Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Download 0.97 Mb.
|
aa69dea
Gulxaniy
1. Gulxaniy otasining vafotidan keyin kimning tarbiyasida qolgan? A) Mir Said B) Yusuf Hamadoniy C) Xudoyqul Bahodirxon D) Shahobiddin Xiyoboniy 2. Gulxaniy xon saroyida qanday martabada faoliyat ko‘rsatgan? A) o‘t yoquvchi B) hattotlik C) sipohiylik D) miroblik 3. Gulxaniydan bizgacha yetib kelgan ilmiy meros qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) 12 ta g‘azal, qasida, “Zarbulmasal” B) devon, “Zarbulmasal”, hikmatlar C) qasida, doston, “Zarbulmasal” D) ruboiy, qasida, “Zarbulmasal” 4. Gulxaniyning “Ko‘ngil ozurdadir dunyog‘a arzi ehtiyoj etmas” radifli g‘azali qaysi yo‘nalishda bitilgan? A) ishqiy B) tasavvufiy C) yakpora D) diniy 5. Gulxaniyning qaysi g‘azalida dunyoga qo‘l siltagan, uning notantiligidan ko‘ngli ozor chekkan yo‘lovchi hajviyasi ifodalangan? A) “Ko‘ngil ozurdadir dunyoga arzi ehtiyoj etmas” deb boshlanuvchi g‘azalida B) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” deb boshlanuvchi g‘azalida C) “Lola ko‘ksidek bag‘rim tahbatah qaro qonlar” deb boshlanuvchi g‘azalida D) “Davlating borida bordin ahli olam oshno” deb boshlanuvchi g‘azalida 6. “Dili vayronadin, jono, tavaqqu qilma dog‘ingni” Ushbu misradagi tavaqqu so‘zining ma’nosini aniqlang. A) ahd qilmoq B) yolvormoq C) umid qilish D) kechib ketmoq 7. Gulxaniy asarlarida qaysi lahjaga mansub so‘zlar ko‘proq uchraydi? A) qipchoq B) qarluq C) o‘g‘uz D) qarluq va o‘g‘uz 8. Gulxaniy qaysi g‘azali maqta’sida dardiga iloj etmagan Iso nafasli ma’shuqadan bir oz yozg‘iradi? A) “Lab uyur takallumg‘a, zulfini parishon qil” B) “Ko‘ngul ozurdadir dunyog‘a arzi ehtiyoj etmas” C) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” D) “Nega muncha siyohdur kokul” 9. Gulxaniy qaysi ijodkor faoliyatidan ta’sirlangan holda ijod qilgan? A) Turdi Farog‘iy B) Lutfiy C) Munis D) Fuzuliy 10. “Zarbulmasal” qanday yo‘sinda yozilgan? A) hikoya ichida hikoya B) hikoya ichida rivoyat C) masal ichida hikoya D) hikoya ichida matal 11. “Zarbulmasal”dagi badiiy obrazlar necha qismga bo‘lingan? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 12. “Zarbulmasal”da qaysi turdagi jonzotlar obrazlar sifatida ishtirok etgan? A) hayvonlar va qushlar B) hayvon va hasharotlar, odamlar C) hasharotlar, hayvonlar, qushlar D) qushlar, hayvonlar va hasharotlar, odamlar 13. Quyida berilgan hikoyalardan qaysilari “Zarbulmasal”da uchraydi? A) “Toshbaqa bilan chayon”, “Maymun bilan Najjor”, “Bo‘z to‘quvchi” B) “Maymun bilan najjor”, “Tuya bilan bo‘taloq”, “Toshbaqa bilan chayon” C) “Tuya bilan bo‘taloq”, “Shayx San’on”, “Ko‘rlar va fil” D) “Ko‘rlar va fil”, “Tuya bilan bo‘taloq”, “Toshbaqa bilan chayon” 14. “Zarbulmasal”dagi masallar nimalar tilidan hikoya qilinadi? A) hayvonlar, qushlar B) hasharotlar C) insonlar D) donishmandlar 15. “Zarbulmasal”da “yomon otga yo‘l bitsa, yonida to‘siq boylamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qo‘ndirmas” maqolini qaysi qush tomonidan aytilgan? A) Boyo‘g‘li B) Kulangir C) Turumtoy D) Yapaloqqush 16. Gulxaniy qaysi tillarda ijod qilgan? A) arab, o‘zbek B) arab, fors-tojik C) fors-tojik, o‘zbek D) arab, o‘zbek, fors-tojik 17. Muhammad Sharif yana qanday taxallusda ijod qilgan? A) “xolis” B) “ziyrak” C) “jur’at” D) “foniy” 18. “Farg‘ona mulkida chordevor noyob ekanini arz qilib o‘tib edik, Agar Movarounnahr tabiatidin xohlasang har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor solayin” “Zarbulmasal”dagi ushbu jumla qaysi qahromonga tigishli? A) Boyo‘g‘li B) Kordon C) Ko‘rqush D) Turumtoy Hajviyot 1. “Quda bo‘ldik, judo bo‘ldik” degan so‘zga yo‘qmiz” degan fikr “Zarbulmasal”da qaysi qush tomonidan aytilgan? A) Yapaloqqush B) Boyo‘g‘li C) Ko‘rqush D) Kordon
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling