda mablag‘lar vakillik hisobvaraqlari orqali o‘tkazib beriladi. Shu bilan birga, ushbu kreditlar tijorat banklari uchun nisbatan arzon va muddati jihatidan «uzun» mablag‘lar hisoblanadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling