Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs


Download 0.97 Mb.
bet8/172
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#196195
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   172
Bog'liq
aa69dea

G’afur G’ulom

1. “Shum bola” qisasidagi Sariboyni laqqillatish sujetida shum bola yolg’onlarini qaysi yolg’oni bilan boshlaydi?

A) Bo’riboyvachchaning terakdan yiqilib o’lishi bilan B) Dandon sopli pichoqning sinishi bilan C) Qo’rg’onning yonishi bilan D) Otning o’lishi bilan

2. Quyidagi badiiy tasvir vositalari G’afur G’ulomning qaysi asarida uchraydi?

“To’ti patlarining rang-barangligi Oysha chevarning qutisidagi ipaklarday tovlanar edi”; “It quvlagan tulkiday Omon menga ergashdi”; “Orqamdan o’lik quvlab kelayotgandek orqamga qayrilib boqar edim”; “Har ikkovimizning yuragimiz dard tekkan terak yaprog’iday qaltirab to’ribdi”. A) “Mening o’g’rigina bolam” B) “Yodg’or” C) “Netay” D) “Shum bola”

3. “Shum bola” qisasidagi “Sariboyni laqqillatish sujetida” Sariboy shum bolaning qaysi yolg’onini eshitib xushidan ketib yiqiladi?

A) o’rtancha qizining dunyoga arziydigan o’g’ilcha tuqqani haqidagi yolg’onni eshitib B) qo’rg’onga o’t ketganini eshitib C) Bo’riboyvachchaning o’lganini eshitib D) omborining yonganini eshitib

4. 1936- yilda yaratilib, 60- yillarda mukammal holga kelgan, ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilingan asar va muallifini aniqlang.

A) Said Ahmad “Ufq” B) A. Qahhor “Sarob” C) G’. G’ulom “Shum bola” D) X. To’xtaboyev “Sariq devni minib”

5. “Shum bola” qissasida Qorajon kimni bo’lis deb ataydi?

A) Sariboyni B) Eshonni C) Omonni D) Badal aravakashni

6. Tong azonda turib, o’tov egalari, er-xotin bilan xayrlashib, … Qorajon qayerga otlanadi?

A) Qovunchiga B) Sayramga C) Sariog’ochga D) Yusuf kontorning yoniga

7. Shum bolaning yoshi ko’rsatilgan javobni aniqlang.

A) 16 da B) 14 da C) 12 da D) 13 da


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling