Namangan sh. “Turkiston” ta’lim markazi Tarix Bahrom Hikmatov tarix 46
Download 342.98 Kb. Pdf ko'rish
|
tarix iyul-1 (1)
Namangan sh. “Turkiston” ta’lim markazi Tarix Bahrom Hikmatov TARIX 46. Qadimgi Rimda qaysi organ patritsiylardan ikki kishini bir yil muddatga hokim - konsul qilib saylagan? A) Xalq majlisi B) Beshyuzlar kengashi C) Senat D) Xalq tribuni 47. Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmida tarix sahnasidan ketgan davlatlarni aniqlang. 1) Karfagen; 2) Shumer-Akkad; 3) Qang’; 4) Yunon-Baqtriya. A) 3, 4 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 1, 2 48. 1920-yillari qaysi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishini chet ellik mulkdorlardan sanoat korxonalari, infratuzilma obyektlari, temir yo’llarni sotib olish, milliy sanoatni yaratish tashkil qilgan? A) Turkiya B) Eron C) Yaponiya D) Xitoy 49. To‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni toping. A) 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. B) 2017-yilda O‘zbekistonda Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etildi. C) 2018-yilda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. D) 2006-yilda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofqlashtirish qo‘mitasi tashkil etildi. 50. Quyidagi voqealar to’g‘ri xronologik tartibda berilgan javobni toping. 1) Efiopiyada Kasa o’zini imperator deb e’lon qildi; 2) AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi; 3) Fransiya Jazoirni bosib oldi; 4) Buyuk Britaniya aralashuvi bilan Kasa hokimiyati ag‘darildi; 5) Liberiya ozod davlati tuzilganligi e’lon qilindi. A) 3, 2, 5, 1, 4 B) 2, 3, 4, 5, 1 C) 2, 3, 5, 1, 4 D) 3, 2, 4, 5, 1 51. Qaysi Afg’oniston amiri davrida Kobulda vazifasi amir xatti – harakatlari va qarzlar sarflanishini nazorat qilishdan iborat rezidensiya ochilgan? A) Sheralixon B) Yoqubxon C) Abdurahmon D) Ayubxon 52. Qo’qon xoni Muhammad Alixonning 1831-yilda Rossiyaga yuborgan elchiligi muvaffaqqiyatsizligiga nima sabab bo’lgan? A) Xitoyga qarshi muqaddas urushda qurol- yarog‘lar bilan yordam so’ragani B) Har ikki davlatning ham O’rta juz qozoqlari homiysi bo’lishga da’vogarligi C) Rossiya-Turkiya munosabatlaridagi keskinlikning yumshashi D) Ko’chmanchi qozoqlarning karvonga hujumi 53. Quyidagi qaysi ilk o’rta asr dini vakillari o’z xudolarida qora qashqa ot so’yib qurbonlik qilishgan? A) moniy B) shomon C) nasroniylik D) otashparastlik 54. Quyidagi qaysi voqeadan so’ng Boltiqbo‘yi mamlakatlarida Rossiyaning bu yerdagi siyosatidan xavotir va g‘ayrirus tashviqot kuchayib ketgan? A) 2014-yilda Ukrainadagi “rangli inqilob” ta’sirida Qrimning Rossiyaga qo’shilishi B) Shimoliy Koreyaning harbiy tartibiga qarshi g'arb davlatlari sanksiyasiga Rossiyaning qarshiligi C) 2008-yilda Gruziya va Armaniston o’rtasida mojarolarga Rossiya bildirgan harbiy munosabat D) Rossiya va Belarus tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan «G‘arb – 2017» harbiy mashqlari 55. Quyidagilardan qaysi biri Rus davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta’sir o’tkazib, uning taraqqiyotini susaytirgan? (XIII asrda) A) Qurg’oqchilik natijasida iqtisodni zavolga yuz tutishi B) Vizantiya bosqini C) Mo’g’ullar bosqini D) Usmonli turklar bilan jang 56. Parij kommunasi amalga oshirgan tub ijtimoiy- iqtisodiy islohotlarni aniqlang. 1) cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. 2) mehnatkashlarning uy-joy haqini to’lash muddatlari kechiktirildi. 3) ishsizlarga sug’urta joriy qilindi. 4) majburiy va bepul ta’lim joriy etildi. 5) temiryo’l idoralari davlat tasarrufidan chiqarildi. 6) egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga berildi. A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6 57. Chor mustamlakasi dastlabki davrida Turkistonda nima uchun uzoq vaqt davomida keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlarni shakllantirish deyarli amalga oshirilmadi? A) mablag’ yetishmaganligi uchun B) mutaxassislar yetishmasligi uchun C) o’lka yaxshi o’rganilmagani uchun D) milliy uyg’onish amalga oshmasligi uchun 58. O’zbekiston SSRda yer-suv islohotining ikkinchi bosqichini hududlari bilan muvofiqlashtiring. 1) 1925-1926-yillar; 2) 1927-yil; 3) 1928-1929-yillar; a) Farg'ona, Toshkent, Samarqand viloyatlari; b) Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm okruglari; c) Zarafshon viloyati (Buxoro va O‘rta Zarafshon okrugi). A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-a, 2-c, 3-b 59. Quyidagilardan nisbatan oldinroq bo’lib o’tgan qo’zg’olonni toping. A) Lyu Ban boshchiligidagi qo’zg’olon B) Spartak boshchiligidagi qo’zg’olon C) Frada boshchiligidagi qo’zg’olon D) “Sariq ro’mollilar” qo’zg’oloni Download 342.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling