Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani 1-idum ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zaripova Nigora Abdurashidovna Adabiyot fanidan


Download 0.95 Mb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1050292
  1   2   3
Bog'liq
Zaripova Nigora metodik tavsiya




Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani
1-IDUM ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Zaripova Nigora Abdurashidovna


Adabiyot fanidan
"Alisher Navoiy ruboiylari"
mavzusidagi


Metodik tavsiyasi





Taqriz.
Ta’im jarayonida keng qo’llanilib, o`zining samaradorligi bilan muhim ahamiyat kasb etuvchi interfaol metodlardan “Alisher Navoiy lirikasi” modulini o`tishda ham o`rinli foydalanish mashg`ulotlarning o'quvchilar xotirasida uzoq vaqt muhrlanib qolishiga omil bo`ladi. Bunday metodlarning puxta o`ylab o`rnida qo`llanilishi o`qituvchi va o'quvchilar hamkorligini davomli yo`lga qo`yilishini ta’minlaydi. Ayni choqda bu hamkorlik o`qituvchi va o'quvchilar o`rtasida samimiy munosabatlarni ham shakllantiradi. Shuningdek, o`qituvchining ijodkorligi bilan to`g`ri qo`llangan interfaol metodlar talabalarni bir xil davom etadigan zerikarli muhitdan qutqarib, ularni mavzuga oid nazariy ma’lumotlarni o`rganishning ishtirokchisiga aylantiradi. Buning uchun o`qituvchi o'quvchilatlr ning o`rta va o`rta maxsus ta’lim muassasalarida o`tilayotgan mavzuga oid qanchalik nazariy ma’lumotlarga ega ekanligini bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.Quyidagi metodik tavsiyada Alisher Navoiy lirikasini o'qitishda turli interfaol metodlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Alisher Navoiy she’riy merosida qit’a, ruboiy janrlarida ijod etilgan badiiy asarlar tuyuqlarga nisbatan miqdor jihatidan ancha ko`pdir. Buning tayanch sabablaridan biri tuyuq ijod etishning faqatgina murakkabligida bo`lmay, balki bu janrda yaratilgan asarlarning turkiy xalqlar orasida keng tarqalganidadir. Ulug’ shoir turkiy tilda mumtoz she’riyatning turli janrlarida badiiy jihatdan mukammal asarlar ijod etishni orzu qilardi. Buning uchun sohir qalami tuhfa qilgan g’azal, ruboiy, qit’a singari janrlarda bitilgan asarlari fors-tojik adabiyotining boy an’analari negizida shu tilda yaratilgan badiiyat namunalari bilan bellasha olish xususiyatiga ega bo`lishi lozim edi. Tuyuqda ijod qilingan she’rlar oldida esa bunday talab qo`yilgani yo`q. Shunday bo`lishiga qaramay, shoirning bu janrda ijod etgan asarlari g’oyaviy-badiiy nazokati nuqtayi nazaridan turkiy tuyuqnavislikning eng sara namunalari maqomida bunyod qilinganligi bilan ahamiyatlidir.



O`qituvchi dars mavzusini e`lon qilgach, o`quvchilar o`tgan darsda Navoiyning hayoti va ijodi bilan tanishganlari aytilib, O`qituvchi yangi mavzuni o`rganishdan avval o`quvchilarning bilimlarini sinash uchun ularga Navoiy hayoti va ijodi bo`yicha quyidagi tezkor savollarni guruhlarga bo'lib berishi mumkin:


Navoiy qachon tavallud topgan ?
Javob: 1441 – yil 9 – fevral.
Navoiy Hirotning qaysi joyida tug`ilgan ?
Javob: Bog`i Davlatxona.
Navoiyning otasining ismi.
Javob: G`iyosiddin Kichkina Bahodir.
Navoiyning do`sti kim ?
Javob: Husayn Boyqaro.
Navoiy necha tilda ijod qilgan ?
Javob: Ikki tilda: turkiy va fors – tojik tilida.
Shoirning taxalluslari.
Javob: Navoiy, Foniy.
Navoiyning eng mashhur asari.
Javob: “Xamsa” .
Xamsa so`zi qanday ma`noni anglatadi ?
Javob: arabcha beshlik degani.
Respublikamizdagi shoir nomi berilgan joy.
Javob: Navoiy viloyati
Xamsa”ning birinchi dostoni nomi.
Javob: “Hayrat ul – abror”
Yurtimizdagi A. Navoiy tahsil olgan shahar.
Javob: Samarqand.
Navoiy “Mantiq ut – tayr”ga javoban qanday asar yozadi ?
Javob: “Lison ut – tayr”
Navoiy umrining oxirida yozgan asar nomi.
Javob: “Mahbub ul – qulub” (“Ko`ngillarning sevgani”)
Lutfiy o`z she`rlarini alishtirmoqchi bo`lgan bayt.
Javob: Orazin yopqach, ko`zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo`ylakim, paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`och quyosh


Yuqoridagi tezkor savollar berilib javoblar olingach, yangi mavzuni boshlash mumkin. O`qituvchi savollarni bir o`quvchiga yoki guruhga berib, javoblarni olgach, g`olibni aniqlashi mumkin. O`quvchilarni baholashda turli xil shakllardan foydalanish mumkin. Masalan,
5” bahoga “Humo qushi”,
4” bahoga “Quyoshcha’,
3” bahoga “Atirgul” surati tushurilgan doirachalardan foydalanish mumkin. Chunki, o`quvchilar oddiy bahodan ko`ra ko`proq doirachalar yig`ishga qiziqadilar, buni o`z tajribamda sinaganman.
Bugun biz so`z mulkining sultoni hazrat Navoiyning ruboiylaridan namunalar bilan tanishamiz. Navoiy bobomiz to`rt devonni o`z ichiga olgan “Xazoyin ul – maoniy”, ya`ni ‘Ma`nolar xazinasi” deb atalmish devon tuzganlar. Bu devonlarga 2600 ta g`azal va boshqa janrdagi she`rlar kiritilgan. Bularning ichida ruboiy, qit`a, muxammas kabi o`nlab janrdagi she`riy asarlar mavjud.

Ruboiy” arabcha so`z bo`lib, to`rtlik, to`rt misralik she`r demakdir. Mumtoz she`riyatda falsafiy, axloqiy, diniy va ishqiy mavzularda yoziladigan aruz vaznidagi to`rt misradan iborat lirik she`rdir. Shu o`rinda o`qituvchi Navoiy ruboiylaridan yoddan namuna aytadi va o`quvchilardan ham yodlab kelgan ruboiylarini so`raydi. O`quvchilarga ruboiy ayttirishda alohida ahamiyat va e`tibor berish kerak, chunki ruboiy aruz vaznida yozilganligi sababli misralardagi bo`ginlar cho`ziq yoki qisqa talaffuz etiladi.




O`qituvchi: - O`quvchilar, kim Navoiy ruboiylaridan yod aytib beradi?


1. – o`quvchi: G`urbatda g`arib shodumon bo`lmas emish,
El anga shafiq – u mehribon bo`lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshiyon bo`lmas emish.


Shu o`rinda o`quvchilar diqqatini ruboiydagi notanish so`zlarga qaratish lozim. Ruboiydagi notanish so`zlar: g`arib, g`urbat, shafiq so`zlari. J. Lapasovning “Mumtoz adabiy asarlar o`quv lug`ati” yordamida izohlanadi va kodoskopda ekranga tushirilgan yuqoridagi notanish so`zlarga o`quvchilar diqqatini tortiladi va o`quvchilar uni “Lug`at daftari”ga yozib oladilar.


G`urbat arabcha begona yurt, o`zgalar yurti; g`ariblik, musofirlik.
G`arib arabcha 1. Birovlar yurtida yurgan kishi, musofir.
G`urbatda ga`rib shodumon bo`lmas emish.
2. Qiziq, ajoyib, g`aroyib.
Shafiq arabcha shafqatli, muruvvatli.
El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish.


O`quvchilar lug`at bilan tanishgach, o`qituvchi quyidagi savol bilan morajaat etadi:


- Shoir sherda nima demoqchi ?
Ikkinchi o`quvchi: - Alisher Navoiy ruboiyda musofir kishi musofirlikda, begona yurtda shod bo`lmaydi, g`oyoki buni oltin qafas ichida qizil gul bitsa, o`ssa, bulbulga tikandek oshyon bo`lmasligiga o`xshatadi. Shoir ruboiyni otasi va Abulqosim Bobur vafotidan so`ng
homiysiz qolgan, qiyinchilikka duch kelgan cho`glarida yozgan bo`lishi mumkin.


Shundan so`ng o`qituvchi o`quvchilarni ruboiydagi qofiyadosh so`zlarni topishga undaydi. Tabiiyki, o`quvchilar shodumon, mehribon, oshiyon so`zlari qofiyadosh so`zlar ekanini qiynalmay topadilar. Shu o`rinda o`qituvchi qofiyadosh so`zlar misraning boshida, o`rtasida va oxirida kelishi mumkinligini o`quvchilarga yana bir karra eslatib o`tsa maqsadga muvofiq bo`ladi.


O`qituvchi so`raydi: - Demak, qofiyadosh so`zlar she`rning qayerida kelibdi ?


3 o`quvchi: - Qofiyadosh so`z ruboiyning 1-2-4 misralarda kelibdi.


O`qituvchi yozuv taxtasiga “G`urbatda g`arib”.. ruboiysining qofiyalanish chizmasi chizilgan ko`rgazmani iladi.


O`qituvchi: - Bu qanday ruboiy hisoblanadi ?


4 o`quvchi: - Bu “Xos” ruboiy hisoblanadi., chunki 1-2-4 misralar qofiyalanib, 3 – misra ochiq qolyapti, ya`ni a – a – b – a shaklida qofiyalanyapti.


O`qituvchi: - O`quvchilar, Navoiy ruboiylari ichida xos ruboiydan boshqacha tarzda qofiyalanuvchi ruboiy ham uchraydimi ?


5 o`quvchi: - Ha, Navoiy ruboiylari ichida xos ruboiydan boshqacha tarzda qofiyalanuvchi ruboiylar ham uchraydi. Masalan:

Jon”imdagi “jim” ikki dolingga fido, - a


Andin so`ng “alif” toza niholinga fido, - a
Nun” dog`i anbari hilolingg`a fido, - a
Qolgan ikki nuqta ikki xolinga fido. – a
Bu ruboiyda to`rta misrada ham qofiyadosh so`zlar kelgan: dolingga, niholinga, hilolingg`a, xolinga.


O`qituvchi: - Ruboiyning 1-2-3-4 misralarida qofiyadosh so`zlar kelsa, bunday ruboiy “taronai ruboiy” deyiladi. Uning qofiyalanishi: a-a-a-a tarzida bo`ladi.
Avvalgi ruboiy kabi bu ruboiyning qofiyalanish chizmas I tushurilgan ko`rgazma yozuv taxtasiga ilinadi. Xuddi shuningdek, ruboiydagi notanish so`zlar jim, dol, hilol kabi so`zlar ma`nosi izohlanadi va o`quvchilar daftarlariga yozdiriladi.
O`qituvchi shoir “alif” harfini tik qomatga, dol, harfini bukilgan qadga, “nun” harfini yuzga, chehraga, oyga o`xshatishi, ayrim harflardagi nuqtalarni xolga qiyos qilishini tushuntirib o`tadi. Arab alifbosidagi
Jon so`zining yozilishini ko`rsatishim mumkin.
O`qituvchi: - Navoiyning hayot sevarlik g`oyalarini ifoda etgan qanday ruboiysini bilasiz ?
6 o`quvchi: - Hazrat Navoiy bobomiz “Jondin seni” deb boshlanuvchu ruboiysida hayotsevarlik g`oyasini ifoda etganlar, insonga umuid va ishonch tuyg`ularini tarannum etganlar.
Jondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz.
Har neneki sevmoq andin ortiq bo`lmas,
Andin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz.
O`qituvchi: - Bobomiz ruboiyda yana qanday g`oyalarni ilgari surganlar ?

7 o`quvchi: - Alisher Navoiy ushbu ruboiyda jon qancha shirin bo`lmasin, lekin umr barchasidan azizroq deydilar. Chunki umr Alloh tomonidan insonga ato etilgan oliy ne`mat, u insonga bir marta beriladi. Shunday ekan, inson shu fursatdan unumli foydalanmog`i lozim. Buyuk va ezgu ishlar odamlarga, o`z yaqinlari, oilasiga naf keltirib otgan umr aziz, e`zozlidir.
8 o`quvchi: - Yaxshi tarbiya topgan odamlar umrn ing har bir daqiqasini behuda o`tkazmaydilar. Ular mehnat qiladilar, yaratadilar, olamni yashnatib, hayotni g`ozal qiladilar, bunday kishilar el – yurt o`rtasida obro` - e`tibor qozonadi. Ular umrlarini savobli, ezgu ishlarga sarflaydilar. Bobomiz ana shu umrni aziz deydilar, uni har narsadan ortiqroq sevadilar. Vatanimiz tarixida shunday umr kechirgan minglab tabarruk zotlar bor. Ulug` allomalarimiz, shoir – u adiblarimiz, hunarmand me`morlarimiz yurtimiz dovrug`ini olamga taratgan insonlar insonlar umrini aziz qilgan zotlardir. Ularning hayoti bizga hamisha o`rnak bo`ladi.
O`qituvchi: - Barakalla, o`quvchilar. Siz bobomiz Navoiy aytmoqchi bo`lgan fikrni to`g`ri tushunibsiz. Demak, biz g`animat fursatlardan foydalanib, umr daftarimizning har bir varag`ini ezgu va savobli amallar bilan bezamog`imiz kerak. O`quvchilar ruboiydagi qofiyadosh so`zlarni toping.
9 o`quvchi: - Bu ruboiydagi qofiyadosh so`zlar jondin, sondin, andin so`zlari bo`lib, ular misraning boshida kelgan.
O`qituvchi: - Bu ruboiy qanday ruboiy sirasiga kiradi ?
10 o`quvchi: - Ushbu ruboiyda 1-2-4 misralar qofiyalangan, shuning uchun u ruboiyning xos ruboiy turiga kiradi, qofiyalarnishi a – a – b – a shaklida bo`ladi.
Shundan so`ng darslikdagi ‘Zohid sanga huru”, “O`lsam yasamang” kabi ruboiylar ham o`quvchilar tomonidan ham ifodali yod ayttiriladi va tahlil qilinadi. Ruboiydagi zohid, hur, mayxona, paymona, jismi figor, o`tru, tani nizor so`zlarining izohi kodoskop yordamida ekranga tushuriladi va ma`nolari izohlanadi.
O`qituvchi ruboiy janri haqida fikrni xulosalar ekan o`zbek adabiyotida deyarli barcha klassik shoirlar bu janrda she`r yozganlarini ta`kidlaydi. Ayniqsa, Alisher Navoiy, Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy kabi shoirlar bu janrda “ko`p va xo`b” yozishganini aytadi.


Adabiyot darslarida magnitafondan samarali foydalanish mumkin. Jumladan, ushbu darsda ham Navoiy g`azali asosida Munojot Yo`lchiyeva ijrisoda aytilgan “Qaro ko`zim” qo`shig`ini eshittirib musiqali tanaffus o`tkazil mumkin. Yoki “Kim omadli” o`yinini tashkil etish mumkin. Buning uchun o`quvchilar oldindan Navoiy ijodi bo`yicha tayyorlab konvertga solib kelgan savollar “Omad” aylanasiga joylashtiriladi. “Omad” aylanasining milli kimning chekiga tushsa, o`sha oquvchi o`z savolini o`quvchilarga beradi.




O`tilgan mavzu bo`yicha bilimlarni sinash va mustahkamlash.
Bunda biz quyidagi test savollaridan foydalanishimiz mumkin.
1. Alisherlar oilasi nechanchi yil Iroqqa ko`chadi ?
a) 1444 – yil b) 1447 – yil c) 1451 – yil d) 1452 – yil e) 1458 – yil
2. “Navoiy” so`zidagi “navo” sozining qanday ma`nolari bor ?
a) kuy b) ohang c) quvonch d) tashvish e) a va b javoblar to`g`ri
3. Navoiy nechanchi yili vazirlik martabasiga ko`tarilgan ?
a) 1469 – yil b) 1472 – yil c) 1487- yil d) 1488 – yil e) 1499 –yil
4. Alisher Navoiy 1487 – 1488 – yillarda qaysi shaharda hokimlik
qilgan ?
a) Hirot b) Marv c) Balx d) Samarqand e) Astrobod.
5. Ruboiy necha misradan iborat bo`ladi ?
a) 2 misra b) 4 misra c) 5 misra d) 6 misra e) 8 misra
6) “Taronai ruboiy”ning qofiyalanishi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan ?
a) a – a – b – a b) b – a – g – a c) a –a – a – a d) a – a – a- b
e) a – b – a – b
7. Navoiyning “So`z ta`rifida” haqidagi parcha qaysi asaridan
olingan ?
a) “Layli va Majnun” b) “Farhod va Shirin” c) “Saddi Iskandariy” d) “Hayrat ul - abror” e) “Sabbai sayyor”
8. Ruboiy so`zi qaysi tildan olingan ?
a) fors tilidan b) arab tilidan c) tojik tilidan d) o`zbek tilidan e) qog`oq tilidan
9. Jahon adabiyotida qaysi shoirlar “Xamsa” yaratish baxtiga muyassar bo`lagan ?
a) A. Navoiy, A. Jomiy. b) Bobur, Ogahiy c) X. Dehlaviy, N. Ganjaviy d) Atoiy, Sakkokiy, e) a va ba javoblar to`g`ri.
10. “Hayrat ul – abror” dostoni necha bobdan iborat ?
a) 72 bob b) 63 bob c) 64 bob d) 73 bob e) 62 bob


.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling