Namangan tuman Xalq ta’limi


Download 24.5 Kb.
Sana29.12.2022
Hajmi24.5 Kb.
#1071714
Bog'liq
fan oyligi axboriti


Namangan tuman XTB
mudiri N.Yuldashovga
1-sonli maktab direktori
J.Tursunovdan
Ona tili va adabiyot” fan oyligi


Axboroti


Fan oyliklarini o’tkazish bo’yicha tuman xalq ta’limi bo’limining 2021-yil 2-oktabrdagi 108-sonli buyrug’i asosida maktabninig fan oyliklarini tashkil qilish bo’yicha reja ishlab chiqildi.Fan oyligi davomida ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari tomonidan turli mavzularda ochiq darslar va tadbirlar tashkil qilindi.Maktabda ”Ona tili va adabiyot” burchagi tashkil qilindi va ko’rgazmalar bilan bezatildi.Devoriy gazetalar tanlovi o’tkazildi.9-11- sinflar o’rtasida ”Tilga e’tibor – elga e’tibor” mavzusida insho,7-8- sinlar o’rtasida ”Til- millat ko’zgusi” mavzusida bayon, 5-6- sinflar o’rtasida ”Til bilimdonlari” mavzusida diktantlar tanlovi o’tkazildi.Turg’unova Munojat 7-”D” sinfda ona tili fanidan ”Sodda va qo’shma olmoshlar” mavzusida ochiq dars o’tkazdi.Ohunova Gavharoy 7-”E” sinfda ona tili fanidan ”Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari”,Mirzayeva Feruza 6-”D” sinfda Xudoyberdi To’xtaboyev hayoti va ijodi.”Sariq devni minib” asari,Ubaydullayeva Muqaddas 5-”A” sinfda Aka-uka Grimmlarninig ”Botir tikuvchi ertagi” ,Mirzayeva Gulnora 5-”G” sinfda ” Hamid Olimjon hayoti va ijodi”,Boymirzayeva Nargiza 5-”B”-sinfda ”Bo’g’in va uning ahamiyati”,Azimova Naima 5-”V”-sinfda ”Bo’g’in v unung ahamiyati” mavzularida ochiq darslar tashkil etishdi.Ubaydullayeva Muqaddas,Boymirzayeva Nargiza 5-6 sinflar ishtirokida ”Til-millat ko’zgusi” mavzusida tadbir o’tkazdilar.Mirzayeva Gulnora 8- sinflar o’rtasida ”Ona tilim- faxrim” tadbirini o’tkazdi.Fan oyligida faol ishtirok etgan o’quvchilar faxriy yorliq va estalik sovg’alari bilan
taqdirlandilar.
Maktab direktori: J.Tursunov
Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling