Namangan viloyat Norin tumani xalq
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Qushlarning ko‘payishi va rivojlanishi (2)
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
Namangan viloyat Norin tumani xalq ta’limi boʻlimiga qarashli 27 – umumta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Aliyeva Odina 7-sinf Mavzu: Qushlarning ko‘payishi va rivojlanishi, kelib chiqishi. Darsning maqsadlari: Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga qushlarning ko‘payishi va rivojlanishi, tuxumining tuzilishi, nasliga g‘amxo‘rlik qilishi haqidagi bilimlarni berish. Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga qushlarning tabiatdagi va insonlar hayotidagi ahamiyati, tuxum va uning tarkibidagi vitaminlar haqidagi bilimlarni o‘rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning mustaqil va ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish.
olish, ularning nomlarini va yozilishini bilish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 - qushlar haqidagi ma’lumotlarni qaysi axborot vositalaridan olishni bilish, ulardan foydalana olish, qushlar olami haqidagi ma’lumotlarni ajrata olish.
o‘rganganlarini, bilim va tajribalarni mustaqil ravishda uyda parradachilikni muntazam oshirib borishda qo‘llash; tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 - jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish va qushlarni muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok qila olishi.
ko‘rsata olishi, qushlarni bir-biridan ajrata olishi, ularning klassifikatsiyasini tuza olishi. insonlarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotlarida qushlarni parvarish qilishda
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
hisob-kitoblarga tayangan holda ularni go‘shti, tuxumi, go‘sh-tuxumi uchun boqiladiganlarini ajratgan holda ulardan foydalanish qoidalarini bilishi. O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Ob’yekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi: A2 - Qushlarning ko‘payishi va rivojlanishi, kelib chiqishini tushunadi va izohlay oladi. Biologik ob’yektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosalash kompetensiyasi: A2 - Qushlarning ko‘payishi va rivojlanishi, kelib chiqishi haqidagi umumiy ma’lumotlarni biladi. Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiyasi: A2 - Qushlarni tabiatda va inson hayotidagi ahamiyatini, qushlar bilan o‘simliklar hayotini o‘zaro bog‘liqligini biladi.
testlari, tarqatmali rasmlar, “Qushlarning tuxumini embrional rivojlanishi” mavzusidagi o‘quv filmi, “qafasdan qutqar” o‘yini uchun so‘zlar yozilgan qog‘ozlar, A4 hajmdagi oq qog‘ozlar va markerlar. Darsda foydalaniladigan usullar: Komandada ishlash, “Qafasdan qutqar”, “Bu nima?”, moderinizatsiyalangan kichik ma’ruza, “Toifalash jadvali”. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish; b) o‘quvchilar davomatini aniqlash va xona tozaligini baholash; c) fanga oid yangiliklarni o‘quvchilardan so‘rash va uni to‘ldirish, tahlil qilish. II. O‘tilgan mavzularnini mustahkamlash: Har bir topshiriqda javoblarga tegishli ballar berib boriladi va yakunida jamlanadi, 1-topshiriq. O‘quvchilar 2 komandaga bo‘linadi va yozuv taxtasiga quyidagi topshiriq yozilgan plakat yopishtiriladi. “Qafasdan qutqar” oyini. Bunda o‘quvchilarga berilgan qog‘ozlarda o‘tilgan mavzuga oid tushunchalar berilgan. O‘quvchilar ularni juftini topishi kerak. Qaysi komanda tez topshiriqni bajarsa qushni o‘sha komanda qutqaradi.
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
1. Qushlar tinch holatda bir minutda ___ marta nafas oladi. 2. Qushlar uchganida asosiy kuch _____ ga tushadi. 3. Qushlarning nafas olishida ________ ishtirok etadi. 4. Qushlar tinch turganda yuragi____ marta qisqaradi. 5. Qushlar oshqozoni ___ bo‘lmali. 6. Qushlar yuragi ____ bo‘lmali.
1.
165 marta. 2.
26 marta. 3.
O‘pka, havo pufaklari. 4.
2 bo‘lmali. 5.
4 bo‘lmali. 6.
Panja suyagi.
Topshiriq bajarib bo‘lingandan so‘ng qush qutqariladi.
Quyidagi rasmli testlar ekran orqali ko‘rsatiladi va har bir o‘quvchi o‘zi belgilaydi va ball oladi.. 1.Quyidagilardan qaysi birining qoni kislorot tashishda ishtirok etmaydi? A B C D
2. Sudralib yuruvchilar sinfi tangachalilar turkumi vakilini toping.
A B C
D
3. Hashoratlar sinfi tangachaqanotlilar turkumi vakilini belgilang:
A. B C D
4. O‘pka va teri orqali nafas oluvchi hayvonlar qaysi: http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
A
C D
5. Quydagilar orasida o‘pka bilan nafas oluvchi hasharotni belgilang: A
B C D
Yuqoridagi test shablon usulida baholanadi. O‘quvchilar testni bajarishdan oldin quyidagi szemani chizilga qog‘oz tarqatiladi, shi sxemaga belgilaydi, To‘g‘ri javobni ustini bo‘yab qo‘yadi. A B C D A B C D A B C D A B C D A B C D A B C D A B C D A B C D A B C D A B C D 3-Topshiriq. “Bu nima?” Guruhlarda bittadan o‘quvchi tanlanib, unga ko‘rsatilmasdan rasm ilinadi, o‘quvchilar shu rasmga ta’rif beriladi, o‘quvchi shu hayvon nomini topishi kerak.
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
O‘tilgan mavzular mustahkamlanib bo‘lingandan so‘ng, ballar o‘quvchilarga aytiladi va yangi mavzu davomida ham ball olishi mumkinligi aytib o‘tiladi.
.
Mavzu rejasi ekran orqali ko‘rsatiladi:
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
ko‘payishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o‘rtalarida ko‘payishga kirishadi. Qushlarning ko‘payish davri tuxumdan chiqadigan jo‘jalar uchun oziqning mo‘l-ko‘l bo‘lishiga bog‘liq.
hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan, ko‘pchilik chumchuqsimonlar va musichalaming jufti faqat bir mavsum, yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar, qarqaralar) jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkak va bir necha urg‘ochilardan iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft hosil qiladi. Qushlar jufti saralanib tanlanadi. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tushayotgandek harakatlar qilib, urg‘ochisini taklif etadi. Karqurlar va qurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahs qilish uchun to‘planishadi. Ular qanotlari va dumini yoyib, o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o‘rtasida qisqa muddatli jang ham bo‘lib o‘tadi.
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
UYA QURMAYDIGAN QUSHLAR
laylaklar, kaptarlar, go‘ngqarg‘alar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi. Qizilishton va chittak kabi o‘rmon qushlari daraxtlarning kovagida, o‘rdak va turnalar yerda uya quradi. Qishloq qaldirg‘ochlari uylarning bo‘g‘oti ostidagi yog‘och to‘sinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni so‘lagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalong‘och qoyaga tuxum qo‘yib, uni bosib yotadi.
QUSH TUXUMINING TUZILISHI 1- Po’choq, 2-po’choqosti pardasi, 3-havo kamerasi, 4-suyuq oqsil, 5-oqsil kanopcha, 6-sariqlik parda, 7-sariqlik, 8-murtak diski.
Qush tuxumining embrional rivojlanishi
sariqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil o‘rab turadi. Sariqlik ikki tomondagi kanopcha yordamida tuxum po‘chog‘iga osilib turadi. Murtak sariqlik sirtida joylashgan. Qush tuxum bosib yotganida tuxumlari bir me’yorda isishi uchun ularni oyog‘i bilan dambadam aylantirib turadi. Tuxum aylanganida sariqlik ham aylanganidan, murtak doimo sariqlik ustida, ya’ni qush tanasi yaqinida turadi. http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
qushlar:
ochadigan qushlar:
va tovuqlarning tuxumdan chiqqan jo‘jalarining tanasi par bilan qoplangan va ko‘zi ochiq bo‘ladi; jo‘jalar ko‘p o‘tmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Ular joja ochadigan qushlar deyiladi. Kaptar, qaldirg‘och, chumchuq, qarg‘a, musicha, laylak hamda barcha yirtqich qushlarning tuxumdan chiqqan jo‘jalarining ko‘zi yumuq, quloq teshigi yopiq; yalong‘och tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan bo‘ladi. Ularni ota-ona qushlar boqadi. Bunday qushlar jish bola ochadigan qushlar deyiladi. JO`JA OCHADIGAN QUSHLAR
jo‘jalarni boqish, isitish va ularni himoya qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug‘ilganida dushmaniga tashlanib, jo‘jalarini himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, chug‘urchuqlar dushmanini sezganida ovozining boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Jo‘ja ochadigan qushlarning urg‘ochisi xavf tug‘ilganida tovush bilan jo‘jalarini ogohlantiradi; jo‘jalari darhol bekinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yo‘rg‘a tuvaloqning urg‘ochisi yirtqich hayvonning http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
e’tiborini o‘ziga tortish va jo‘jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Qushlar oziq bo‘ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jo‘jalarini chaqirib oladi.
QUSHLARNING NASLI UCHUN G`AMHO`RLIK QILISHI.
chiqqan. Eng qadimgi qush — arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan. Jag‘lari, tishlari va 20 ta umurtqadan iborat uzun dumining bo‘lishi bilan arxeopteriks sudralib yuruvchilarga; tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi bilan esa qushlarga o‘xshaydi. Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, qolgan uchtasi oldinga qaragan bo‘lishi uning daraxtda yashaganligini ko‘rsatadi. Lekin arxeopteriks hozirgi qushlarning ajdodi bo‘lolmaydi. Ularning ajdodi protoavis hisoblanadi. Protoavis arxeopteriksdan bir necha million yil oldin yashagan. Uning hozirgi qushlarga o‘xshash toj suyagi rivojlangan. Qushlarning kelib chiqishi
Qushlarning ko‘payishi juft hosil qilish, uya qurish, tuxum bosish, bola ochish va bola boqish davrlarini o‘z ichiga oladi. Qushlar yirik va qalin po‘choqli tuxum qo‘yadi. http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
Tuxumni ko‘pincha urg‘ochisi, ba’zan urg‘ochisi va erkagi navbatlashib bosadi. Tuxumdan chiqqan jo‘jalarining tuzilishiga binoan qushlar jo‘ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlarga bolinadi. Jish bola ochadigan qushlar murakkab uya quradi, bolalarini boqadi. Ularning bolalari patsiz, ko‘zi yumuq bolib tug‘iladi. Qushlar qadimgi sudralib yuruvchilarning havo muhitiga moslashishi tufayli kelib chiqqan. Eng qadimgi qush - arxeopteriksning qazilma qoldiqlari topilgan.
Har ikki guruh o‘quvchilariga tuxum shaklidagi o‘yinchoq ichiga jish va jo‘ja bola ochadigan qushlar nomi yozilgan qog‘ozlar solingan tuxum tarqatiladi, o‘quvchilar bu qushlar nomini 2 guruhga ajratishi kerak. 1. Jish bola ochuvchilar 2. Jo‘ja bola ochuvchilar.
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Topshiriqlarni bajarilishiga qarab guruhlarni dars davomidagi umumiy ballari aniqlanadi va faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlatiriladi, ballar kundalik daftariga qo‘yiladi. VI. Uyga vazifa: Mavzuni o‘qib, rasmlarni chizib, o‘z hududingizda uchraydigan qushlar misolida “Toifalash jadvali” ni to‘ldiring. Qushlarning koʻpayishi Jish bola ochuvchi qushlar Jo‘ja bola ochuvchi qushlar
Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling