Наманган туман кишлок хужалик касб-хунар коллежида 1-чоракда маънавий- маърифий ишлар


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1569899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
IKKILAMCHI TIRQISHDAGI YORUG\'LIK DIFRAKSIYASI (2)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Yorugʻlik difraksiyasi - tor maʼnoda — yorugʻlikning noshaffof jismlar 
(ekranlar) chegaralarini aylanib oʻtish hodisasi (qarang 
Difraksiya
); yorugʻlikning 
geometrik soya sohasiga oʻtishi Keng maʼnoda — toʻlqin optikasidan geometrik 
optikaga oʻtish chegaraviy sharoitlarida yorugʻlik toʻlqin xossalarining namoyon 
boʻlishi. Tuman tomchilarida yorugʻlikning sochilishi, optik sistemalar 
(mikroskop)da tasvirning shakllanishi va b. bunga misol boʻla oladi. Yorug’lik 
difraksiyasi yorugʻlik toʻlqin uzunligi X ga bogʻliq; u X,—"0 da yoʻqoladi. Qizil nur 
binafsha nurga nisbatan kuchliroq difraksiyalanadi. Bu hodisadan foydalanib, oq 
yorugʻlikni difraksiya spektriga ajratish mumkin. Yorug’lik difraksiyasi
ningtaqribiy nazariyasini 1816-yilda O. Frenel yaratgan. Bu nazariyaga koʻra, 
Yorug’lik difraksiyasi ikkilamchi toʻlqinlar interferensiyasini natijasidir. Bu 
nazariyadan asboblar 
optikasida difraksion effektlarni 
hisoblashda keng 
foydalaniladi. Ekranlar sistemasi orqasidagi yoritilganlikni Frenel zonalari 
vositasida hisoblash usuli zonaviy plastinka Dumaloq ekran atrofida yorugʻlik 
nurlaridan hosil boʻlgan difraksion halqa. Frenel zonalari usuli difraksiya 
manzarasini faqat bir nechta zona tashkil qilgan holda samaralidir. Ushbu hollarni 
Frenel difraksiyasi yoki yigʻiluvchi nurlardagi difraksiya deyiladi. Agar S sirt 
zonaning kichik kismini tashkil qilsa yoki difraksiya uzokdan kuzatilsa (Fraungofer 
difraksiyasi), uni tushuntirish uchun muayyan nuqtaga yigʻiluvchi ikkilamchi 
toʻlqinlar fazalaridagi oʻzgarishlarni hisobga olish lozim. Yorug’lik difraksiyasi 
ning toʻliq nazariyasini 1882-yilda G. R. Kirxgof yaratgan. Yorug’lik difraksiyasi 
optika va fizikada katta ahamiyatga ega. Mas, u optik asboblar imkoniyatlari 
chegaralarini, mikroskoplar va teleskoplarning ajrata olish qobiliyatlarini, ochiq 
rezonatorlarning ayelligini va b.ni aniklashga imkon beradi. Lazerlarning yaratilishi 
Yorug’lik difraksiyasi ga oid yangi xrdisa va masalalarni yuzaga keltirdi. Bular 
jumlasiga qisman kogerent maydonlar difraksiyasi yoki nochizigʻiy optik 
muhitlardagi oʻzdifraksiya hodisasi va b. kiradi. 
Yorug’lik difraksiyasi deb ataladigan hodisada, yorug’lik nurlari shaffofmas 
to'siqlardan egilib o'tib geometrik soya sohaga kirib boradi. Difraksiya so'zi 
lotincha "difraksio" "egilib o'tish" dan olingan. 


Masalan, nuqtaviy monoxromatik yorug’lik manbai M dan tarqalayotgan 
yorug’lik nurlarining yo'liga shaffofmas jismdan yasalgan disk shaklidagi T to'siq 
joylashtirilgan bo'lsin (1.13-rasm). 
Geometrik optika qonunlariga asosan, E 
ekranda T to'siqning soyasi doira shaklidagi 
qorong’i soqa kuzatilishi lozim. Tajribada shu 
narsa kuzatiladi. Lekin to'siqdan ekrangacha 
bo'lgan masofa to'siq o'lchamlaridan bir necha 
ming marta katta bo'lsa, ekranda ketma-ket 
yorug’lik va qorong’i konsentrik halqachalar (1.13(b)-rasm) kuzatiladi. 
Gyuygens prinsipiga asosan, to'lqin frontining har bir nuqtasini ikkilamchi 
to'lqinlarining manbalari deb hisoblash mumkin. Frenel uni to'ldirib, bu ikkilamchi 
to'lqinlarning manbalarini kogerent manbalar deb va 
fazoning ixtiyoriy nuqtasidagi tebranish bu nuqtaga yetib 
kelgan 
ikkilamchi 
kogerent 
to'lqinlar 
interferensiyalanishining natijasi deb qarash lozimligini 
aytib o'tadi. 
Difraksiya hodisalari ikki sinfga bo'linadi. To'siqqa 
tushayotgan nurlar parallel dastasini hosil qilgan va 
difraksion manzara manbadan cheksizlikda mujassamlashgan holdagi hodisalarni 
Fraungofer tekshirgan. Shuning uchun bu hodisalar Fraungofer difraksiyasi 
deyiladi. To'siqqa tushayotgan yorug’lik to'lqinining sferadan iborat bo'lgan va 
kuzatish nuqtasi chekli masofada joylashgan holdagi difraksiyani Frenel o'rgangan. 
Shuning uchun bu sinfga oid hodisalar Frenel difraksiyasi deyiladi. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling