Namangan muxandislik texnologiya instituti
Download 0.68 Mb.
|
Elektr ta\'minot asoslari tajriba
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2-rasm.
Sinov savollari.
1. Tok transformatori nima? 2. Tok transformatori qanday ulanadi? 3. Tok transformatorlarining ishlash prinsipi qanday? 7-Tajriba ishi Kuchlanish o’lchash transformatorlarini o’rganish. Kuchlanish transformatori yuqori kuchlanishni 100 yoki 100 /3 V gacha standart qiymatiga tushirish va o'lchash davrlarini va asosiy yuqori kuchlanishli davrlardan himoya qilishni ajratish uchun mo'ljallangan. –rasmda bir fazali kuchlanish transformatorining ulanish sxemasi keltirilgan. Birlamchi chulg’am tarmoqning U1 kuchlanishiga va ikkilamchi chulg’am (U2 kuchlanish) ga esa o’lchash priborlari bilan relening g’altaklari parallel ulangan. Xizmat xavfsizligi uchun ikkinchi chulg’amning bitta chiqishi yerga tutashtiriladi. Kuchlanish transformatori tok transformatoriga nisbatan salt ishlash rejimiga yaqin rejimda ishlaydi, chunki priborlar va relening parallel g’altaklari qarshiligi katta bo’lib, ular iste’mol qiladigan tok esa kichik. 7.1-rasm.Kuchlanish transformatorining ulanish sxemasi: 1 - birlamchi chulg’am; 2 - magnit o’tkazgich; 3 – ikkilamchi chulg’am. Transformatsiyaning nominal koeffitsienti quyidagi ifodadan aniqlanadi. U1nom va U2nom - nominal birlamchi va ikkilamchi kuchlanish. O’zakdagi magnit oqimining sochilishi va quvvatning yo’qotilishi o’lchashda xatolikka olib keladi: Transformatorlarda bo'lgani kabi, ikkilamchi kuchlanish vektori birlamchi kuchlanish vektoriga nisbatan to'liq 180 gradusgacha o'zgaradi. Bu burchak xatosini belgilaydi. Nominal xatoga bog'liq holda, aniqlik darajasi 0,2; 0.5; 1; 3 ga teng. Xatolik magnit o’tkazgichning konstruktsiyasiga, po'lat magnit singdiruvchanligiga va cosφ ga bog'liq. Kuchlanish transformatorlari vazifasiga ko’ra chulg’amlarining turli sxemalarda ulanishi qo’llaniladi. Uchta fazalararo kuchlanishni o’lchash uchun ochiq uchburchaklik sxemasi asosida ulangan, ikkita bir fazali ikki chulg’amli transformatorlar HOM, HOC, HOЛ ishlatish mumkin(5.8-rasm, a), shuningdek, chulg’amlari yulduz shaklida uch fazali ikki chulg’amli transformator НТМК qo’llaniladi(7.2 -rasm, b). Yerga nisbatan kuchlanishni o’lchash uchun Y0/Y0 sxema asosida ulangan uchta bir fazali transformatorlar, yoki uch fazali uch chulg’amli transformator НТМИ (7.2-rasm, v) ishlatilishi mumkin. Oxirgi holda yulduz shaklida ulangan chulg’am o’lchash priborlarini ulash uchun qo’llaniladi, ochiq uchburchaklik asosida ulangan chulg’amga yerga tutashidan saqlaydigan muhofazalovchi rele ulanadi.Huddi shunday qilib uch fazali gruppaga ЗНОМ tipidagi bir fazali uch chulg’amli transformatorlar va НКФ kaskadli transformatorlar ulanadi. 7.2-rasm. Kuchlanish transformatori chulg’amlarining ulanish sxemalari. 7.3-rasm. Elektr energiya hisoblagichning tarmoqqa tok transformatori, hamda kuchlanish transformatori orqali ulanishi Sinоv sаvоllаri 1. Kuchlanish transformatorlari qayerlarda foydalaniladi? 2. Kuchlanish transformatori nima? 3. Kuchlanish transformatori qanday ulanadi? 4. Kuchlanish transformatorining ishlash prinsipi qanday? Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling