Na‘matak” haqida ayrim mulohazalar


Download 19.96 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi19.96 Kb.
#1163421
Bog'liq
Narmetova Lobar


,,Na‘matak” haqida ayrim mulohazalar

Hajman u qadr katta bo‘lmagan mazkur mini-roman insonga o‘zgacha bir kayfiyat bag‘ishlovchi, uchta avlodning hayoti va taqdirini aks ettiruvchi o‘ziga xos zamonaviy uslubda yozilgan asarlar sirasiga kiradi. Bir qarashda kichik-kichik qismlardan tashkil topgan ushbu roman kitobxonni o‘yga toldiradi, mulohaza yuritishga undaydi. O‘tmishini, bugunini va kelajagini tahlil qilishga majbur qiladi. Zeroki, inson bunday asarlarni o‘qiganda butun bir hayot ko‘z oldida kichkina bir suratga joylangandek yaqqol namoyon bo‘ladi.


Asar uchun qaysidir bir she’rning naqorati epigraf qilib olingan:
“Qanday ko’z-la boqsa, odam olamga,
Shunday javob aylar olam odamga…”
Darhaqiqat, hazrati Rumiy ta‘kidlaganidek, inson hayotta ko‘rgan har narsasi asli o‘zidir. Ya‘nikim, odamzot o‘z atrofiga o‘ziga o‘xshagan insonlarni yig‘adi. Asardagi birinchi avlod ham, ikkinchi avlod ham xuddi shu gapning misolidir. Birinchi avlod vakillari halol, birovning rizqini yeyishdan qo‘rqadigan, qo‘shnilarning hurmatini biladigan, nafsi to‘q insonlar bo‘lgani uchun ham qo‘shnilari ham xuddi shunday bo‘lgan. Bu avlodni tom ma‘noda andishali va iymonli avlod deyish mumkin.
Ikkinchi avlod esa aksincha, qalb ko‘zini qum bosgan, nafsi yo‘lida boshqa bir inson hayotini qurbon qilishdan ham tap tortmaydigan, birovning haqidan qo‘rqmaydigan, ko‘ngillaridagi iymon o‘rnini bo‘shliq egallagan bir avloddir. Qaysidir ma‘noda ularni arosatda qolgan insonlar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ikkinchi avlod vakillari o‘z otalari e‘zozlagan qadriyatlarini anglamaydilar. An‘analarga amal qilmaydilar. Har qanday inson qadridan ko‘ra o‘z nafslarini ustun biladilar. Birinchi va ikkinchi avlodning hikoyalari ana shu tarzda o‘z yakunini topadi. Ulardan olinadigan ibrat ham aniqdir. Lekin asarning uchinchi qismi bir qarashda yakunlanmagandek tuyiladi. Uchinchi avlod vakillarining taqdiri noma‘lum. O‘quvchini bir o‘y chuqur mulohaza qilishga undaydi: uchinchi avlod vakillari bobolari izidan yurib, qadriyatlarni va inson qalbini ustun bilarmikan, yoki otalari izidan ketib o‘z nafslarini har qanday qadriyatdan, inson hayotidan afzal ko‘rarmikan?!
Menimcha, kitobxon ayni shu nuqtada o‘zi ijodkorga aylanadi va bu qahramonlarning hayotini o‘z tasavvurida o‘zi xayol qilganicha yakunlaydi. O‘quvchi uchinchi avlod haqidagi qismni o‘qir ekan bevosita o‘yga toladi. Yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi tafovutlarni o‘zi bilganicha yaratadi. Aynan shu avlod vakillari misolida bir ota-onadan har xil farzandlar bunyod bo‘lishiga imon keltiradi. Zeroki, dono xalqimiz aytganidek, ,,Bir palakdan har xil xamak unadi”. Yuqorida ta‘kidalaganimizdek asarning yakuni kitobxonning o‘ziga havola qilinadi. Bu ham Ulug‘bek Hamdam mahoratining naqadar yuksakligidan dalolatdir.
Zamonaviy asarlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ijodkor hech qachon kitobxon uchun xulosa qilmaydi, ya‘ni xulosani kitobxonnning o‘ziga havola qiladi. Roman bir qarashda yakunlanmagandek tuyilsa ham aslida hayot, zamon va taqdirlar bepoyondir. Har bir yakun yangi bir ibtidoga bog‘lanadi. Bu asarda ham xulosani kitobxonning o‘zi chiqaradi. Har bir o‘quvchi asarni o‘zicha anglaydi, his qiladi va o‘z tasavvurida davom ettiradi
Zamonaviy romanlardan olinadigan eng katta zavq ham shunda ya‘nikim tafakkur, tasavvur, dunyoqarashning chegaralanmasligidadir.
402-guruh
Normetova Lobar.
Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling