4. MODDALARNING AGREGAT HOLATLARI
4.1. IDEAL GAZ QONUNLARI. GAZLARNING MOLYAR HAJMI. HAJMIY ULUSH.
Gazlar aralashmalari bilan ishlaganda o‘rtacha molyar massa asosidagi hisoblashlar keng qo‘llaniladi:
4.28. 30 oC harorat va 202,65 kPa bosimda vodorod xlorid va vodorod bromid aralashmasining zichligi 4,7257 g/l. Aralashmadagi tarkibiy qismlarning massa ulushlari topilsin.
Yechish: Dastlab gazlar aralashmasining normal sharoitdagi hajmini topamiz, buning uchun Klapeyron tenglamasidan foydalanamiz:
l.
Endi 1 mol aralashmaning molyar massasini topsak:
1,8:4,7257=22,4:x; x=58,81 g/mol.
(Aralashmaning molyar massasini Mendeleev-Klapeyron tenglamasi yordamida ham topish mumkin:
g/mol).
Bu qiymat asosida har bir gazning modda miqdori va massasini o'rtacha molyar massa formulasidan foydalanib topamiz:
.
Mazkur tenglama yechilsa: vHCl=0,5 mol; vHBr=0,5 mol.
Gazlarning massalari:
mHCl=0,5·36,5=18,25 g, vHBr=0,5·81=40,5 g.
HCl=31,06 % va HBr=68,94 %.
4.2. REAL GAZLAR QONUNLARI
4.35. 4,48 m3 hajmli (n.sh.) 1 kmol vodorodning bosimini aniqlang. Bu qiymatni tajribada aniqlangan bosim (52,28·104 Pa) bilan taqqoslang.
Yechish: Bosimni avvalo ideal gaz pV=RT formulasi yordamida hisoblaymiz: kPa.
Endi esa bosimni Van-der-Vaals tenglamasi yordamida (real gaz) aniqlaymiz. Buning uchun maxsus jadvaldan a va b qiymatlarini olamiz:
J·m3/kmol, m3/kmol.
Bu qiymatlarni Van-der-Vaals tenglamasiga qo‘ysak:
p=509,1 kPa.
Real va ideal gaz holat tenglamalari asosida hisoblangan bosimlar o‘zaro 509,1-506,6=2,5 kPa ga farqlanadi. Mazkur farq 2,5·100/509,1=0,5 % ni tashkil etadi.
Van-der-Vaals tenglamasi yordamida hisoblangan bosim tajribada aniqlanganidan 522,8-509,1=13,7 kPa ga farqlanadi, bu 13,7·100/522,8=2,61 % ni tashkil etadi.
4.39. 1 kmol metan 2026,5 kPa bosimda 1,2 m3 hajmni egallaydi. Shu gazning haroratini (a=0,228 J·m3/kmol; b=0,0428 m3/kmol) aniqlang.
Yechish: Van-der-Vaals tenglamasiga berilganlarni qo‘ysak:
T=282 K.
Do'stlaringiz bilan baham: |