Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs


Download 1.6 Mb.
bet10/16
Sana04.12.2020
Hajmi1.6 Mb.
#159113
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
5-11 синф тест адабиет [uzsmart.uz]


“Boburnoma”

1. Boburning qaysi asari turk nasri taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi?

A) “Harb ishi” B) “Muxtasar” C) “Boburnoma” D) “Xatti Boburiy”

2. Bobur Navoiy ijodiga “Boburnoma”da qanday munosabat bildiradi?

A) Bobur Navoiyning asarlari haqida ayrim tanqidiy fikrlar aytib uning shaxsiga baho berib olamni tavre’ fard va jarida o‘tkardi. B) Bobur Navoiy haqida so‘z yuritganda uni “Ilm ahliga murabbiydir”- deb ta’riflaydi C) Bobur Navoiy ijodiga 2 xil munosabatda bo‘ladi: turkiycha aytgan she’rlarini maqtaydi, “Mezon ul-avzon” asari haqida ayrim tanqidiy fikrlar bildiradi. D) A, B

3. Bobur “Boburnoma”ning nechanchi yil voqealarida Navoiy bilan xat yozishganini keltirib o‘tadi?

A) 1494- yil B) 1496-1497- yil C) 1500-1501- yil D) 1505- yil

4. Boburning harbiy yurishlarida haqida yozilgan asarni aniqlang.

A) “Boburnoma” B) “Harbiy hiylalar” C) “Muxtasar” D) “Harb ishi”

5. “Boburnoma”da Bobur Navoiy ijodi va shaxsiyatiga qanday baho bergan?

A) “Alisherbek naziri yo‘q kishi edi . Turkiy til birla to she’r aytibdurlar . Hech kim oncha ko‘p va xo‘p aytqon emas .” B) “Alisherbek naziri yo‘q kishi edi, mizoji nozik bila mashhurdir” C) “…Yana musiqada yaxshi nimalar bog‘labdur . Yaxshi naqshlari va yaxshi peshvorlari bor ” D“Ilm va hunar ahliga murabbiydir va naziri yo‘q kishi edi.”

6. “Boburnoma”dastlab qanday nom bilan atalgan?

A) “Voqeati Boburiy” B) “Voqeanoma” C) “Tuzuki Boburiy” yoki “Boburiya” D) “Vaqoye”

7. “Boburnoma” da muallif shaxsi qanday aks etganligi matndan keltirilgan misollar yordamida ko‘rsating ?

A) “Tangri taolo bu nav’ saodatni bizga nasib qilibdur va mundog‘ davlatni bizga qariyib aylabdur” B) “Bizni ehtiromimiz ul sorilar bormoqqa behad va bag‘oyatdir Hindistonishlari ham bir na’v somon topib keladi … Ul viloyatlarning latofatlarini kishi nechuk unutqay ..Bu fursatda bir qovun keltirib yerdilar, kesib yegach g‘arib ta’sir qildi, tamom yig‘lab yedim..” C) “Tangri inoyati bilan Farg‘ona viloyatida 12 yoshida podshoh bo‘lgani”

D) A va B

8. Boburning “Boburnoma ” asarida qaysi davr oralig‘i hikoya qilingan?

A) 1483-1530- yillar B) 1526-1530- yillar C) 1528-1530- yillar D) 1494-1530- yillar

9. Bobur “Boburnoma”sida qaysi shohlar haqida ma’lumot bergan?

A) Husayn Ubay, Sulton Mahmud, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Muzaffar Mirzo, Umarshayx B) Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Sulton Mahmud, Muhammad Solih, Sulton Ahmad, Umarshayx, Muzaffar Mirzo C) Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Sulton Mahmud, Badiuzzamon, Umarshayx, Muzaffar Mirzo, Sulton Ahmad D) Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Sulton Mahmud, Ko‘chkinchixon, Abdulazizxon

10. “Boburnoma” 1586- yil qaysi tilga tarjima qilingan?

A) urdu tilida B) arab tilida C) fors tilida D) hind tilida

11. “Boburnoma” da adabiyot va san’at arboblaridan kimlar haqida ma’lumot berilgan?

A) Kamoliddin Binoiy, Behzod, Muhammad Solih, Alisher Navoiy, Mirak Naqqosh, Husayn Udiy va boshqalar haqida B) Alisher Navoiy, Kamoliddin Binoiy, Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy C) A, D D) Alisher Navoiy, Behzod, Pahlavon Mahmud, Ahmad Yassaviy

12. Bobur Navoiyning turmush tarzi haqida “Boburnoma”da qanday ma’lumot bergan?

A) “Alisherbek mizoji nozikligi bila mashhurdir” B) “Alisherbekdek murabbiy va muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘lgay” C) O‘g‘il va qizi yo‘q D) “O‘g‘il va qizi yo‘q olamni tavre fard vujurida o‘tkardi”


XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan adabiyot

1. Adabiyotda xonliklar davri o‘zbek adabiyoti qaysi davrlar oralig‘ini o‘z ichiga oladi?

A) XV-XIX asrlar B) XVI asrdan XIX asrning I yarmi C) XVII asrdan XIX asrning I yarmigacha D) XVIII asrdan XIX asrning I yarmigacha

2. Qo‘qonga bostirib borib mashhur shoira Nodirabegimni farzand-u nabiralari bilan hammaning ko‘zi o‘ngida vahshiylarcha qatl ettirgan amir nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Buxoro amiri Muhammad Rahimxon B) Xiva xoni Abulg‘ozi Bahodirxon C) Ming urug‘idan bo‘lgan Shoxruhbiy D) Buxoro amiri Nasrulloxon

3. Xiva xoni Abulg‘ozi Bahodirxonning qaysi asarlari “Boburnoma”dan keyingi o‘zbek adabiyotidaga eng noyob hodisa bo‘lib kirib kelgan?

A) “Ansob us-Salotin”, “Shajarayi-tarokima ” B) “Muntahab ut-tavorix”, “Shajarai-turk” C) “Shajarai-turk”, “Shajarai-tarokima” D) “Shajarai-turk”, “Shohnomai-nusratpayom”

4. Abulg‘ozi Bahodirxonning qaysi fazilati bilan Boburdan keyingi ikkinchi hukmdor shaxs deb ta’riflaymiz?

A) yozgan ikki buyuk asari uchun B) har jihatdan yetuk inson, tadbirkor podshoh, tengsiz olim va sarkarda bo‘lgani uchun C) o‘zi tirik va soppa-sog‘ ekanligida taxtini o‘g‘liga topshirgani uchun D) davlat boshqaruvidagi ishlari uchun

5. Saroy adabiyoti va so‘fiylik adabiyoti qaysi davr adabiyotining tarkibiy qismlari hisoblanadi?

A) mustamlakachilik davri adabiyoti B) xonliklar davri o‘zbek adabiyoti C) uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti D) islom ta’siri davridagi turkiy adabiyoti

6. XVIII asrda Xivada Munis va Ogahiy qanday asarini yaratdi?

A) “Firdavs ul-iqbol”, “Baxt bog‘i”, “Riyoz ud -davla”, “Natoyij ul-fikr” B) “Natoyij ul-fikr”, “Gulshani davlat”, “Iqboli Fuzuliy” C) “Firdavs ul-iqbol”, “Baxt bog‘i”, “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”

D) A, B


7. Qo‘qon xonligida Hakimxon To‘raning qaysi asari yaratilgan?

A) “Shohnomai nusratpoyon” B) “Muntahab ut-tavorix” C) “Tarixi Abulfayzxon” D) “Natoyij ul-fikr”

8. Dastlab ayol ijodkorlarning faoliyati qaysi adabiy muhitda, muayyan ijodiy sharoitning yaratilishiga bog‘liq bo‘lgan?

A) Xiva xonligi adabiy muhiti B) Qo‘qon xonligi adabiy muhiti C) Buxoro amirligi D) A, B

9. Samarqandda XVII asr boshlarida yaratilgan Mutribiyning qaysi kitobida XVI- XVII asrlarda Samarqand va Buxoroda yashagan 320 dan ortiq ijodkor haqida ma’lumot keltirilgan?

A) “Tazkirat ush-shuaro” B) “Muzakkir ul-as’hob” C) “Tuhfat ul- ahbob” D) “Majmuai shoiron”

10. Qaysi tazkirada 160 ta shoir haqida ma’lumot berilgan?

A) “Majmuai shoiron” B) “Muzakkir ul-as’hob” C) “Tazkirat ush-shuaro” D) “Tuhfat ul-ahbob”

11. Buxoro va Qo‘qonda yashagan 145 ta shoir haqida ma’lumot keltirilgan tazkirani ko’rsating.

A) “Tuhfat ul-ahbob” B) “Majmuai shuaro” C) “Tazkirat ush-shuaro” D) “Majolis un-nafois”

12. 1821- yilda Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron” tazkirasida kimlar haqida ma’lumot berilgan?

A) Buxoro va Qo‘qonda yashagan 145 ta shoir haqida B) Qo‘qon xoni Amir Umarxon saroyi atrofidagi 101 ta shoirning she’rlari ular haqidagi ixcham ma’lumot bilan birgalikda berilgan C) XVII asrda Samarqand va Buxoroda yashagan 320 dan ortiq ijodkor haqida ma’lumot berilgan D) XVII asrda Markaziy Osiyo va Eronda yashagan shoirlar haqida ma’lumot berilgan

13. Xalq kitoblari orasidagi “Nasri Xamsai benazir” asarini muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Sobir Sayqaliy B) Navoiy C) Umar Boqiy D) Qori Rahmatulloh Vozeh

14. Umar Boqiy Navoiyning qaysi dostonlariga o‘zgartirish kiritadi?

A) “Majolis un-nafois” va “Farhod va Shirin”ga B) “Farhod va Shirin” va “Sab’ayi Sayyor”ga C) “Saddi Iskandariy” va “Layli va Majnun”ga D) “Mezon ul-avzon” va “Lison ut-tayr”

15. Navoiy dostonlariga o‘zgartirish kiritgan Umar Boqiy o’z dostonlarini qanday nom bilan atagan?

A) “Qissai Farhod va Shirin” va “Haft avrang” B) “Qissai Farhod va Shirin” va “ Qissai haft manzarai Bahrom” C) “Yetti sayyora” va “Qissai Layli va Majnun” D) “Haft avrang” va “Yetti sayyora”


Turdi Farog‘iy

1. Turdi Farog‘iy qachon, qaysi xonlik davrida yashagan?

A) 1640- yillarda tug‘ilib, XVII asrda Buxoroda, Ashtarxoniy hukmdorlaridan Nodir Muhammad va uning o‘g‘illari hukmronligi davrida B) 1644- yillarda tug‘ilib, Buxoroda Subxonqulixon davrida yashagan C) 1699-1700- yillarda tug‘ilib Buxoroda Nodir Muhammad davrida D) Tug‘ilgan yili aniq emas, Buxoroda Abdulazizxon davrida yashagan

2. Turdining XVII asarning 80- yillardan keyingi hayoti qanday kechgan?

A) ijod bilan shug‘ullangan B) sayohat qilgan C) Ashtarxoniylar saroyida yashagan D) darbadarlikda, xor-zorlikda yashab, Subxonqulixonni hajv qiluvchi asarlar yaratgan.

3. Turdi Farog‘iyning o‘zbek adabiyotida qoldirgan merosining hajmi qanchani tashkil qiladi?

A) hajmi 440 misralik 18 ta she’r, 5 ta muxammas, 1 ta fard B) hajmi 434 misralik 18 ta she’r, 12 tasi g‘azal, 5 ta muxammas, 1ta fard C) hajmi 432 misralik 18 ta she’r, 11 ta g‘azal, 5 ta muxammas, 2ta fard D) hajmi 434 misralik 18 ta she’r, 11 ta g‘azal, 5 ta muxammas, 2 ta fard

4. Tor ko‘ngullik beklar, man-man demang, kenglik qiling,

To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

A) Sakkokiy B) Atoyi C) Navoiy D) Turdi Farog‘iy

5. Turdi shaxsi haqida ma’lumot beruvchi g‘azalini aniqlang.

A) “Burun” B) “Turdiman” C) A, B D) “Ayladim”

6. “Yod mandin kim berur: yaxshi zamonlar ko‘rdiman” muxammasining muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Mashrab B) Ogahiy C) Muqumiy D) Turdi

7. “Yod mandin kim bo‘lur yaxshi zamonlar ko‘rdiman” Ushbu muxammas hajmi qanchani tahskil etadi?

A) 14 band, 60 satrlik B) 12 band, 60 satr C) 10 band, 50 satr D) 12 band, 50 satr


Boborahim Mashrab

1. Arabchada “ichimlik ichiladigan joy” va “fe’l, xulq, odat, tabiat” ma’nolarini beruvchi taxallus kimga berilgan?

A) Turdi B) Mullavali o‘g‘li Boborahim C) Umar Boqiy D) Qori Rahmatullo

2. Mashrab devonlari berilgan qatorni ko’rsating.

A) “Mabdai nur”, “Devoni Mashrab” B) “Eshoni Shoh Mashrab”, “Devonai Mashrab” C) “Mabdai Nur” va muxlislari tomonidan yaratilgan devon

D) A, B va C

3. Ey mening nozik nihol, oromijonim qaydasan?

Bu ko‘ngil bo‘stonida g‘uncha dahonim qaydasan? Ushbu bayt muallifini aniqlang.

A) Lutfiy B) Navoiy C) Mashrab D) Jomiy

4. “Qalandar bo‘l!” radifli g‘azal muallifi qaysi qarorda to’g’ri berilgan? A)Turdi B)Ogahiy C)Munis D)Mashrab

5. “Aytay senga dard-u alamim, ofati jonim, fikr ayla o‘zungga“ deb boshlanuvchi mustazodda kimning holati tasvirlanadi?

A) Muqimiy B) Munis C) Mashrab D) Turdi

6. Mazkur bayt Mashrabning qaysi mustazodidan olingan?

Boshimga agar keltirsa balo, sabr etadurman,

Sendin kecharim yo‘q,

Qaydin kechayin, ko‘nglimda to‘ladur senga mehrim,

Men oshiqi shaydo.

A) “Bul hasta vujudim meni o‘rtadi butkul, ul zulfi parishon” B) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” C) “Aytay senga dard-u alamim, ofati jonim, fikr ayla o‘zingga” D) “Va’da qildi bir kelay deb, ko‘zga uyqu kelmadi”

7. 1691- yilda Mashrab 20 yillik safariga kim bilan boradi?

A) Ofoqxo‘ja bilan B) Pirmat Setoriy bilan C) yolg‘iz o’zi D) muxlislaridan biri bilan

8. “Mabdayi nur” asari muallifini aniqlang.

A) Ogahiy B) Nodira C) Amiriy D) Mashrab

9. Mashrab Makkaga kim bilan borishni xohlaydi?

A) Yor B) Boda C) Olloh D) A, B

10. Mashrabning qaysi g‘azali “ishq mazhabi”ga bag‘ishlangan?

A) “O‘rtar” B) “Qaydasan” C) “Chidayolmas” D) “Ayrilmisham”

11. Kimning timsoli insonning ruhiy hurligini cheklashga qaratilgan aqidalarga qarshi isyon, erkin fikrlilik ramzi bo‘lib qoldi?

A) Mashrab B) Ibrohim Adham C) Mansur Xalloj D) Pirmat Setoriy

12. Mashrab g‘azallarida uchraydigan xok so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) ruhiyat B) tuproq C) qabr D) olloh

13. Soqiy – manam, sog‘ar manam, ore, manam, manam, manam. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

A) Majzub Namangoniy B) Mashrab C) Ogahiy D) Mirzo G‘olib

14. “Jahr” so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) zulm qilmoq, ozor yetkazmoq B) baland ovoz bilan zikr qilmoq C) hayr-sadaqa yig‘iladigan idish D) yig‘layotgan ko‘zlar

15. Qalandarlikning to‘rt amalidan biri bo‘lgan kam gaplik tasavvufda qaday atalgan?

A) sir po‘sht B) zahrno‘sh C) faromush D) xomush

16. “Illo fato illo Ali, yo sayf-u illo zulfiqor, har baloye pesht oyad, daf kun parverdigor!” so‘zlari qalandarlarning qaysi kiyimiga yozilgan?

A) shokilali sallasiga B) chiltoriga C) shaydoiy uchi burama do‘ppiga D) kamarga

17. Qalandarlar olib yurishi kerak bo‘lgan buyumlarni belgilang.

A) kashkul, matbag‘, rido, kisvat B) rido, matbag‘ C) kashkul, matbag‘, rido D) kashkul, kisvat

18. Bulbulday kim faryod etarman,

Ishq daftarin bunyod etarman.

Ko‘ngillarim men shod etarman,

19. Yorga yetar kun bormi yoronlar. Ushbu she’r tuzilishiga ko‘ra qanday ataladi?

A)mustazod B) musaddas C) murabba’ D) muhammas

20. “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” deb boshlanuvchi musaddas muallifini ko’rsating.

A) Turdi B) Ogahiy C) Munis D) Mashrab

21. Taqvo so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) dindorlik B) hokisorlik C) kambag‘allik D) zohidlik

22. Kim bir kechada shohona libosini darveshlik jandasiga almashtirib, ollohni izlab yo’lga tushadi?

A) Mansur Xalloj B) Ibrohim Adham C) Mashrab D) Pirmat Setoriy
Nazariy ma’lumot. Ma’naviy san’atlar

1. “Ilmi bade”ning ikkinchi nomi qaysi qarorda to’g’ri berilgan?

A) “Badoye us-sun” B) “Badoye us-sanoye ” C) “Ilmi qofiya ”D) “Lafziy”

2. Ma’no jihatdan o‘zaro zidlik, qarama-qarshi so‘z, fikr, rang va ma’nolarni qaysi san’at turida uchratamiz?

A) talmeh B) tarse’ C) tazod D) tanosub

3. Mazkur baytda ma’naviy san’atning qaysi turi mavjud?

Zohid, menga bir shishada may, senga namozing

Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim.

A) talmeh, tazod B) tazod, tajnis C) tanosub, tajnis D) tazod, tanosub

4. Baytda ma’no jihatidan bir-biriga yaqin so‘zlarning bir-birini taqozo etib kelishi qanday ataladi?

A) tajnis B) tanosib C) tazod D) tarse’

5. Quyidagi baytda qanday ma’naviy san’atlar qo‘llangan?

Vahdat mayini piri mug‘on ilkidin ichtim

Mansuri kibi boshimi dorg‘a tuta qoldim

A) tazod, tanosib, tarse’ B) tazod, tanosib, talmeh C) tarse’, tanosib, tajnis D) tazod, talmeh, tardi-aks

6. “Badoye’ us-sanoye” qaysi she’r ilmning ikkinchi nomi sanaladi?

A) lafziy B) ilmi qofiya C) ilmi aruz D) ilmi bade’

7. She’riy shaklga xos san’at qanday nomlanadi?

A) ma’naviy B) sun C) bade’ D) lafziy

8. She’rdagi vaznni tekshirish qaysi she’r ilmiga xos?

A) ilmi bade’ B) ilmi aruz C) lafziy D) ilmi qofiya

7-DARS. XONLIKLAR DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI (davomi).(314-358-betlar)

Reja:

1. Gulxaniy.



2. Hajviyot.

3. Shermuhammad Munis.

4. Amiriy.

5. Jahon Otin Uvaysiy.

6. Nodira.
Gulxaniy

1. Gulxaniy otasining vafotidan keyin kimning tarbiyasida qolgan?

A) Mir Said B) Yusuf Hamadoniy C) Xudoyqul Bahodirxon D) Shahobiddin Xiyoboniy

2. Gulxaniy xon saroyida qanday martabada faoliyat ko‘rsatgan?

A) o‘t yoquvchi B) hattotlik C) sipohiylik D) miroblik

3. Gulxaniydan bizgacha yetib kelgan ilmiy meros qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) 12 ta g‘azal, qasida, “Zarbulmasal” B) devon, “Zarbulmasal”, hikmatlar C) qasida, doston, “Zarbulmasal” D) ruboiy, qasida, “Zarbulmasal”

4. Gulxaniyning “Ko‘ngil ozurdadir dunyog‘a arzi ehtiyoj etmas” radifli g‘azali qaysi yo‘nalishda bitilgan?

A) ishqiy B) tasavvufiy C) yakpora D) diniy

5. Gulxaniyning qaysi g‘azalida dunyoga qo‘l siltagan, uning notantiligidan ko‘ngli ozor chekkan yo‘lovchi hajviyasi ifodalangan?

A) “Ko‘ngil ozurdadir dunyoga arzi ehtiyoj etmas” deb boshlanuvchi g‘azalida B) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” deb boshlanuvchi g‘azalida C) “Lola ko‘ksidek bag‘rim tahbatah qaro qonlar” deb boshlanuvchi g‘azalida D) “Davlating borida bordin ahli olam oshno” deb boshlanuvchi g‘azalida

6. “Dili vayronadin, jono, tavaqqu qilma dog‘ingni” Ushbu misradagi tavaqqu so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) ahd qilmoq B) yolvormoq C) umid qilish D) kechib ketmoq

7. Gulxaniy asarlarida qaysi lahjaga mansub so‘zlar ko‘proq uchraydi?

A) qipchoq B) qarluq C) o‘g‘uz D) qarluq va o‘g‘uz

8. Gulxaniy qaysi g‘azali maqta’sida dardiga iloj etmagan Iso nafasli ma’shuqadan bir oz yozg‘iradi?

A) “Lab uyur takallumg‘a, zulfini parishon qil” B) “Ko‘ngul ozurdadir dunyog‘a arzi ehtiyoj etmas” C) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” D) “Nega muncha siyohdur kokul”

9. Gulxaniy qaysi ijodkor faoliyatidan ta’sirlangan holda ijod qilgan?

A) Turdi Farog‘iy B) Lutfiy C) Munis D) Fuzuliy

10. “Zarbulmasal” qanday yo‘sinda yozilgan?

A) hikoya ichida hikoya B) hikoya ichida rivoyat C) masal ichida hikoya D) hikoya ichida matal

11. “Zarbulmasal”dagi badiiy obrazlar necha qismga bo‘lingan?

A) 5 B) 2 C) 3 D) 4

12. “Zarbulmasal”da qaysi turdagi jonzotlar obrazlar sifatida ishtirok etgan?

A) hayvonlar va qushlar B) hayvon va hasharotlar, odamlar C) hasharotlar, hayvonlar, qushlar D) qushlar, hayvonlar va hasharotlar, odamlar

13. Quyida berilgan hikoyalardan qaysilari “Zarbulmasal”da uchraydi?

A) “Toshbaqa bilan chayon”, “Maymun bilan Najjor”, “Bo‘z to‘quvchi” B) “Maymun bilan najjor”, “Tuya bilan bo‘taloq”, “Toshbaqa bilan chayon” C) “Tuya bilan bo‘taloq”, “Shayx San’on”, “Ko‘rlar va fil” D) “Ko‘rlar va fil”, “Tuya bilan bo‘taloq”, “Toshbaqa bilan chayon”

14. “Zarbulmasal”dagi masallar nimalar tilidan hikoya qilinadi?

A) hayvonlar, qushlar B) hasharotlar C) insonlar D) donishmandlar

15. “Zarbulmasal”da “yomon otga yo‘l bitsa, yonida to‘siq boylamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qo‘ndirmas” maqolini qaysi qush tomonidan aytilgan?

A) Boyo‘g‘li B) Kulangir C) Turumtoy D) Yapaloqqush

16. Gulxaniy qaysi tillarda ijod qilgan?

A) arab, o‘zbek B) arab, fors-tojik C) fors-tojik, o‘zbek D) arab, o‘zbek, fors-tojik

17. Muhammad Sharif yana qanday taxallusda ijod qilgan?

A) “xolis” B) “ziyrak” C) “jur’at” D) “foniy”

18. “Farg‘ona mulkida chordevor noyob ekanini arz qilib o‘tib edik,

Agar Movarounnahr tabiatidin xohlasang har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor solayin” “Zarbulmasal”dagi ushbu jumla qaysi qahromonga tigishli?

A) Boyo‘g‘li B) Kordon C) Ko‘rqush D) Turumtoy


Hajviyot

1. “Quda bo‘ldik, judo bo‘ldik” degan so‘zga yo‘qmiz” degan fikr “Zarbulmasal”da qaysi qush tomonidan aytilgan?

A) Yapaloqqush B) Boyo‘g‘li C) Ko‘rqush D) Kordon

Shermuhammad Munis

1. Munis qaysi hukmdor davrida bosh miroblik lavozimini egallagan?

A) Avazbiy inoq B) Muhammad Rahimxon I C) Eltuzarxon D) Olloqulixon

2. Munisning pedagogikaga oid risolasini ko‘rsating.

A) “Firdavs ul-iqbol” B) “Munis ul-ushshoq” C) “Savodi ta’lim” D) “Ravzat us-safo”

3. Munisning tarixiy asarini belgilang?

A) “Ravzat us-safo” B) “Savodi ta’lim” C) “Munis ul-ushshoq” D) “Firdavs ul-iqbol”

4. Munis qaysi asarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

A) “Ravzat us-safo” B) “Kalila va Dimna” C) “Qobusnoma” D) A, C

5. Munis qaysi janrda sermahsul ijod qilgan?

A) ruboiy B) g‘azal C) qasida D) tuyuq

6. Munisning qaysi g‘azalida shoirning shukronasi, ko‘tarinki kayfiyati, farahbaxsh holati ifodalangan?

A) “Istading, ey dil, ko‘zini, joning kerakmasmu sanga” B) “Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor” C) “Kulbam sari jononim kelmasmu ekin ayo” D) “Uzoringda nure ayondur ayon”

7. Munis qaysi hukmdorlarga bag‘ishlab qasida bitgan?

A) Avazbiy inoq, Muhammad Rahimxon I, Olloqulixon B) Avazbiy inoq, I C) Etuzar, Olloqulixon , Avazbiy, Muhammad Rahimxon D) Olloqulixon, Muhammad Rahimxon I, Avazbiy

8. Munis so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) jasur, qo‘rqmas B) odil, dono C) shafqatli, rahmdil D) do‘st, o‘rtoq

9. Xorazmda yashab ijod etgan taniqli shoir, mohir tarixchi, epchil siyosatchi, tarjimonni ko‘rsating.

A) Komil Xorazmiy B) Feruz C) Ogahiy D) Munis

10. Qaysi laylivash parining Majnuni bor men telbadek,

Qaysi Majnunning meningdek bir pari ruxsori bor. Ushbu baytda qanday san’at qo‘llangan?

A) savolu javob B) talmeh C) tanosub D) tajnis

11. Do‘stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz

Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz. Ushbu baytdagi “sahbo” so‘zining ma’nosini aniqlang.

A) qon B) dard, alam C) may, sharob D) qayg‘u, g‘am
Amiriy

1. “Qo‘qon adabiy muhiti” deb ataladigan estetik hodisaning asoschisi, Qo‘qon xoni, iqtidorli shoir va davlat arbob qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Feruz B) Xudoyorxon C) Umarxon D) Subhonqulixon

2. Amiriyning ustozi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Xudoyqul Bahodirxon B) Shahobiddin Xiyoboniy C) Yusuf Hamadoniy D) Muhammad Yoqub

3.Umarxon Andijon viloyatidagi qaysi shaharga asos solgan?

A) Marhamat B) Shahrixon C) Mingtepa D) Marg‘ilon

4. Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan?

A) Amiriy B) Jur’at C) Xoniy D) Xolis

5. Navoiyning 25 g‘azaliga taxmis bog’lagan shoirni aniqlang.

A) Munis B) Amiriy C) Fuzuliy D) Ogahiy

6. Amiriyning qaysi g‘azali mashhur “Chorzarb” kuyiga solinib, qo‘shiq qilib kuylangan?

A) “Nega muncha siyohdur ko‘ngul” B) “Junun daryosi tug‘yon aylamakni mendin o‘rgandi” C) “Lab uyur takallumg‘a zulfini parishon qil” D) “Qoshingga tekkuzmagil qalamni”

7. “Bel-u og‘zi xayolin mug‘tanim bo‘lmaysan ey ko‘ngil,

Na kim yo‘qdir anda shukr ayla, yo‘q-u boringni kuydirma”. Ushbu baytda Amiriy qanday she’riy san’at qo‘llaganini aniqlang.

A) Tashbeh B) Tanosub C) Irsoli masal D) Husni ta’lil

8. “Lab uyur takallumg‘a zulfini parishon qil” deb boshlanuvchi g‘azal muallifini aniqlang?

A) Amiriy B) Ogahiy C) Munis D) Fuzuliy

9. O‘zbek adabiyoti tarixidagi “Qo‘qon adabiy muhiti” asoschisini aniqlang.

A) Umarxon B) Olimxon C) Nodira D) Uvaysiy

10. Umarbekka, ham adabiy maslahat, ham siyosiy bilim bergan ustozi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Muhammad Yoqub B) Mulla Abdukarim C) Mushrif D) Mirzo Qalandar

11. Xon taxallusi bilan ijod qilgan adibni aniqlang.

A) Maxmur B) Amiriy C) Madalixon D) Abdullaxon

12. Qoshingg‘a teguzmagil qalamni,

Bu xat bila buzmagil raqamni. Ushbu bayt muallifini aniqlang.

A) Amiriy B) Dilshod Barno C) Uvaysiy D) Anbar Otin
Jahon Otin Uvaysiy

1. Uvaysiy jahondin o‘tdi, murodig‘a yetmadi,

To‘ymoqqa rasm yo‘qdur qorin suygan oshga. Uvaysiy ushbu baytida qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) Talmeh B) Irsoli masal C) Tanosub D) Husni ta’lil

2. Uvaysiyning o‘g‘li qanday taxallus bilan ijod qilgan?

A) Majnun B) Oshiq C) Do‘st D) Ziyrak

3. Uvaysiyning devoni qachon, qanday nom bilan nashr qilingan?

A) 1983- yilda, “Karbalo” B) 1982- yilda, “Ko‘ngil gulzori” C) 1983- yilda, “Ko‘ngil gulzori” D) 1985- yilda, “Ko‘ngil gulzori”

4. Uvaysiyning qizi Quyoshxon qanday taxallus bilan ijod qilgan?

A) Mag‘ziy B) Otin C) Azmiy D) Xokiy

5. Uvaysiy qalamiga mansub dostonlarni aniqlang?

A) “Voqeoti Muhammad Alixon” B) “Shahzoda Hasan haqida doston” C) “Shahzoda Husayn haqida doston” D) A,B,C

6. Sharq she’riyatida shahidlar qoni to‘kilgan mo‘tabar joy qanday atalgan?

A) Kashmir B) Dashti Karbalo C) Chin-Mochin D) Ko‘hi-Qof

7. O‘zbek she’riyatiga ayolning gulday nozik qalb tebranishlarini olib kirgan shoirani aniqlang?

A) Nodira B) Dilshod Barno C) Uvaysiy D) Anbar Otin

8. Qaysi shoira she’riyatida boshiga salla o‘ragan yigit timsoli aks etgan?

A) Nodira B) Dilshod Barno C) Uvaysiy D) Anbar Otin

9. Chiston so‘zining ma’nosi nima qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) maqol B) qasida C) topishmoq D) matal

10. Qaysi shoiraning otasi “Hofiz bobo” nomi bilan o‘zbekcha va fors-tojikcha g’azallar yozgan?

A) Nozimaxonim B) Uvaysiy C) Mahzuna D) Anbar Otin



Nodira

1. “Uzlat”, “Mahjur” taxalluslari bilan ijod qilga ijodkorni aniqlang.

A) Nodira B) Amiriy C) Ogahiy D) Nodir

2. “Kel, dahrni imtihon etib ket” radifli g‘azal muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Anbar Otin B) Uvaysiy C) Dilshod Barno D) Nodira

3. Nodirabegimning “Ayru”, “Talh”, “Dud” radifli gazallarining g‘oyasini aniqlang.

A) shodlik B) g‘am-alam C) ayriliq D) sog‘inch

4. Nodirabegimning asarlari haqida ilmiy tadqiqot ishlari qachondan boshlab o‘rganila boshlandi?

A) XIX asrda B) XIX sarning ikkinchi yarmidan C) XX asrdan boshlab D) XX asrning ikkinchi yarmidan

5. “Haft gulshan” dostoni kimning qalamiga mansub?

A) Nodira B) Amiriy C) Nodir D) Uvaysiy

6. “Haft gulshan” dostoni kimga bag‘ishlangan?

A) Nodiraga B) Amiriyga C) Madalixonga D) Sulton Mahmudga

7. Kim Nodiraga jahon mamlakatlarining Bilqisi deb ta’rif beradi?

A) Amiriy B) Dilshod Barno C) Nodir D) Uvaysiy

8. Yig‘ilibon har tarafdin necha xotun,

Barisi lazi donish ichra otin.

Bari Zebunisodek erdi shoir,

Bari Maryam kabi zuhd ichra mohir. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

A) Nodira B) Uvaysiy C) Dilshodi Barno D) Nodir

9. Nodira she’riyatining bosh mavzusini nimalar tashkil qiladi?

A) ishq-muhabbat B) vatan C) xalqparvarlik D) tabiat

10. Nodira ijodida uchraydigan “talx” so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) olloh B) quyosh C) shirin D) achchiq

11. Nodira g‘azallaridagi odamiylikning asosiy o‘lchovi nima hisoblanadi?

A) ilm B) vatanparvarlik C) insonparvarlik D) muhabbat

12. Huri bu sifat kelur oz,

Hurshid kabi jahonda mumtoz.

Olam aro baski, hukmrondur

Bilqisi mamoliki jahondur. Ushbu bayt Nodira qaysi zamondoshi qalamiga mansub.

A) Amiriy B) Nodir C) Anbar otin D) Uvaysiy

13. Xatin ishtiyoqin savod ayladim,

Ko‘zimning qarosin midod ayladim. Ushbu baytda qaysi she’riy san’at qo‘llangan?

A) tardi-aks B) tanosub C) tarki band D) tarji’ band

8-DARS. XONLIKLAR DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI (davomi). JAHON ADABIYOTIDAN. (358-396-betlar)

Reja:


1. Muhammad Rizo Ogahiy.

2. Tardi aks, raddi matla’.

3. Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy.

4. Mirzo G‘olib.


Muhammad Rizo Ogahiy

1. Ogahiy qaysi g‘azalida el-yurt tinchligi, farovonligi hukmdor qo‘lida ekanligini ta’kidlaydi?

A) “Ustina” B) “Kishikim faqir kuyida talabgoriq qanoatdur” C) “Mulki-millatga amin o‘lsa agar ogohlar” D) “Davrondan agar, ey dil, yetsa sanga bir rohat”

2. Ogahiyning “Ta’viz ul- oshiqin” devonidan qancha g‘azal o‘rin olgan?

A) 434 ta B) 450 ga yaqin C) 456 ta D) 475 ta

3. “Zafarnoma”, “Tabaqoti Akbarshohiy” kabi asarlarni tarjima qilgan ijodkorni aniqlang.

A) Munis B) Ogahiy C) Amiriy D) Feruz

4. Ogahiy Munisning qaysi asarini davom ettirgan?

A) “Zubdat ut-tavorix” B) “Shohidi iqbol” C) “Gulshani davlat” D) “Firdavs ul-iqbol”

5. Hojatingni ista ul sohibkaram dargohidin Kim oning muhtojidurlar ham g‘ani-yu ham faqir. Ogahiyning ushbu baytidagi g‘ani-yu so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) do‘st B) dushman C) boy D) pokdil

6. O‘zbek adabiyoti tarixida ijodining ko‘lamdorliga jihatidan Navoiydan keyin turuvchi adibni aniqlang.

A) Bobur B) Lutfiy C) Ogahiy D) Munis

7. Ogahiyning tarjima asarlarining soni qanchani tashkil etadi?

A) 20 B) 15 C) 17 D) 19

8. Rojix taxallusi bilan ijod qilgan adibni aniqlang.

A) Muhammad Qilichbek B) Ogahiy C) Muhammad Yoqubbek D) Munis

9. Ogahiyning qarindoshi bo‘lgan Muhammad Yoqubbek qanday taxallus bilan ijod qilgan?

A) Rojix B) Ogoh C) Nozim D) Nasim

10. Ogahiyning “Gulshani davlat” asari qanday asar hisoblanadi?

A) ishqiy B) memuar C) tarixiy D) didaktik

11. “Ta’viz ul-oshiqin” devoni “debocha”sida, Ogahiy kimning olim va fozillarga g‘amxo‘rligini alohida takidlab o‘tadi?

A) Muhammad Rahimxon B) Olloqulixon C) Xudoyorxon D) Amiriy

12. Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,

Qatlim uchun “nas” kelturur “nun” eltibon “sod” ustina. Ushbu baytdagi nas so‘zi qanday ma’no ifodalagan?

A) nafs B) qast qilish C) hukm D) nasihat

13. Hoki taning barbod o’lur axir jahonda necha yil,

Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) tazod B) mubolag‘a C) husni talil D) talmeh

14. Hojatingni ista ul sohib karam dargohidan,

Kim oning muhtojidirlar ham g‘ani-yu ham faqir. Ushbu baytda qo‘llangan g‘ani so‘zi qanday ma’no ifodalaydi?

A) osmon, falak B) quyosh C) boy-badavlat odam D) savodsiz

15. Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asarini Ogahiydan oldin kim tarjima qilgan?

A) Munis B) Komil Xorazmiy C) Sayfi Saroyi D) Atoyi

16. XV asrga oid bo‘lgan “Badoye’ ul-vaqoye” asari kimning qalamiga mansub?

A) Navoiy B) Zayniddin Vosifiy C) Jomiy D) Ogahiy



Nazariy ma’lumot. Tardi aks, raddi matla’

1. Tardi aks so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?

A) mashhurlar nomini qo‘llash B) mubolag‘a qilish C) maqol keltirish D) takror, teskari

2. Yuz uza ikki nargising, vah, ne balo qaro dedi,

Ko‘ngluni joning olg‘uvchi ikki qaro balo dedim. Baytdagi qaysi so‘z tardi aksga misol bo‘la oladi?

A) dedim B) joning, nargising C) balo, qaro D) balo, dedim

3. Bizki, bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz,

Boshimiz uzra ohimiz shu’lasidir kulohimiz. Ogahiyning ushbu baytida qaysi she’riy san’at qo‘llangan.

A) tardi aks B) iyhom C) talmeh D) raddi matla

4. G‘azalning birinchi bayt birinchi misrasining she’r oxiri – maqta’da takrorlanib kelishi qaysi san’atni tashkil qiladi?

A) tardi aks B) tarjiband C) raddi matla D) talmeh

5. G‘azalning birinchi bayt birinchi misrasining she‘r oxiri — maqta‘da takrorlanib kelishiga asoslangan she‘riy san‘at nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) tardi aks B) raddi matla’ C) takrir D) A va B

6. Yuz uza ikki nargising vah, ne balo qaro, dedim,

Ko‘nglini joning olg‘uchi ikki qaro balo, dedi, Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?

A) raddi matla’B) takrir C) tardi-aks D) tanosub


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling