Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Download 0.75 Mb.
|
5-11 adabiyotdan mavzuviy test
Boborahim Mashrab
1. Mashrab hayotiga oid so‘ngi ma’lumotlar bizgacha qaysi asar orqali yetib kelgan? A) Bog‘istoniyning “Tazkirai qalandaron” asari orqali B) Jaloliddin Yusupovning “Mehribonim qaydasan” asari orqali C) Mashrabning “Mabdai nur”, “Kimyo” asarlari orqali D) Dilshodi Barnoning “Tarixi muhojiron” asari orqali 2. Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” asari qanday tusdagi asarlar sirasiga kiradi? A) badiiy-ahloqiy asar B) diniy-falsafiy asar C) diniy va ilmiy asar D) A va B 3. Arz so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ti berilgan? A) lochin B) ishonarli C) yer shari D) qiynamoq 4. Boborahim Mashrab hayoti haqida malumot beruvchi asar hisoblangan “Qissai Mashrab”da keltirilishicha, u bolaligidanoq qanday tabiatga ega bo‘lgan? A) majnun tabiat B) so‘fiy surat C) odamovi D) barchasi 5. Boborahim Mashrab o‘spirinligida qayerda go‘riston bo‘lsa o‘sha joyni ziyorat qilib odamlarning suyaklarini ko‘rib qanday so‘zlarni aytib yig‘lab yurar edi? A) Ey odamzod, boradigan joying shu bo‘ldimi B) Ey odamzod, oxir o‘lib boshingga tushadigan ish bu C) Ey odamzod, safaringni yakunimi bu D) to‘g‘ri javob keltirilmagan 6. Boborahim Mashrabdagi g‘amginlik “Xamsa” dostoning qaysi qahramonlari g‘amginligiga o‘xshab ketadi? A) Iskandar B) Qays C) Abu Salom D) A, B 7. Boborahim Mashrabning nisbatan mukammal she’riy to‘plamini nashr etilishida qaysi adabiyot jonkuyarining xizmati beqiyos hisoblanadi? A) Said Ahmad B) Jaloliddin Yusupov C) Oybek D) G‘.G‘ulom 8. Boborahim Mashrabning 1990- yilda nashr etilgan “Mehribonim qaydasan” nomli she’riy to‘plamida qaysi janrdagi she’rlar jamlangan? 1. gazal 2. tuyuq 3. mustazod 4. qit’a 5. marabba 6. qasida 7. muxammas 8. muashshar A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,3,5,6,7 C) 1,3,5,7 D) 1,3,5,8 9. Yaratganni xohishi – irodasini, hikmatini, jamolini, qudratini bilishga anglashga yo‘naltirilgan ilm nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) so‘fiylik ilmi B) tasavvuf ilmi C) qodiriylik ilmi D) barchasi 10. Boborahim Mashrab insonga uning moddiy mavqeyidan kelib chiqib emas, balki qaysi fazilatidan kelib chiqib yondashadi? A) falsafiy B) ma’naviy C) ro‘hiy D) so‘fiy 11. Qaysi ijodkor ko‘ngildagi ishq olovi qanday bo‘lsa shundayligicha she’rga ag‘daradi? A) Ofoqxo‘ja B) Boborahim Mashrab C) Mansuri Xalloj D) Yassaviy 12. Qaysi muallif ishqi ilohiyni ramziy shariat doirasidan uzoqlashmagan holda aks ettiradi? A) Yassaviy B) Boborahim Mashrab C) Mansuri Xalloj D) Ofoqxo‘ja 13. Lomakonlik faqat kimga xos…. A) Boborahim Mashrab B) Xudoga C) payg‘ambarga D) barchasi 14. Fashu dastor so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) qamishzor B) dunyo C) salla va pechi D) yo‘q
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling