Na‘muna o’zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish reja: Kirish


Download 0.49 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1571380
  1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi na‘muna 3




NA‘MUNA

O’ZBEKISTONDA KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISH


REJA:

Kirish.

  1. Kapital bozorining mohiyati va uning tarkibi.

  2. O’zbekistonda asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalar tahlili.

  3. O’zbekistonda kapital bozorni takomillashtirish masalalari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH
Ta’kidlash joizki, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish moliya-bank tizimi, shu jumladan kapital bozori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni hamda ushbu tizimni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishni talab qiladi.Shu maqsadda, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida asosiy vaziflaradan biri etib belgilangan.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri ekanligi qayd etilgan.
Birinchidan, 2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va inflyatsiyani jilovlash – iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir1.
Biz shu yildan boshlab inflyatsiyaviy targetlash tizimini joriy qilishga o’tdik.
Bu borada Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi iqtisodiy oʼsish bilan inflyatsiya oʼrtasida muvozanatni taʼminlashi, tashqi xavf-xatarlarni hisobga olishi zarur2.
Davlat tomonidan 37 turdagi mahsulot va xizmatlar narxining tartibga solinayotgani erkin raqobatga salbiy taʼsir qilmoqda. Shuni hisobga olib, endi asosiy eʼtiborni narxlarni belgilashga emas, balki korxonalar oʼrtasida sogʼlom raqobatni taʼminlash orqali narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga qaratishimiz kerak.
Xalqaro tajribani oʼrganib, raqobatni olib kirish mumkin boʼlgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yoʼl ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat toʼgʼrisidagi qonunlarni yangilash hamda Iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi.
2020 yildan boshlab har bir bankda keng koʼlamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida eʼtiborimiz markazida boʼladi.
Bank tizimida tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yoʼlga qoʼyishimiz lozim. Banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi zarur. Milliy bank va Ipoteka bank bu yil oʼz yevrobondlarini chiqarishi maqsadga muvofiqdir3.
Bu boradagi islohotlarning dastlabki bosqichi sifatida jahon davlatlari tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2019 yildagi 5630-sonli Farmoni bilan mustaqil davlat organi - Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tuzilib, uning asosiy vazifalari etib qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish belgilangan.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda emissiya qilingan aksiyalarning umumiy nominal qiymati 100 trillion so‘mdan ortiq bo‘lib, ulardan faqatgina 1,5 foizigina erkin muomalada harakat qilmoqda. Bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan hisoblaganda 1 foizdan kam hisoblanib, ushbu ko‘rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz va Rossiyada 34 foizni tashkil etadi. Mazkur holat O‘zbekistonda kapital bozori mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasida vositachilik rolini sifat va miqdor jihatdan yuqoriga ko‘tarish uchun katta potensialga egaligini ko‘rsatadi.Buning uchun, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va muomalada bo‘lishini, investitsiyalarni keng jalb etish, korportiv boshqaruvni rivojlantirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi kapital bozori rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish taqozo etiladi. Mazkur strategiyada fond bozorini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish, uni tartibga soluvchi qonun va qonun osti hujjatlarni bozori rivojlanayotgan davlatlar talablariga (“frontiers market” ) muvofiqlashtirish, tarkibiga brokerlar, pensiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar kiruvchi moliya bozorining eko-tizimini yaratish, aholining bo‘sh turgan mablag‘larini fond bozoriga jalb qilishning jahon tajribasida qo‘llanilgan samarali institutlarni shakllantirish nazarda tutilishi kerak.
E’tiborlisi, 2019 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa qator xalqaro ekspertlar ko‘magida 2020-2025 yillarda O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish strategiyasining loyihasi ishlab chiqildi va keng jamoatchilik o‘rtasida muhokamaga qo‘yildi. Mazkur strategiyaning asosiy vazifalaridan biri - erkin muomaladagi jami qimmatli qog‘ozlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatini 2025 yil oxirigacha kamida 10-15 foizga yetkazish hisoblanadi. Belgilangan vazifalarga erishish uchun investorlar bazasini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, moliyaviy savodxonlikni yaxshilash orqali qimmatli qog’ozlarga bo‘lgan talabni oshirish, emitentlar sonini ko‘paytirish va yangi moliyaviy instrumentlar orqali qimmatli qog‘ozlar taklifini kengaytirish, qonunchilik va nazorat tizimini takomillashtirish, kapital bozori infratuzilmasini yaxshilash va kapital bozorini muvofiqlashtiruvchi organning institutsional salohiyatini mustahkamlash strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanishi maqsadga muvofiq.
Mazkur strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar ulushini yalpi ichki mahsulotning 10-15 foiziga yetkazish, investitsiya loyihalarni moliyalashtirishning muqobil manbasi sifatida fond bozori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish kabi yangi mexanizmlarni keng joriy etish, iqtisodiyotning bank sektoriga bog‘liqligini va davlatning bank sektoridagi ishtirokini kamaytirish, yashirin aylanmadagi qo‘shimcha mablag‘larni iqtisodiyotga jalb qilish va pirovardida O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal sur’atlarda o‘sishini ta’minlash kabi muhim va dolzarb masalalarni hal etishi kutilmoqda.
Kapital bozorining mohiyati va uning tarkibi.

Qimmatbaho qogʻozlar, moliya bozorini rivojlantirish va unga xorijiy investorlarni jalb etish orqali aholi ushbu bozorda ishtirok etib korxonalardagi iqtisodiy oʻsishdan foyda olishi, munosib pensiya, yaxshi uy-joy bilan taʼminlanishi mumkin. Kapital bozori orqali rivojlangan davlatlarning iqtisodiy koʻrsatkichlari koʻtarilayotgani isbotlangan. Taraqqiy topgan davlatlarda nafaqat bank sektori, balki kapital bozori iqtisodiyot ravnaqini taʼminlash va uni moliyalashtirishning asosiy negizi boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari, xalqning boyligi shu bozorda toʻplanadi, yaʼni aholi, tadbirkorlarning boʻsh pul mablagʻlarini yigʻish orqali ularning daromadini oshirish omili hisoblanadi.


Oʻtgan yili Prezidentimiz tashabbusi bilan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan edi. Uning asosiy vazifalari ushbu yoʻnalishda tartibni oʻrnatish, mahalliy sarmoyador va investorlarga imkoniyat berib, aksiyalarni sotib olish evaziga iqtisodiyotda qoʻshimcha moliyalashtirish manbalarini shakllantirishdan iborat. Agentlik tashkil etilgunga qadar Davlat raqobat qoʻmitasi huzurida Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi faoliyat yuritib kelgan. Qoʻmita tugatilib, uning negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurash davlat qoʻmitasi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi kabi uchta mustaqil organ tuzildi.
Mamlakatimiz qariyb oʻttiz yil mobaynida rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyoti tomon bosqichma-bosqich oʻtish jarayonini boshidan kechirdi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim institutlaridan biri boʻlgan kapital bozori esa shakllanish bosqichida qoldi. Oʻzbekiston bugungi kunda kapital bozorining rivojlanganlik darajasini belgilovchi xalqaro reytinglar boʻyicha eng pastki pogʻonada turibdi. Soha mutaxassislarining fikricha, izchil va samarali islohotlar boʻlganda dastlabki bosqichdan rivojlangan bosqichgacha oʻrtacha 20-25 yil talab etiladi.
Rivojlangan kapital bozori mavjud davlatlarda tadbirkorlar pul kerak boʻlganda banklardan tashqari fond bozori orqali pul jalb qilish, fuqarolar esa boʻsh pul mablagʻlarini faqat bankka depozitga qoʻymasdan, qimmatli qogʻozlarga yoʻnaltirishadi. Bu tadbirkor va fuqarolarga qoʻshimcha imkoniyat berishi bilan bir qatorda, mamlakatda bank va kapital bozori oʻrtasida sogʻlom raqobatni taʼminlaydi. Soʻnggi qirq yillikda jahonda fond birjalari sonining elliktadan bir yuz oltmishtagacha keskin oʻsishi, kapital bozorining iqtisodiyot rivojida muhim oʻrin tutishini koʻrsatadi. Bizda esa haligacha banklar moliyaviy resurslarni toʻplash va qayta taqsimlash boʻyicha asosiy institutligicha qolmoqda. Yurtimizda kapital bozori bosqichma-bosqich rivojlanmoqda. Hozir davlat obligatsiyalari miqdori oshirildi. Ushbu bozorning asosiy qatnashchilari banklar va kichik brokerlik kompaniyalari, xolos. Unda yirik subyektlar va aholi ishtirokiga erishish maqsadga muvofiq boʻlardi. Bu borada kelgusida katta rejalarni roʻyobga chiqarish moʻljallangan. Chunonchi, kapital bozorida professional darajada ishlovchi moliyaviy institutlarni tashkil etish bilan birga, norezidentlarning ham suveren obligatsiyalarni sotib olishlari uchun sharoit yaratish kutilmoqda. Chunki xorijiy investorlarsiz mazkur bozorni taraqqiy toptirish qiyin. Zero, chet ellik ishtirokchilar bilan birga, ushbu bozorga professional yondashuv ham kirib keladi.
Kapital bozori, fond bozori — boʻsh turgan pul mablagʻlarini toʻplash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, soʻngra uni ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) oʻrtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qogʻozlar, korxonalarning aksiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldi-sotdi operatsiyalari olib boriladi. Pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va boshqalar moliya-kredit muassasalari majmuini oʻz ichiga oladi. Kapital bozori pul bozori bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi. Kapital bozori kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari bilan ham shugʻullanadi. Kapital bozori qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, ixtisoslashgan fond brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondi, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok etadilar. Manbalar va kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy kapital bozorlari bor. Kapital bozori ikki asosiy vazifani bajaradi: a) birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori. Bunda investitsiya va boshqa maqsadlar uchun zarur boʻladigan kapital yangi aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarish hisobiga shakllantiriladi; b) ikkilamchi bozor. Bunda mavjud qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar olib boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qogʻozlarni sotuvchilardan haridorlar qoʻliga oʻtishni yengillashtiradi. Kapital bozori mamlakat moliya tizimida muhim oʻrin egallab, aholining jamgʻarilgan mablagʻlarini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli qogʻozlar portfeliga aylantirish mexanizmi boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega boʻlgan "Toshkent" fond birjasi 1994 yildan qimmatli qogʻozlar savdosi bilan shugʻullanadi.
Fond birjasi - qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy vositalar oldi-sotdi qilinadigan birja; pul kapitali harakatiga xizmat koʻrsatadigan moliya bozorining dastaklaridan biri. Bozor infratuzilmasining muhim boʻgʻini, qimmatli qogʻozlar (davlat obligatsiyalari, korxonalar aksiya va obligatsiyalari, bank kredit biletlari, tijorat veksellari), valyuta oldi-sotdisi boʻyicha muntazam va tashkiliy faoliyat koʻrsatadi.
Fond birjasining asosiy vazifalari: boʻsh turgan pul va qimmatli qogʻozlarni sotishni tashkil etish orqali jamgʻarilgan pul kapitalini safarbar etish va toʻplash; xususiy xoʻjalik subʼyektlari va davlat investitsiyalarini ularning qimmatli qogʻozlari xaridini tashkil etish yoʻli bilan moliyalashtirish; qimmatli qogʻozlarning yuqori darajadagi likvidligini, yaʼni qimmatli qogʻoz egalari uchun yoʻqotishlarsiz tezda pul mablagʻlariga aylanishini taʼminlash. Huquqiy maqomiga koʻra, jahon amaliyotida doimiy davlat nazoratida faoliyat koʻrsatadigan yalpi huquqiy, aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi hususiy va davlat kapitali ishtirokidagi aralash Fond birjasi turlari bor.
“TOSHKENT" RESPUBLIKA FOND BIRJASI — qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshiradigan birja. 1994 yil 8 aprelda tashkil etilgan. Uning faoliyati respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va xususiylashtarilgan davlat korxonalari negizida ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil kilish siyosati bilan uzviy bogʻliq. Oʻzbekiston iqtisodiyotida pul tushumlari qayta taqsimlanishining yangi tizimi hisoblanadi. Birjaning barcha viloyatlarda filiallari va 84 ta brokerlik idorasi bor (2004). 1994 yilda qimmatli qogʻozlar birja savdolari yillik aylanmasi 30 mln. soʻmni, 1996 yilda 2,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi, jahon standartlariga moye birja standarti qabul qilindi. 1998 yilda savdolar hajmi 3,5 mlrd. soʻmga yetdi, listing tartibi qabul qilindi, "Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekistonning birinchi listing korxonasi sifatida qayd etildi, shuningdek, "Buxoroteks", "Paxtabank", "Oʻzsanoatqurilishbank", "Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" va "Gʻallabank" aksiyadorlik jamiyatlari rasmiy birja roʻyxatiga kiritildi. 1999 yilda chet el investorlariga erkin muomaladagi valyutaga aksiyalar sotish savdo maydonchasi ish boshladi. 2003 yilda qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha yillik aylanma hajmi 35,7 mlrd. soʻmni tashkil qildi, erkin muomaladagi valyutaga 8,3 mln. AQSH dollari miqdorida aksiyalar savdosi amalga oshirildi. 2003 yilda uning savdo maydonlarida 1617 ta aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bilan 6933 ta bitim va 10 ta emitentning korporativ obligatsiyalari boʻyicha bitimlar amalga oshirildi, shuningdek, umumiy hajmi 32,1 mlrd. soʻmlik 30,9 mln. dona aksiyalari sotildi.
Birja 1995 yilda "Yevrosiyo" fond birjalari federatsiyasi (FEAS)ra aʼzo boʻldi, 1999 yildan Istanbul fond birjasiga, 2001 yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo, Frankfurt fond birjasi bilan hamkorlik va axborot almashish haqida bitimlar imzolangan. Eng nufuzli xalqaro birjalar (London, NyuYork) listingidan joy olish boʻyicha aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Fond bozori qatnashchilari kapital "isteʼmolchilari" (emitentlar) va uni "taqdim etuvchilar" (investorlar)dir. "Isteʼmolchilar" davlat, mahalliy hokimiyat organlari, yirik milliy va xalqaro kompaniyalar hisoblanadi. Investorlar esa institutsional (qimmatli qogʻozlar bilan ish yurituvchi har xil moliyaviy kredit institutlari: tijorat va investitsiya banklari, sugʻurta jamiyatlari, pensiya fondlari va boshqalar) va yakka (xususiy shaxslar, shu jumladan, venchur biznesining uncha katta boʻlmagan korxona egalari) guruhlarga boʻlinadi.
Fond bozori ishlari uning professional xodimlari: brokerlar (bitimda oʻz kapitali bilan qatnashuvchi vositachilar), boshqaruvchilar (ishonib topshirilgan qimmatli qogʻozlarni idora qiladigan shaxslar), kliringlar (oʻzaro majburiyatlarni aniqlash bilan shugullanuvchi tashkilotlar), depozitariylar (qimmatli qogʻozlarni saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatadi); reyestr yurituvchilar (qimmat qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish ishini bajaradi); savdo-sotiqni tashkil etuvchilar (qimmatli qogozlar bilan bitam tuzishga yordam berish xizmagini bajaradi); jobberlar (qimmatli qogʻozlar bozori konʼyunkturasi boʻyicha mutaxassislar) orqali amalga oshiriladi. Ular bilan birga qimmatli qogʻozlar bozoriga bank xizmatchilari, investitsiya fondlari xodimlari, shuningdek, moliyaviy bozor uchun zarur boʻlgan qonunchilik va nazoratni taʼminlovchi davlat xizmatchilari va yuristlar xizmat koʻrsatadi. Fond bozori infratuzilmasini fond birjasi, roʻyxat (reyestr) ga oluvchi muassasalar, depozitariylar tizimi tashkil etadi.
Fond bozori qimmatli qogʻozlarning kelib tushish vaqti va usuliga qarab birlamchi va ikkilamchi bozorlarga ajratiladi. Birlamchi bozor — Fond bozorining asosi hisoblanadi. Unda birinchi marta chiqarilayotgan qimmatli qogʻozlar joylashtiriladi. Birlamchi bozorning asosiy qatnashchilari qimmatli qogʻoz emitentlari va investorlardir. Investitsiya qilish uchun asosiy va aylanma moliyaviy kapital zaxiralariga muhtoj boʻlgan emitentlar Fond bozorida qimmatli qogʻozlar taklifini belgilaydi. Oʻz kapitalini qoʻllash uchun foydali soha izlovchi investorlar qimmatli qogʻozlarga talabni shakllantiradi. Birlamchi bozorda vaqtincha erkin pul mablagʻlarini jalb etish amalga oshiriladi. Lekin birlamchi bozor jamgʻarmani faqat milliy iqtisodiyot koʻlamidagina kengaytirish bilan chegaralanmaydi. Unda erkin pul mablagʻlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari boʻyicha taqsimlanishi ham sodir boʻladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qimmatli qogʻozlar keltiradigan daromad taqsimlanish mezoni boʻlib xizmat qiladi. Bu holat esa erkin pul mablagʻlari eng koʻp daromadni taʼminlovchi korxonalarga, xoʻjaliklar, tarmoqlar va sohalarga yoʻnaltiradi, degan maʼnoni bildiradi. Birlamchi bozor yangi chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning emitentlar tomonidan joylashtirilishini nazarda tutadi. Shu bilan birga korporatsiyalar, hokimiyatlar, oʻz-oʻzini idora qiluvchi mahalliy organlar emitentlar boʻlishlari mumkin. Bunday emitentlar guruhlarining bozordagi ahamiyati mamlakatdagi iqtisodiyot holati va uning umumiy taraqqiyot darajasi bilan aniqlanadi. Koʻpchilik mamlakatlarning davlat byudjetidagi doimiy taqchillik qimmatli qogʻozlar bozorida davlatning muhim rol oʻynashini taʼminlaydi. Yakka va institutsional investorlar ham qimmatli qogʻozlar xaridorlari boʻlishi mumkin. Bular tijorat banklari, pensiya fondlari, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya fondlari, oʻzaro yordam fondlari va h.k.
Qimmatli qogʻozlarning ikkilamchi bozori — birlamchi bozorning zaruriy qoʻshimchasi. Unda qimmatli qogʻozlarning olib-sotarlik shaklidagi aylanmasi sodir boʻladi. Qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarning shakliga qarab ularni uyushtirilgan (birjali) va uyushtirilmagan (birjadan tashqaridagi yoki "koʻcha") bozorlariga ajratish mumkin. Uyushtirilgan bozorni fond birjalari tashkil qiladi. Qimmatli qogʻozlar bilan qilinadigan boshqa barcha bitimlar uyushtirilmagan bozorda amalga oshadi. Birjadan tashqari aylanmadagi savdoni mutaxassislar — brokerlar va dilerlik kompaniyalari olib boradi. Birjadan tashqari aylanmada savdo jarayonlarini bajaradigan yagona markaz yoʻqligi tufayli oldi-sotdi bitimlari telefon va kompyuter tarmoqlari orqali bajariladi. Narx-navolar birjadan tashqari aylanmani tartibga soluvchi qoida asosida kelishib belgilanadi.
Fond bozori moliya-kredit tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat boshqaruvi obʼyekti hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi investorlar manfaatini emitentlar va vositachilar tomonidan qilinadigan noqonuniy hatti-harakatlardan himoya qilishdir. Shu maqsadlarda qimmatli qogʻozlar emissiyasi, ularning muomalada boʻlishi hamda qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari faoliyatini tartibga soluvchi, shuningdek, mamlakatda amalda boʻlgan tegishli normativ hujjatlar ishlab chiqiladi, maxsus maʼmuriy idoralar tuziladi.

O’zbekistonda asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalar tahlili.


Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida amalga oshirilgan islohotlar natijasida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi keskin oshib, o’tgan yilga nisbatan 33,9 foizni tashkil etdi. 2019 yil yanvar-dekabr oylarida 189,9 trln so’m asosiy kapitalga investitsiyalar o’zlashtirilib, ularning 70,7 foizi yoki 134,3 trln so’m jalb etilgan mablag’lar hisobidan moliyalashtirilgan bo’lsa, korxona, tashkilot va aholining o’z mablag’lari hisobidan 29,3 foiz yoki 55,5 trln so’m moliyalashtirildi. Investitisiyalarni moliyalashtirish manbalari bo’yicha, 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi o’tgan yilning mos davridagi ulushiga nisbatan 3,1 foiz punktga kamayib, 26,6 foizni yoki 50,6 trln so’mni tashkil etdi. Asosiy kapitalga investitsiyalar o’sish sur’atlarini moliyalashtirish manbalari bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich kafolatlanmagan, hamda boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatildi – o’tgan yilga nisbatan 4,1 marta o’sish kuzatildi.
Qator hududlarda asosiy kapitalga investitsiyalarning yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi, jumladan, Navoiy viloyatida o‘tgan yilga nisbatan 184,6 foiz (asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 10059,1 mlrd. so‘m) bu asosan qimmatli metal kon
larini o`zlashtirish bo`yicha investitsiyalar bilan bog`liq, Namangan viloyatinig o`tgan yilning mos davriga nisbatan 171,2 foiz (7131,0 mlrd. so‘m) o`sishi To`raqo`rg`on tumanida issiqlik elektr stansiyasi qurilish bilan bog`liq, Qoraqalpag‘iston Respublikasida 162,2 foiz (6046,4 mlrd. so‘m), Jizzax viloyatida o`tgan davrlarga nisbatan investitsion faollik yuqori darajada oshib, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarga xizmat ko`rsatish, sport, dam olish va ko`ngil ochishni tashkil etish sohasidagi faoliyat kabilarda o`zlashtirilayotgan investitsiyalar ushbu hududda o`zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o`tgan yilning mos davriga nisbatan 155,9 foiz (3169,2 mlrd. so‘m)bo`lishini ta`minladi, Surxandaryo viloyatida - 149,5 foiz (6111,0 mlrd. so‘m), Farg‘ona viloyatida - 146,6 foiz (4978,4 mlrd. so‘m), Toshkent viloyatida - 123,7 foiz (9351,4 mlrd. so‘m), Xorazm viloyatida - 122,8 foiz (2980,0 mlrd. so‘m), va Toshkent shahrida - 114,7 foiz (21861,5 mlrd. so‘m).
Jami asosiy kapitalga o`zlashtirilgan investitsiyalarning hajmidagi ulushi bo‘yicha hudular kesimida Toshkent shahri hamon yetakchilik qilmoqda. Ushbu hududda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 20,4 foizi o`zlashtirildi.(1-rasm)
Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ham katta hajmdagi investitsiyalar o`zlashtirilib, respublika bo`yicha jami investitsiyalar hajmidagi ulushi mos ravishda 14,3 va 9,4 foizni tashkil etdi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling