Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs


-SINF 1-DARS. RUHIY KAMOLOT VOSITASI


Download 1.6 Mb.
bet5/16
Sana04.12.2020
Hajmi1.6 Mb.
#159113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5-11 синф тест адабиет [uzsmart.uz]


9-SINF

1-DARS. RUHIY KAMOLOT VOSITASI. XALQ OG‘ZAKI IJODI. O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI. (3-58-betlar)

Reja:

1. Ruhiy kamolot vositasi.



2. Xalq og‘zaki ijodi.

3. “Alpomish” dostoni.

4. Nazariy ma’lumot. Xalq dostonlari va ularning turlari.

5. O‘zbek adabiyoti tarixi. Nosiruddin Rabg‘uziy.

6. “Qissasi Rabg‘uziy”.
Ruhiy kamolot vositasi

1. Badiiy adabiyotning asosiy ish qurolini aniqlang.

A) manzara B) fikr C) so‘z D) tuyg‘u

2. Olamni obrazli ko‘rish, timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lgan bitiklar adabiyotning qaysi turiga dahldor sanaladi?

A) badiiy adabiyotga B) ilmiy adabiyotga C) milliy adabiyotga D) A, B

3. “Qurruyo- qur hayt –a to‘ramning oti” tarzidagi nola kimga tegishli?

A) Oybarchinga B) Oppog‘oyga C) Qaldirg‘ochga D) Qultoyga

4. Azal ham sen abad ham sen, na avval birla oxir kim,

Unda yo‘q ibtido paydo, bunda yo‘q intiho paydo. Ushbu misralar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Rabg‘uziy B) Navoiy C) Lutfiy D) Atoiy

5. Badiiy asarlar qanday maqsadda yaratilishiga va nimani ifodalashiga ko‘ra qaysi turlarga bo‘linadi?

A) dilogiya, tirilogiya, epopiya B) komediya, tragidiya, drama C) A, B D) lirik, epik, dramatik

6. Harakatdagi 9-sinf adabiyot darsligi qaysi nashriyotda chop etilgan?

A) “Yangiyo‘l Poligraph service” T. 2006 B) “Oqituvchi” T. 2006 C) “Zarqalam” T. 2007 D) “Yangiyo‘l Poligraph service” T. 2005

7. Adabiy turlarning bo‘linishi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) lirik, epik, komedik B) dramatik, epik, satirik C) she’riy, nasriy, sahnaga mo‘ljallangan D) fojiaviy, dramatik, lirik

8. Badiiy asarlarning lirik, dramatik, epik kabi turlarga bo‘linishi badiiy asarlarning qaysi xususiyatini ifodalaydi?

A) ularning qanday maqsadda yaratilishiga ko‘ra turlarini B) nimani ifoda etishga ko‘ra turlarni C) tuyg‘uni yuzaga kelishga sabab bo‘lgan voqeani yoki obrazlarni ifodalaydi D) A, B, C

9. Adabiyot keng ma’noda necha turga bo‘linadi va ular qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) uchga: badiiy, hayotiy, ilmiy bo‘lmagan B) ikkiga: ilmiy, g‘ayri badiiy C) ikkiga: ilmiy va badiiy D) to‘rtga: badiiy, hayotiy, falsafiy, didaktik

10. Mustaqillik adabiyoti vakillarini aniqlang.

A) O.Yoqubov, Faxriyor, B.Ro‘zimuhammad B) O.Yoqubov, Fitrat, P.Qodirov C) B.Ro‘zimuhammad Faxriyor, Cho‘pon D) O.Yoqubov, Navoiy, Rauf Parfi

11. Kishilar tomonidan o‘qilib, hissiyotni boyitish, ruhiyatga singdirish ko‘zda tutilib yaratilgan bitiklar adabiyotning qaysi turiga mansub?

A) ilmiy adabiyot B) zamonaviy adabiyot C) badiiy adabiyot D) didaktik adabiyot

12. Oddiy axborot berib inson sezimlariga ta’sir ko‘rsatib so‘zning obrazliligini ta’minlash adabiyotning qaysi turiga xos xususiyat sanaladi?

A) ilmiy adabiyot B) g‘ayri ilmiy adabiyot C) badiiy adabiyot D) milliy adabiyot

13. Qadimgi rivoyatlarga ko‘ra birinchi she’r muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) baxshi B) Aristotel C) Odam ato D) xalq

14. Har bir millatning qiyofasini belgilashda qaysi xususiyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi?

A) ruhiyat B) adabiyot C) xalq og‘zaki ijodi D) dunyoqarashi

15. Adabiyot millatga xos qaysi xususiyatni o‘zida aks ettiradi?

A) tuyg‘ular ko‘lamini B) ruhiyatini C) taraqqiyotini D) kelajagini

16. Millat nimaga tayangan holda o‘z ruhiyatini tiklab oladi?

A) ajdodlariga B) adiblariga C) baxshilariga D) B, C

17. Turkiy xalqning ruhiyati nimalarda aks etadi?

A) ajdodlari tomonidan yaratilgan asarlarda B) qadimiy yodgorliklarda C) dostonlarda D) hajviy asarlarda

18. O‘zligidan voz kechmaydigan millat qanday xususiyatga ega bo‘lishi shart?

A) urf- odatiga B) milliy ruhiyatiga C) san’atiga D) milliyligiga

19. Badiiy adabiyotga xos xususiyat qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) ilmiylik B) badiiy tasvirlarga boylik C) olamni obrazli ko‘rish D) A, B

20. Xalq og‘zaki ijodiga xos xususiyatlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) badiiylik B) ilmiylik C) og‘zakilik D) A, B

21. O‘zi ko‘zga ham ko‘rinmaydigan so‘z yordamida nafaqat atrofdagi narsalar, balki yana qanday xususiyat ham ifodalanashi mumkin?

A) boshdagi o‘ylarni B) ko‘ngil sirlarini C) fikr va tuyg‘ularni D) barchasi

22. Nega badiiy adabiyotning qachon paydo bo‘lganligi sababini aniq aytish qiyin?

A) badiiy adabiyot asosini yozma mahsulot qamrab olgani uchun B) adabiyotning xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liqligi C) xalqning milliy xususiyati bo‘rtib turgani uchun D) tarixan aniqlash qiyin bo‘lgani uchun

23. Sinkretik xususiyatiga qaysi qatorda to‘g‘ri izoh berilgan?

A) imkoniyati keng B) aralash, janrlarga boylik C) san’atning bir turi D) xusuyatiga til ojiz

24. Qanday millat unutilishga mahkum sanaladi?

A) tarixiga ega bo‘lmagan millat B) adabiyotiga ega bo‘lmagan millat C) o‘z ruhiyatiga ega bo‘lmagan millat D) o‘zligiga ega bo‘lmagan millat

25. Adabiyotning imkoniyatlari kengligini atab keluvchi ilmiy muqobilini aniqlang.

A) pafos B) remarka C) sinkritik D) barchasi


Xalq og‘zaki ijodi

1. Ulkan istedodi tufayli o‘zbek xalq dostonchiligini yangi bosqichga olib chiqqan baxshi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Ergash Jumanbulbul o‘g‘li B) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li C) Saidkarim baxshi D) Abdulhamid baxshi

2. “Alpomish” dostonining ming yilligi qachon nishonlandi?

A) 1999- yil B) 2000- yil C) 2001- yil D) 1998- yil

3. Hakimbekning yonida turib, o‘zining insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan qahramon qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Qaldirg‘och B) Qorajon C) Boysari D) Shohimardon pir

4. “Alpomish” dostonida millatimizga xos baland sifatlar kimlar timsolida aks etadi?

A) Oybarchin B) Qaldirg‘och C) Qorajon D) barchasi
“Alpomish” dostoni

1. “Alpomish”dostoni qahramonlari bo‘lgan Boybo‘ri va Boysari kimning farzandlari edi?

A) Doniyolbiy B) Toychixon C) Alpinbiy D) Qultoy

2. “Alpomish” dostonida elatiyalar deb kim nazarda tutilgan?

A) mahalliy dehqonlar B) mahalliy boylar C) savdogarlar D) ko‘chmanchi chorvadorlar

3. “Alpomish” dostonida ziyofatga borishgan Boybo‘ri va Boysarining izzatini qanday sababga ko‘ra joyiga qo‘yib, ezozlashmaydi?

A) boy bo‘lgani uchun B) farzandsizligi uchun C) ulardan zo‘rlar bor edi D) A, B

4. Boybo‘ri va Boysari farzand tilab kimga murojat qilishadi?

A) Dobonbiyga B) Asqartog‘ga C) Shohimardon pirga D) Alpinbiyga

5. “Alpomish” dostonida chaqaloqlarga ya’ni (Alpomish, Qaldirg‘och va Barchinoyga) kim ism qo‘ygan edi?

A) Shohimardon pir B) Toychixon C) Alpinbiy D) Doniyolbiy

6. “Alpomish” dostonida uchraydigan to‘y marosim odatlarini aniqlang.

A) qiz ko‘rdi, soch siypar B) qo'l ushlatar, it irillar C) to‘qqiz taboq, qo'l ushlatar D) barchasi

7. “Alpomish” dostonida kuyov navkarlariga chimildiq oldida bir necha xotinlar tomonidan berilgan buyumlarni aniqlang.

A) to‘ppi B) ro‘mol C) sarpoy D) A, B, C

8. “Qur hayt ” degan Barchinoyning tovushi qaysi tulporni qulog‘iga yetib boradi?

A) Boychibor B) Gulgun C) G‘irko‘k D) Ko‘kdo‘nan
Nazariy ma’lumot. Xalq dostonlari va ularning turlari

1. Xalq og‘zaki ijodida uchraydigan janrlarni aniqlang.

A) ertak, qo‘shiq, topishmoq B) maqol, hikoya, qissa C) topishmoq, ocherk, cho‘pchak

D) A, B


2. “Alpomish” dostoning qancha nusxasi mavjud?

A) 30 dan ortiq B) 50 dan ortiq C) 40 dan ortiq D) 75 dan ortiq

3. Xalq dostonlarining yozma adabiyotga hos bo’lgan dostonlardan farq qiladigan jihatlarini ko‘rsating?

A) xalq ijodkorligi asosida yaratilganligi B) muallifga ega bo‘lmasligi C) badiiy tasvirga boylik D) barchasi

4. Xalq dostonlarining turlarini aniqlang.

A) qahramonlik, jangnoma B) kitobiy, tarixiy C) romantik D) A, B, C

5. Xalq dostonlaridagi nasriy tasvirlar juda o‘ziga xos bo‘lib ko‘pincha qanday yo‘lda qofiyalanadi?

A) saj B) barmoq vaznida C) ohangdorlik asosida D) nasriy shaklda


O‘zbek adabiyoti tarixi

Nosiruddin Rabg‘uziy

1. XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida yashab ijod etgan shoirni ko‘rsating.

A) Xorazmiy B) Rabg‘uziy C) Yugnakiy D) Yassaviy

2. “Qissas-ul anbiyo” asarining muallifini aniqlang.

A) Rabg‘uziy B) Yugnakiy C) Yassaviy D) Fuzuliy

3. …bu kitobni tuzgan toat yo‘lida tuzgan ma’siyat yabonin kezgan oz- oziqlik ko‘p yozuqlik.

Ushbu jumla qaysi asardan keltirilgan?

A) “Qutadg‘u bilik” B) “Qissasi Rabg‘uziy” C) “Guliston bit turkiy” D) barchasi

4. Qissalar syujeti bosh qahqamonlari turlicha bo‘lsada, ularni bir siymo birlashtirib turadi?

A) Iso payg‘anbar B) Muso payg‘anbar C) Muhammad payg‘anbar D) Sulaymon

5. Asrlar davomida insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan, buyuk olloh irodasining ifodasi bo‘lgan din islom shariatida qanday xususiyatga ega.

A) mukammal shaklga B) mohiyatga C) urf odatga D) A, B

6. “Qissasi Rabg‘uziy”da hikoyalar har gal shunchaki bayon qilinmaydi balki…

A) tasvirlar vositasida mohiyat ochib beriladi B) ular zamiridagi haqiqat sharhlab beriladi C) obrazlar tilidan hikoya qilinadi D) A, B

7. “Qissasi Rabg‘uziy”da gunoh ma’nosini anglatuvchi so‘z qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) telim B) ma’siyat C) azim D) o‘tru

8. “Qissasi Rabg‘uziy”da “Mavlono azza va jalla” deb kimni atashadi?

A) Sulaymonni B) Luqmonni C) ollohni D) zabonni

9. Tegra so‘zining lug‘aviy manosini aniqlang.

A) qo‘ydi B) atrof C) oyoq D) cho‘l

10. Bugun diningizni sizlarga mukammal qilib berdim . Ushbu jumla qaysi payg’ambar tilidan aytilgan?

A) Sulaymon B) Rasul alayhissalom C) Muso payg‘ambar D) Iso payg‘ambar


“Qissasi Rabg‘uziy”

1. “Qissasi Rabg‘uziy” da so‘ngi qissasi kim haqida?

A) Iso masih B) Muhammad alayhissallam C) Dovud payg‘ambar D) Yusuf payg‘ambar

2. Odam ato va Momohavo qanday mojaro sabab jannatdan quviladi?

A) Olma daraxti mojarosi B) non mojarosi C) bug‘doy mojorasi D) A, B

3. Adabiyot ilmida saj qanday ataladi?

A) nasrdagi ichki qofiya B) nazimdagi ichki qofiya C) she’riy san’at D) badiiy tuzilish

4. Qobil nega Hobilni o‘ldiradi?

A) boylik uchun B) C, D C) go‘zal qiz sababli D) dunyoga hokim bo‘lish maqsadida

5. Azroil rasulullohning jonini olish uchun kimdan ruhsat so‘radi?

A) ollohdan B) oyshadan C) payg‘ambarimizdan D) A, B

6. Kun hamalg‘a kirdi ersa, keldi olam navro‘z. Ushbu misra muallifini aniqlang.

A) Ogahiy B) Rabg‘uziy C) Munis D) Navoiy

2-DARS. O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (davomi). (59-106-betlar)

Reja:

1. Alisher Navoiy.



2. “Xamsa” “Hayrat ul- abror”.

3. “Farhod va Shirin”.

4. Nazariy ma’lumot. Komil inson.

5. “Layli va Majnun”.

6. “Sab’ai sayyor”.

7. “Saddi Iskandariy”.


Alisher Navoiy

1. Xamsachilikni boshlab bergan ulug‘ xamsanavisni aniqlang.

A) Jomiy B) Ganjaviy C) Sheroziy D) Dehlaviy

2. Nizomiyning “Maxzan ul-asror” hamdnomasi kimga bag‘ishlangan?

A) Faxriddin Bahromshohga B) Firdavsiyga C) Rumiy D) Jomiyga

3. Ganjaviy Iroq hukmdori To’rg‘ul II ning topshirig‘iga ko‘ra qaysi asarini yaratdi?

A) “Maxzan ul-asror” B) “Xusrav va Shirin”C) “Haft paykar” D) “Panj ganj”

4. Shirvonshoxlardan Axsatan I Nizomiyga qanday doston yozishni buyuradi?

A) “Layli va Majnun” B) “Xusrav va Shirin” C) “Maxzan ul-asror” D) Ava B

5. Shoh Bahrom haqidagi “Haft paykar” dostoni kimning buyrug‘iga binoan yaratilgan?

A) Faxrididdin Attor buyrug‘iga binoan B) Axsatan I buyrug‘iga binoan C) Turg`ul II buyrug‘iga binoan D) Alauddin Ko‘rpa Arslon buyrug‘iga binoan

6. Buyuk xansanavis Xusrav Dehlaviyning asl vatani qayer edi?

A) Dehli B) Qobul C) Shaxrisabiz D) Samarqand

7. Dehlaviy “Xamsa”sining to‘rtinchi dostoni qanday atalgan?

A) “Harf paykar” B) “Hasht behisht” C) “Matla-ul anvor” D) “Maxzan ul-asror”

8. Navoiy “Xamsa”sining boshqalarning “Xamsa”sidan farqi nimada?

A) besh dostondan iborat ekani B) ishqiy qahramonlik lavhalari ko‘pligida C) turkiy tilda bitilganligi D) “Xamsa”ga yangi doston qo‘shganligi

9. Navoiy “Xamsa”sining hajmi qancha misrani tashkil qiladi?

A) 48 ming misrani B) 60 ming misrani C) 67 ming misrani D) 51 ming misrani

10. Navoiy “Xamsa” sining qaysi dostoni qahramonlik haqida hisoblanadi?

A) “Sab’ai sayyor” B) “Saddi Iskandariy” C) “Farhod va Shirin” D) “Hasht behisht”

11.Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni qanday doston hisoblanadi?

A) falsafiy B) didaktik C) ishqiy- sarguzasht D) ijtimoiy- siyosiy

12. Har bir asar “Xamsa” deb atalmog‘i uchun quyidagi qaysi shartlarga amal qilmog‘i shart?

1) besh dostondan tashkil topmog‘i; 2) masnaviy yo‘lida yozilmog‘i; 3) birinchi doston pand- nasihat yo‘lida bo‘lmog‘i; 4) o‘zidan oldingi xamsanavislarni takrorlamog‘i; 5) ikkinchi doston Xusrav va Shirin munosabatiga bag‘ishlanmog‘i; 6) uchinchi doston Layli va Majnun ishqini yoritmog‘i; 7) to‘rtinchi doston shoh Bahrom va beshichi doston Iskandar haqida yozilmog‘i shart

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5

13. Alisher Navoiy Xamsasining “Hayrat ul-abror” dostonida inson bilan hayvon orasidagi farqni odamning so‘zlash qobiliyatigina deb bilish xatodir. U inson insonligining asosiy belgisi deb nimani nazarda tutadi?

A) ong B) iymon C) odob D) mehr

14. “Hayrat ul-abror” dostonining birinchi maqolati nima haqida?

A) inson haqida B) sabr haqida C) iymon haqida D) aql haqida

15. Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida “To‘rt sadaf gavharining durji ul, Yetti falak ahtarining burji ul” – deb nimaga ta’rif beradi?

A) insonga B) yorga C) so‘zga D) inson qalbiga

16. “Hayrat ul-abror” dostonidagi nechanchi maqalotda karam va sahovat masalalari yoritilgan?

A) ikkinchi maqolatida B) uchinchi maqolatida C) to‘rtinchi maqolat D) beshinchi maqolat

17. “Farhod va Shirin” dostonidagi

Ermas oson bu maydon ichra turmoq

Nizomiy panjasiga panja urmoq” bandidagi “ Nizomiy panjasiga panja urmoq” misrasining izohi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) bahslashish B) qo‘lga qo‘l bermoq C) ko‘gil bermoq D) janjallashmoq

18. A.Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni aruzning qaysi bahrida yozilgan?

A) rajaz B) sari C) hazaj D) mutaqorib

19. Qaysi qatorda maqolat so‘ziga to‘g‘ri izoh berilgan?

A) bob, qism B) so‘z, nutq C) maqol, hikmatli so‘z D) A va B

20. A.Navoiyning “Xamsa”sidagi qaysi dostonning hajmi 3988 baytni o‘z ichiga oladi?

A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat ul-abror” D) A va B

21. Ayni nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay,

Ulusg‘a mayl beandoza bo‘lg‘ay. Ushbu misralar Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostoni muqaddimasida keltirilgan?

A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat ul-abror” D) “Sab’ai sayyor”

22. Nizomiy Ganjaviyning Shoh Bahrom haqidagi “Haft paykar” dostoni kimning topshirig‘i bilan yaratilgan?

A) Axsatan I B) Faxriddin Bahromshoh C) Alovuddin Ko‘rpa Arslon D) To‘g‘rul II

23. Navoiyning xamsachilikka kiritgan eng katta yangiligi nimada?

A) turkiy tilda “Xamsa” yaratgani B) ikkinchi dostoniga Farhodni bosh obraz qilib olgani C) so‘nggi dostoni “Saddi Iskandariy” deb atalgani D) barcha javoblar to‘g‘ri

24. “Xamsa” ning qaysi dostonida Qof tog‘ida yashovchi yajuj-majujlar obrazi keltirilgan?

A) “Saddi Iskandariy” B) “Farhod va Shirin” C) “Hayrat ul-abror” D) “Sab’ai sayyor”

25. “Xamsa”dagi qaysi obraz o‘zbek adabiyotida yaratilgan mukammal komil inson obrazi hisoblanadi?

A) Bahrom B) Farhod C) Majnun D) Iskandar

26. Nizomiydan yuz yil keyin yashagan Xusrav Dehlaviy asli qayerlik bo‘lgan?

A) Samarqandlik, turkiy urug‘dan B) Shahrisabzlik, turkiy urug‘dan C) Qarshilik, asli mo‘g‘ullar avlodidan D) Hindistonlik, asli turkiylar avlodidan

27. Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni necha bayt va necha bobdan tashkil topgan?

A) 89 bob, 5782 bayt B) 87 bob, 7215 bayt C) 85 bob, 5782 bayt D) 89 bob, 7215 bayt

28. Ikkinchi xamsanavisni aniqlang.

A) Movaraunnahrlik Nizomiy Ganjaviy B) Ozarbayjonlik Nizomiy Ganjaviy C) Turkiyalik Nizomiy Ganjaviy D) Xurosonlik Nizomiy Ganjaviy

29. Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining beshinchi dostoni qanday nomlangan?

A) “Iskandarnoma” B) “Oyinayi Iskandar” C) “Saddi Iskandariy” D) to‘g‘ri javob berilmagan

30. Nizomiy Ganjaviy “Maxzan ul-asror” nomli asarini kimga bag‘ishlab yozgan?

A) Iroq hokimi To‘g‘rul II ga B) Shirvonshohlardan Axsatan I ga C) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga D) Alouddin Ko‘rpa Arslonga

31. Qaysi ulug‘ shoir o‘z “Xamsa”sini 28 yil davomida yozib tugatgan?

A) Nizomiy Ganjaviy B) Alisher Navoiy C) Abdurahmon Jomiy D) Xusrav Dehlaviy

32. Gar nuktalari jahonni tutdi,

G‘avg‘olar ins-u jonni tutdi.

Chun forsiy erdi nuqta shavqi,

Ozroq edi andi turk zavqi. Quyidagi misralar “Xamsa”ning qaysi dostoni xotimasidan keltirilgan?

A)“Hayrat-ul abror” B) “Layli va Majnun” C) “Farhod va shirin” D) “Sab’ai sayyor”


“Xamsa” “Hayrat ul- abror” dostoni

1. “Hayrat ul- abror” aruzning qaysi bahrida yozilgan?

A) ramal B) rajaz C) sari D) hazaj

2. Kimki jahon ahlida inson erur

Bilki nishoni anga iymon erur. Ushbu misralar “Hayrat-ul abror”ning nechanchi maqolatidan olingan?

A) 2 B) 3 C) 1 D) 4

3. “Hayrat-ul abror”ning “Salotin bobida” nomli maqolati kimlarga bag‘ishlangan?

A) hukmdorlarga B) shoirlarga C) saroy ahillariga D) avliyolarga

4. Til bu chamanning varaqi lolasi,

So‘z duroridin bo‘lu bon jolasi. Yuqoridagi misralar “Hayrat-ul abror”ning qaysi maqolatidan olingan?

A) Karam va sahovat B) Iymon C) Salotin bobida D) So‘z ta’rifida

5. “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolati rostgo‘ylik haqida?

A) 14-maqolat B) 5-maqolat C) 10-maqolat D) 8-maqolat

6. Navoiy “Hayrat-ul abror”ning qaysi bobida so‘z haqida fikr yuritadi?

A) Salotin bobida B) So‘z tarifida bobida C) Inson bobida D) Insof bobida

7. Valad so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) yulduz B) ota C) bola D) olloh

8. “Hayrat-ul abror” dotonida qul va asir ma’nolarini anglatuvchi so‘zni aniqlang.

A) Durj B) Zoda C) Muqayyad D) Valad

9. Zimn so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) ora, o‘rta B) shod qiluvchi C) sevimli D) diltortar

10. Navoiyning adolat haqidagi qarashlarini o‘rganishda “Hayrat-ul abror” ning qaysi maqolati ahmiyatli hisoblanadi?

A) So‘z tarifi bobida B) Salotin bobida C) Iymon bobida D) Inson bobida

11. Xud yuzi garchi musayqal durur

Girdi uzor anda mutavval durur. Ushbu jumlalar “Hayrat-ul abror”ning nechanchi maqolatidan olingan?

A) 1 B) 10 C) 3 D) 7


“Farhod va Shirin” dostoni

1. “Farhod va Shirin” dostonida mamlakat xazinasidan chiqqan ko‘zguning orqasida tilsim yozuv bo‘lib, bu tilsimni ochmoqchi bo‘lgan odam xatarli safarga otlanib Yunonistonga borishi kerak. Ungacha uch xatarni yengishi kerak edi. Shunga ko‘ra birinchi xatarni aniqlang.

A) Ahraman devni B) Ajdahoni C) Ahraman dev va Ajdahoni D) to‘g‘ri javob berilmagan

2. “Xamsa” dostoni qahramonlaridan qaysi biri tug‘ma ishq ta’sirida g‘amgin, alam va dardlar bilan ko‘milgan inson sifatida tasvirlanadi?

A) Majnun B) Bahrom C) Qays D) Ko‘hkan

3. “Farhod va Shirin” dostoni aruzning qaysi bahrida yozilgan?

A) hazaji musaddasi mahzuf B) hazaji musammani solim C) ramali musaddasi mahzuf D) ramali musammani solim

4. Navoiy “Farhod va Shirin” dostoni haqida qanday ta’rif keltiradi?

A) “sehrli doston” B) “ishqiy doston” C) “shavq dostoni” D) “sevgi haqidagi eng go‘zal doston”

5. “Farhod va Shirin” dostonida Navoiyning qanday orzusi ifodalanagan?

A) komil inson haqidagi orzusi B) adolatli podsho haqidagi orzusi C) dunyoviy muhabbat haqidagi orzusi D) hech qanday orzu ifodalanmagan

6. Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostoni Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi?

A) “Layli va Majnun” B) “Farhod va Shirin” C) “Sab’ai sayyor” D) “Saddi Iskandariy”

7. Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni,

Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni.

O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak shiori,

Qolib yodida safh-safha bori. Yuqoridagi misralar Navoiyning qaysi qahramoni haqida?

A) Xusrav B) Shirin C) Farhod D) Mehnbonu

8. Demonkim ko‘ngli pok-u, ham ko‘zi pok,

Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok. . Ushbu misralar “Xamsa” ning qaysi qahramoni haqida?

A) Farhod B) Shirin C) Xusrav D) Mehnbonu

9. Chin hoqoni Farhodning ko‘nglini olish uchun qanday yo‘l tutadi?

A) o‘z taxtini inom etadi B) zotdor ot sovg‘a qiladi C) chiroyli bog‘ barpo ettiradi. D) to‘rtta qasr qurdiradi.

10. Navoiy “Xamsa”ning qahramoni bo‘lgan Farhodning ato begi, ya’ni tarbiyachisi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Moniy B) Boniy C) Mulkoro D) Qoran

11. Farhod qasr qurilishi jarayonida Qorandan qaysi kasbni o‘rganadi?

A) me’morchilikni B) tosh yo‘nishni C) naqqoshlikni D) quruvchilikni

12. Farhod ko‘rgan sirli sandiq ichidagi sirli ko‘zguni kim yasattirgan edi?

A) Iskandari Rumiy B) Arastu C) Farhodning otasi D) oyna qadimdan mavjud bo‘lgan

13. Farhod sirli ko‘zgudagi to‘siqlarni yengib nimalarni qo‘lga kiritadi?

A) Suqrot duosi, Jamshid jomi, Iskandar boyligi B) Jamshid jomi, Sulaymon uzugi, Iskandar boyligi C) Iskandar boyligi, Sulaymon uzugi, Suqrot duosi D) Shirinning sevgisi, Suqrot duosi, Jamshid jomi

14. “Farhod va Shirin” dostonida Farhod, Shirin haqida qanday xabar topadi?

A) Sulaymon uzugidan ko‘radi B) Jomi Jamshiddan ko‘radi C) Iskandari Rumiy to‘rt yuz olimga yasattirgan sirli ko‘zgudan uning yuzini ko‘radi D) Moniy chizgan rasmdan

15. Farhod Shirinning Arman diyoridan ekanligini kimdan bilib oladi?

A) Mulkorodan B) Suqrotdan C) Mehinbonudan D) Shopurdan

16. Dedi: “Qaydinsen, ey majnuni gumrah?!”

Dedi: “Majnun vatandin qayda ogah?” Baytdagi ikkinchi qator kimning tilidan aytilgan?

A) Xusrav B) Farhod C) Majnun D) Mulkoro

17. Navoiy kimni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonining bosh qahramoni darajasiga ham loyiq ko‘rmaydi?

A) Farhodni B) Qoranni C) Xusravni D) Suxaylni

18. “Farhod va Shirin” dostonida Farhod xatarli safarda uch xatarli manzilda to‘siqlarni mardona yengib o‘tgach nimani qo‘lga kiritadi?

A) Jamshid jomini B) Sulaymon uzugini C) Iskandar boyligini D) barcha javoblar to‘g‘ri

19. Kerak sher ollida ham sheri jangi,

Agar sher o‘lmasa, bore palangi. Ushbu jumlalar qaysi asardan olingan?

A) “Layli va Majnun” B) “Saddi Iskandariy” C) “Sab’ai sayyor” D) “Farhod va Shirin”

20. “Xamsa” dostonidan olingan dog‘i so‘zi qanday ma’no anglatadi?

A) so‘z B) shuningdek, yana C) bolalar D) ma’no

21. “Farhod va Shirin” dostonida xoqon Farhodning ko‘nglini olish uchun yilning to‘rt fasliga moslab to‘rt oliy qasr qurishni buyuradi va bu ishga Farhodning ustozini ma’mur etib tayinlaydi. Qaysi javobda uning ismi keltirilgan?

A) Suhaylo B) Mulkoro C) Moniy D) Suqrot

22. Farhod tosh yo‘nish san’atini kimlardan o‘rganadi?

A) Boniydan B) Moniydan C) barcha javoblar to‘g‘ri D) Qorandan
Nazariy ma’lumot. Komil inson

1. “Qissasi Rabg‘uziy” da bir nafsning ishini qancha shayton eplolmasligi ta’kidlanadi?

A) qirq shayton B) yuz shayton C) yetmish shayton D) barchasi

2. Tasavvufda nafsni yengish quroli bu…

A) ishq B) ilm C) sir D) kitob

3. “Farhod va Shirin” dostonidagi Axraman dev, Temir odamlar qanday obrazlar hisoblanadi?

A) xayoliy B) afsonaviy C) fantastik D) ramziy

4. Tasavvufda qalb-ko‘ngil qanday vosita yordamida poklanadi?

A) ishq B) ilm C) kitob D) to‘g‘rilik

5. O‘zbek mumtoz adabiyotida komil inson haqidagi tasavvurlar qaysi adib ijodida aks etgan?

A) Jomiy B) Navoiy C) Nizomiy D) Xayyom

6. Tasavvufda inson poklanish yo‘lida o‘zining qaysi hislatini yengishi zazur?

A) nafs B) ishq C) kibr-u havo D) g‘azab

7. Navoiy asarlaridagi odam qiyofasidagi shaytonlar kimlar edi?

A) Ahraman dev, temir odamlar B) Bahrom, Iskandari Maxduniy C) Xusrav, Sheruya D) barchasi to‘g‘ri


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling