Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Download 0.97 Mb.
|
aa69dea
Muhammad Rizo Ogahiy
1. Ogahiyning 1844- yilda Xiva xonligini tarixini shu yilgacha bo‘lgan voqealarini o‘z ichiga olgan asari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) “Firdavs ul- iqbol” B) “Riyoz ud- davla” C) “Shohidi iqbol” D) “Ta’viz ul-oshiqin” 2. Qaysi ijodkor arab alifbosidagi nun va sod harflaridan foydalanib yor go‘zalligini o‘ziga xos tasvirini yaratdi? A) Ogahiy B) Navoiy C) Jomiy D) Lutfiy 3. Qanday vositalar Ogahiyni ijodga izlanishga undadi? A) kuchli iroda B) hayotni sevish C) ijodga bo‘lgan qiziqish D) A, B 4. Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devonida qancha janrdagi lirik meros jamlangan? A) o‘ndan ortiq B) yigirmadan ortiq C) o‘ttizdan ortiq D) barchasi 5. Ogahiyning ijodida suvni suzuk deb sifatlash adabiyotdagi qanday hodisa sanaladi? A) yangilik B) doimiylik C) qadimiylik D)A, B 6. Ogahiyning devonida qanday mavzuga doir she’rlar jamlangan? A) ijtimoiy-siyosiy B) axloqiy C) didaktik D) barchasi 7. Ogahiyning “Qasidai nasihat” asari qanday mazmunda yozilgan? A) davlat va siyosatga munosabat shaklida B) siyosiy va didaktik mazmunda C) Muhammad Rahimxoni Soniy madhiyasiga bag‘ishlab yozilgan D) A va B 8. Ogahiyning “Dahr uyi bunyodkim suv uzradir mahkam emas” deb boshlanuvchi asari qanday mazmunga ega? A) tasavvufiy B) falsafiy C) didaktik D) A, B 9. Ogahiyning qaysi asari adabiyotimiz tarixida didaktik lirikaning yorqin namunasi hisoblanadi? A) “Qasidai nasihat” B) “Riyoz ud- davla” C) “Shohidi iqbol” D) “Ta’viz ul-oshiqin” 10. Asru so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) motam B) yurak C) benihoya D) g‘amli 11. Vuquf so‘ziga qaysi qatorda to‘g‘ri izoh berilgan? A) miskinlar B) g‘amli C) xabardor D) balalik 12. Faqat Ogahiy qalamiga mansub asarlar berilgan javobni toping. 1) “Sabot ul-ojizin”; 2) “Riyoz ud-davla”; 3) “Ta’viz ul-oshiqin”; 4) “Kimyoi saodat”; 5) “Shoh va gado”; 6) “Zubdat ul-tavorix” A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 2, 3 D) 3, 5, 6 13. Ogahiy qalami ostida o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar keltirilgan javobni aniqlang. A) “Haft paykar”, “Guliston”, “Shoh va gado”, “Yusuf va Zulayxo” B) “Gulistoni davlat”, “Yusuf va Zulayxo”, “Shohidi iqbol”, “Kimyo” C) “Haft paykar”, “Yusuf va Zulayxo”, “Bahoriston”, “Shoh va gado” D) “Firdavs ul-iqbol”, “Riyoz ud-davla”, “Sabot ul-ojizin”, “Ravzat us-safo” 14. Ogahiy “Ustuna” radifli g‘azalining birinchi baytida qaysi badiiy san’atdan ustalik bilan foydalangan? A) tazod B) kitobat C) talmeh D) ta’did 15. Ogahiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Shoh va gado” asarining muallifini aniqlang. A) Badriddin Xiloliy B) Badriddin Chochiy C) Maleho Samarqandiy D) Davlatshoh Samarqandiy Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling