Namangan sh. “Turkiston” ta’lim markazi Tarix Bahrom Hikmatov Telegram kanal
Download 497.56 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf Jahon tarixi 2-yakuniy test (javobi bilan)
Namangan sh. “Turkiston” ta’lim markazi Tarix Bahrom Hikmatov Telegram kanal: @Tarixdan_testlar_BH 1 @Mr_Khikmatov +998944111223 8-sinf Jahon tarixi Yakuniy test 2-variant 1. AQShda Avraam Linkoln saylov oldi kompaniyasida quyidagi qaysi qonunni qabul qilishga va’da bergan? A) Hindulardan tortib olingan yerlarni o’z egalariga qaytarib berish to’g’risidagi qonun B) Abolitsionistlar harakatini taqiqlash to’g’risidagi qonun C) Yerlarni fermerlarga bepul tarqatish to’g’risidagi qonun D) Shimoliy shtatlarda qulchilikni bekor qilish to’g’risidagi qonun 2. XIX asrning birinchi yarmida Eronning Rossiya bilan urushdagi mag’lubiyati qator viloyatlarda kimlar boshchiligida shohga qarshi isyon ko’tarilishiga olib kelgan? A) dehqonlar B) hunarmandlar C) harbiylar D) yirik yer-mulk egalari 3. Quyida keltirilgan ma’lumotlar qaysi hukmdor haqida? “U parlamentni tarqatib yubordi. Mamlakatda shaxsiy hukmronligi o‘rnatilib, savdogarlar, yangi dvoryanlar, hurfikr dindorlar davlat ishlaridan butunlay chetlatildi.” A) Oliver Kromvel B) Yakov I C) Karl I D) Villem van Oranye 4. 1540-yilda ta’sis etilgan “Iso jamiyati”, ya’ni “Iyezuitlar ordeni” oldiga qanday vazifa qo’yilgan edi? A) dehqonlarni qo’zg’alonga chorlash B) puritanlarni himoya qilish C) adashgan olomonni cherkovga qaytarish D) mutloq monarxiya(absolutizm)ni himoya qilish 5. 1644-yil Pekinga kirib kelib, o’zini Xitoy imperatori deb e’lon qilgan manjur hukmdorini aniqlang. A) Shunchji B) Yuan Chjan C) Abaxay D) Van Yanmin 6. Nima uchun yangi davrda Italiya shaharlari o’zlarining avvalgi ahamiyatini yo’qotgan? A) Germaniya bilan urushda mag’lubiyatga uchraganligi uchun B) Yangi savdo yo’llaridan chetda qolganligi uchun C) Muqaddas Rim imperiyasining qulagani uchun D) Ganza ittifoqining kuchayib ketganligi uchun 7. Maqsadi inson tabiatini beparvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda ko’maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogohlantirish bo’lgan yozuvchini aniqlang. A) Daniyel Defo B) Iogann Volfgang Gyote C) Jonatan Svift D) Iogann Sebastyan Bax 8. “Tilzit shartnomasi”ga ko‘ra Rossiya qaysi davlat bilan aloqani uzish majburiyatini olgan? A) Turkiya B) Buyuk Britaniya C) Fransiya D) Prussiya 9. Quyida keltirilgan ma’lumotlar qaysi hukmdor haqida? «U qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag‘batlantirish siyosatini yuritdi. Yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlovchi qonun chiqardi.» A) Qirol Yongjo B) Kassa C) Abbos I D) Yosimune 10. Meksika xalqining Ispaniya zulmiga qarshi ozodlik kurashi qahramonlari berilgan javobni toping. 1) Migel Idalgo; 2) Xose San Martin; 3) Xose Morelos; 4) general Sukre A) 2, 3 В) 2 , 4 C) 1, 2 D ) 1 , 3 11. XVI asr o’rtalarigacha qaysi davlatning vositachiligida butun Sharqning G’arbiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari Germaniya yerlaridan o’tardi? A) Fransiya B) Italiya C) Rossiya D) Usmonlilar davlati 12. XVII asrda Brandenburg knyazligini boshqargan sulolani aniqlang. A) Lyuksemburglar B) Gogensollernlar C) Gabsburglar D) Shtaufenlar 13. Quyidagi voqealar to’g‘ri xronologik tartibda berilgan javobni toping. 1) Efiopiyada Kasa o’zini imperator deb e’lon qildi; 2) AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi; 3) Fransiya Jazoirni bosib oldi; 4) Buyuk Britaniya aralashuvi bilan Kasa hokimiyati ag‘darildi; 5) Liberiya ozod davlati tuzilganligi e’lon qilindi. A) 3, 2, 5, 1, 4 B) 2, 3, 4, 5, 1 C) 2, 3, 5, 1, 4 D) 3, 2, 4, 5, 1 14. XIX asrning birinchi yarmida barcha erkaklarga umumiy saylov huquqi berilishi uchun boshlangan harakat tarixga qanday harakat nomi bilan kirgan? A) partizanlar B) puritanlar C) chartistlar D) termidochilar 15. Qaysi davrda yuz bergan ichki siyosiy tarqoqlik Germaniyani kuchli davlatlar qo’lida qo’g’irchoqqa aylantirib qo’ygan? A) XVIII asrning ikkinchi yarmi B) XVIII asrning oxirlari C) XVII asrning boshlari D) XVII asrning ikkinchi yarmi 16. XVI asr davomida Afrika davlatlarini Usmonlilar imperiyasiga qo’shib olish jarayonini xronologik ketma- ketlikda belgilang. 1) Misr 2) Liviya 3) Tunis A) 2, 1, 3 B) 1, 2, 3 C) 3, 1, 2 D) 1, 3, 2 17. Buyuk fransuz inqilobi arafasida uchinchi tabaqani birlikka chaqirgan tarixiy shaxsni aniqlang. A) Napaleon Bonapart B) Lui de Bonald C) Gabriel de Mirabo D) Pyer Laval 18. Yangi davr boshlarida (XVII asrda) Angliya taxtiga qaysi ikki davlatdan hukmdorlar o’tirgan edi? A) Shotlandiya, Germaniya B) Irlandiya, Gollandiya C) Shotlandiya, Gollandiya D) Irlandiya, Fransiya 19. Quyidagi Parij shahrida imzolangan tinchlik shartnomalari qaysi davlatlar o’rtasida ekanligini aniqlang. 1) 1783-yilda; 2) 1856-yilda; 3) 1857-yilda; 4) 1898-yilda; a) Buyuk Britaniya va Eron b) Buyuk Britaniya va AQSh c) AQSh va Ispaniya d) Rossiya va Turkiya A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c Download 497.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling