Namangan viloyati Mingbuloq tumani xtb ga qarashli 45- umumiy o`rta ta`lim maktabining direktori D
Download 160.43 Kb.
|
Namangan viloyati Mingbuloq tumani XTB ga qarashli 45
Namangan viloyati Mingbuloq tumani XTB ga qarashli 45- umumiy o`rta ta`lim maktabining direktori D.Xo`janovaga ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Turg’unova Saboxonning o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha 1-yarim yillikda amalga oshirgan ishlari HISOBOTI Men Turg’unova Saboxon 2022-2023-o`quv yilida jami 5-6-7-8-sinflarda 22 soat dars berildi. Shundan 1- yarim yillikda 5-sinfda 96 soat dars o`tildi 6 soat tig`izlandi, 6-sinfda jami 90 soat dars o`tildi 6 soat tig`izlandi, 7-sinfda 76 soat dars o`tildi 4 soat tig`izlandi, 8- sinfda 77 soat dars o`tildi 3 soat tig`izlandi. Menga biriktirilgan sinflarda jami ona tili va adabiyotdan 352 soat dars o`tdim. 1- yarim yillikda 17 soat dars tahlil qildim. Sinflardagi iqtidorli va past o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan 34 soat to`garak o`tdim. Xalq ta`limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko`rsatish va ishlarini yanada rivojlantirish, umumiy o`rta ta`lim maktablarida iqtidorli o`quvchilarning qobiliyatlarini ma`lum bir maqsadga yo`naltirish, izlanuvchan, tashabbuskor va ijodkor o`qituvchilarni aniqlash maqsadida oktabr- ona tili va adabiyot fan oyligi etib tayinlandi. Fan oyligi doirasida tadbir ish rejasi ishlab chiqildi, fanga oid ko`rgazmali burchak tashkil etildi. Ochiq darslar o`tildi. 2022-yil 24-oktabr kuni 5-A sinfda adabiyot fanidan ‘Oygul va Baxtiyor’ mavzusida ochiq dars tashkillandi.Dars davomida o`quvchilar shoirning hayoti va ijodi,doston haqida malumotga ega bo’ldilar.2022-yil dekabr oyida 6-sinf o’quvchilari bilan ‘2035-yil O’zbekistonning eksport salohiyati ‘ mavzusida taqdimot darsini o’tkazdim. 1-yarim yillikda o`quvchilarning bilim darajasini oshirish maqsadida AKT lardan va boshqa ped texnologiyalardan unumli foydalanildi. Hisobot yozuvchi: Turg’unova Saboxon Download 160.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling