Namunalash turlari va usullari


Download 1.53 Mb.
bet1/25
Sana03.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1742699
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.


NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.
Reja:



  1. Tutqichlarni aniqlash va tayyorlash bosqichi
  2. Antiklinal tutqichlarni aniqlash
  3. Antiklinal tutqichlarni tayyorlash
  4. Tuz gumbazli oblastlarda izlash obyektlarini aniqlash va tayyorlash
  5. Noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash
  6. Rifogen sinfi tutqichlarini aniqlash va tayyorlash

  7. Terrigen yotqiziqlarda noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash


  8. Konlarni izlash va baholash bosqichi

Izlash-baholash davrining maqsadi – yangi neft va gaz konlarini yoki avval ochilgan konlarda yangi uyumlarni ochish va ularning zaxiralarini С2 va qisman С1 toifalar bo’yicha birlamchi baholagan holda sanoat ahamiyatida baholashdan iborat.
Izlash-baholash davri obyektlarni aniqlash va izlov burg’ilashga tayyorlash bosqichi hamda konlarni (uyumlarni) izlash va baholash bosqichiga bo’linadi.
Tutqichlarni aniqlash va tayyorlash bosqichi

Tutqichlarni aniqlash va tayyorlash bosqichi o’z navbatida ikkita bosqichostiga bo’linadi: obyektlarni aniqlash va obyektlarni tayyorlash.


Antiklinal tutqichlarni aniqlash

Obyektlarni aniqlash bosqichostining maqsadi bashoratlangan uglevodorodlar resurslarini D1 va D2 toifalar bo’yicha baholagan holda istiqbolli tutqichlarni aniqlash va izlov burg’ilashga tayyorlashdan iborat. Neft va gazga istiqbolli tutqichlar yoki regional geologik-geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar ma’lumotlarini interpretatsiya qilish natijalari bo’yicha, yoki avval o’tkazilgan geologik-geofizik tadqiqotlarni zamonaviy usullarda qayta ko’rib chiqish va qayta interpretatsiya qilish natijalari bo’yicha aniqlanadi. Tutqichlarni aniqlash obyektlari yoki neftgaz to’planishi mumkin bo’lgan zonalar chegarasidagi yangi istiqbolli territoriyalar, yoki sanoat ahamiyatidagi neftgazliligi aniqlangan rayonlar bo’lishi mumkin.


Yangi istiqbolli neftgaz to’planish zonalarida tutqichlarni izlash avvalo ochish imkoni nisbatan katta bo’lgan tuzilma qavatlari va yirik lokal tuzilmalarga qaratiladi. Yirik keskin ajralib turadigan antiklinal tuzilmalar tugagandan so’ng ishlar kichik amplitudali lokal ko’tarilmalar va har xil turdagi noantiklinal tutqichlar – riflar, litologik tugallanish va almashinish zonalari, ko’milib ketgan erozion ko’tarilmalar, qumtosh tanalari va boshqalarga qaratiladi.
Tutqichlarni aniqlash bo’yicha ishlarning namunaviy kompleksi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Generatsiyaning lokal va mukammal darajasidagi AFS va KS materiallarini talqin qilish (deshifrovka).

  2. 1:100 000 va 1:50 000 miqyoslarda tuzilma-geomorfologik va tuzilmageologik, geokimyoviy, gidrogeologik suratga olish.

  3. 1:100 000 va 1:50 000 miqyoslarda turli modifikatsiyalardagi gravi-, elektro- va magnitorazvedkalardan tashkil topgan kompleks geofizik tadqiqotlar.

  4. Alohida regional profillar bo’yicha QTU, UChNU, STKU seysmik qidirish ishlari.

  5. Geologik kesimni bashoratlash bo’yicha va “uyum” turidagi anomaliyalarni aniqlash maqsadida bevosita izlashlarga maxsus tadqiqotlar va ishlar.

  6. Tuzilma va parametrik quduqlarni burg’ilash.

Aniqlangan obyektlar deganda seysmik profillarning siyrak to’ridagi qaytaruvchi gorizontlarning turli antiklinal buklanishlari hamda lokal obyektlar bilan aloqasi seysmik profillar yoki tuzilma quduqlari bilan tasdiqlangan lokal gravitatsion, magnit, elektrik, geokimyoviy va boshqa anomaliyalar tushuniladi.
Shu tufayli istiqbolli neftgaz to’planish zonalari bo’yicha aniqlangan tutqichlar fondi turlari, o’lchamlari va ishonchliligi bo’yicha turlicha antiklinal ko’tarilmalar va turli anomaliyalarni o’z ichiga oladi. Aniqlangan tutqichlarning mavjud fondidan izlov burg’ilashga tayyorlash, bashoratlangan resurslarini D1 va D2 toifalar bo’yicha hisoblash uchun nisbatan istiqbollilari tanlanadi. Istiqbolli tutqichlarga neftgaz to’planish zonalari aniqlangan va istiqbolli bo’lishi mumkin bo’lgan hamda ularni izlash burg’ilashga kiritish geologik-iqtisodiy asoslangan rayonlar uchun ijobiy xarakterlanadigan tutqichlar kiradi.
Antiklinal tutqichlarni tayyorlash

Obyektlarni tayyorlash bosqichostining maqsadi izlov burg’ilashga tavsiya etilgan tutqichlarni tuzilishining ishonchliligini ahamiyatli darajada oshirishdan iborat. Har xil turdagi aniqlangan tutqichlarning aksariyat qismi geofizik usullar bilan, xususan seysmik qidiruv QTU, UChNU 1:50 000 va 1:25 000 masshtablarda vertikal seysmik profillar bilan burg’ulashga tayyorlanadi.


Mukammal ishlarda seysmik profillar to’rining zichligi tayyorlanadigan tutqichlarning o’lchamlari va ularning amplitudasiga bog’liq va 1 km2 maydonda 0,7 dan 3 pog.km profillarni tashkil etadi.
Rayon o’rganilishi bilan izlov va mukammal profillar to’ri kichik tutqichlar va noantiklinal obyektlarni tayyorlash lozimligi tufayli zichlashtiriladi. Aniqlangan obyektlarni izlov burg’ilashga tayyorlash bo’yicha namunaviy kompleksga shuningdek, lokal va mukammal darajada ishlab chiqilgan aerofoto- va kosmik suratga olish materiallarini talqin qilish, tuzilma-morfologik suratga olish va geologik kesimni bashoratlash bo’yicha va “uyum” turidagi anomaliyalarni aniqlash maqsadida bevosita izlashlarga maxsus tadqiqotlar va ishlar, murakkab seysmo-geologik sharoitlarda – 3D hajmiy seysmik qidiruv va chuqur parametrik quduqlarni burg’ilash kiritiladi.
Cho’kindi qavatning istiqbolli tutqichlari turli tumanligi bilan xarakterlanadi. Ular orasida aksariyat tadqiqotchilar tomonidan (Bakirov va b., 1987y.) beshta genetik sinf ajratiladi: tuzilmali, litologik, stratigrafik, rifogen va aralash.
Neft va gazga geologik-qidiruv ishlarining jahon tajribasi tasdiqlashiga ko’ra neft va gaz uyumlarining katta miqdori tuzilma turidagi tutqichlarda ochilgan (68%). Notuzilmali tutqichlardagi uyumlarning ulushi 5% dan katta emas, kombinatsiyalangan tutqichlarga 27% to’g’ri keladi. Keltirilgan ma’lumotlarga muvofiq, garchi noantiklinal tutqichlarda ochilgan uyumlarning ulushi oshib borsada, yaqin istiqbolda neft va gaz zaxiralarining o’sishi antiklinal tutqichlarda uglevodorodlar uyumlarini ochilishi bilan bog’liq bo’ladi. Antiklinal turdagi tutqichlarni izlov burg’ilashga tayyorlash istiqbolli kompleks yoki yuqorida yotgan yotqiziqlar kesimida ajratiladigan istiqbolli gorizont yoki tayanch qaytaruvchi gorizontning ustki yuzasi bo’yicha tuzilma xaritasini tuzishdan iborat. Tuzilishining asosiy xususiyatlari mazkur rayon uchun geologik-geofizik va geokimyoviy usullar kompleksi bilan ishonchli aniqlangan antiklinal tutqich izlash burg’ilashga tayyorlangan hisoblanadi. Ularga quyidagilar kiradi: o’lchamlari va amplitudasi, tuzilma xususiyatlari (gumbaz va qanotlarning rejadagi va gipsometrik holati, plikativ va dizyuktiv murakkaligi), qoplamalarning germetiklik darajasi va boshqalar. Tutqichlarni tayyorlashning sifatiy mezonlari N.Y. Kupina ma’lumotlariga ko’ra uchta asosiy ko’rsatkich bilan aniqlanadi: uning hajmi, kesimning yoritilgan chuqurligi, konditsionlik darajasi.
Antiklinal burmaning hajmi neft va gaz uyumining mumkin bo’lgan kattaligini belgilaydi. U kollektorlik xossalariga, mahsuldor qatlamlarning qalinligi, maydoni va ko’tarilmaning amplitudasiga bog’liq. Aksariyat hollarda aniqlangan ko’rsatkich lokal tuzilmaning maydoniga ega bo’ladi.
Tutqichning maydoni izogipslarning konturi bo’yicha H = Ho +C /2 ko’rsatkich bilan aniqlanadi, bu yerda Но – eng chuqur yopiq ezogipsning ko’rsatkichi, С – muvofiq aniqlik va tuzilma xaritasida qabul qilingan texnik asoslangan izogips. Yirik tutqichlarga maydoni 50 km2 dan katta bo’lgan ko’tarilmalar kiradi, o’rtachaga – 10 dan 50 km2 gacha, maydalarga – 5 km2 gacha.
Tutqichlarni tayyorlash ishonchliligi asosan seysmorazvedkaning ruxsat etilgan imkoniyatiga bog’liq. Uning xatoligi nisbatan qulay geologik-geofizik sharoitlarda E = 0,01H munosabat bilan baholanadi, bu yerda Е – tayyorlash xatoligi, Н – qaytaruvchi gorizontning yotish chuqurligi, tuzilma xaritasining izogipslarini kesishishi esa A = 0,5E .
Agar antiklinal tuzilma tuzilma xaritasida bitta izogips chizig’i bilan tasvirlangan bo’lsa, unda uning ishonchligi Pa = 0,3; agar ikkita bo’lsa – Pa = 0,6;
agar uchta bo’lsa – Pa = 0,9; agar to’rtta bo’lsa – Pa »1;
Tuzilmali tutqichlarning ishonchlilik darajasini yetishmasligi ko’pincha optimal sharoitlarda ortiqcha izlov quduqlarini burg’ilash zaruriyatiga olib keladi, bu ahamiyatli darajada izlov-qidiruv jarayonining samaradorligini pasaytiradi.
Statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, taxminan 30% antiklinal tuzilmalar burg’ilash bilan tasdiqlanmaydi, ayniqsa murakkab tuzilgan regionlarda, tuzilma rejalari mos kelmagan sharoitlarda. Bunday sharoitlarda tuzilmalarni izlov burg’ilashga tayyorlanganlik darajasini asoslash uchun maqsadli gorizontlar bo’yicha tuzilma xaritasini to’ldiradigan geologik-geofizik tadqiqotlarni barcha turlarining natijalarini taqqoslash ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Aniqlangan va tayyorlangan tuzilmalarning jamlamasi joriy yilning 1-yanvar holati bo’yicha aniqlangan va izlov burg’ilashga tayyorlangan tuzilmalar fondini tashkil etadi. Tayyorlangan tuzilmalar izlov burg’ilashga kiritilgunga qadar o’lchamlari bo’yicha tasniflanadi: maydoni, amplitudasi va istiqbolli resurslari (D1 yoki D2 bo’yicha).
Nisbatan istiqbolli antiklinal tutqichni tanlash aniqlangan lokallashtirilgan resurslarni ahamiyatiga ko’ra amalga oshiriladi.
Yangi neftgazga istiqbolli rayonlar chegarasida tayyorlangan lokal ko’tarilmalarning lokallashtirilgan resurslarini baholash mavjud parametrik burg’ilash ma’lumotlari va “uyum” turidagi anomaliyalarni mavjudligi axborotidan foydalanib tutqichning geologik modelini (tayanch qaytaruvchi gorizont bo’yicha tuzilma xaritasi, profil kesimi) tahlil qilish asosida bajariladi.
Yaxshi o’rganilgan neftgaz qazib chiqarish rayonlari chegarasida aniqlangan tuzilmalardagi tutqichlarda D1 toifa lokallashtirilgan resurslarni baholash shu litologik-fatsial zona chegarasida joylashgan, o’rganilgan neft va gaz to’plamlari bilan o’xshashligi bo’yicha, ularni hosil bo’lish va neftgaz hosil bo’lish manbalariga nisbatan joylashish sharoitlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Lokallashtirilgan resurslarni hisoblash uchun taxmin qilingan uyumning tuzilishi, ya’ni uning geologik modeli haqida hajmiy tasavvurga ega bo’lish lozim.
Qatlamli tabiiy saqlagichlardagi uglevodorod uyumlari geologik muhitda yuqoridan qoplama bilan va suvneft yoki gazsuv kontaktlari yuzasi bilan ajralib turadi. Bu yuzalar bir ma’noda uyumning geometriyasini aniqlaydi va boshqa parametrlari bilan birgalikda lokallashtirilgan neft va gaz resurslarini hisoblashni ta’minlaydi. Taxmin qilingan uyumning ustki yuzasi seysmik qidiruv ma’lumotlari bo’yicha mahsuldor bo’lishi mumkin bo’lgan gorizontning tuzilma xaritasiga ko’ra aniqlanadi. Neftgaz-izlov ishlari amaliyotida ko’pincha tayanch qaytaruvchi gorizont istiqbolli gorizont bilan mos tushmaydi. Agar qaytaruvchi gorizont istiqbolli gorizontdan pastda joylashgan bo’lsa, unda istiqbolli gorizontning tuzilma xaritasini o’rganiladigan hududdagi mutloq yotish chuqurliklarini bog’lovchi mavjud qonuniyatlarni hisobga olgan holda tuzish mumkin: Hn = aHqay +h , bu yerda Нqay. va Нn – qaytaruvchi va istiqbolli gorizontlar yuzasining mutloq yotish chuqurligi, h va а qalinlikni o’zgarishi va kesim bo’ylab yuqoriga tuzilmaning o’zgarishini ko’rsatuvchi koeffitsiyentlar. Koeffitsiyentlarning kattaligi neftgaz to’planish zonalari chegarasida o’rganiladigan gorizontlarning mutloq yotish chuqurliklari orasidagi bog’liqliklar grafigi bo’yicha aniqlanadi.
Taxmin qilingan uyumning quyi chegarasi SNK (GSK) yuzasi bilan aniqlanadi. Bu chegaraning holati o’xshashlik usulidan foydalanib yondosh uyumlarning ma’lumotlarini o’rtachalashtirib yoki xaritalar tuzish yo’li bilan bashoratlanadi: SNK (GSK) izokontaktlari va mahsuldor qatlamning ustki yuzasi bo’yicha tuzilma xaritasi.
Bu xaritalar ustma-ust qo’yilgan va izokontaktlarning gipsometrik ko’rsatkichlari tutqichning ustki yuzasi amplitudalari bilan taqqoslangandan keyin uchta guruh ajratiladi:

  1. istiqbolli – tutqichning ustki yuzasi taxmin qilingan SNK (GNK) dan yuqori;

  2. istiqbolsiz – tutqichning ustki yuzasi taxmin qilingan SNK (GNK) dan

past;

  1. tushunarsiz mahsuldorlikka ega – ustki yuza izokontakt bilan mos keladi (seysmik qidiruvning ruxsat etilgan imkoniyati chegarasida).

Resurslarni D1 toifa bo’yicha hisoblash uchun zarur bo’lgan parametrlar bitta neftgaz to’planish zonasida joylashgan yondosh uyumlarning materiallari bo’yicha aniqlanadi.
Tuz gumbazli oblastlarda izlash obyektlarini aniqlash va tayyorlash

Uchta tuzilma qavatidan tashkil topgan (tuz usti, tuzli va tuz osti) tuz gumbazli cho’kindi havzalarda izlov obyektlarini aniqlash va tayyorlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Izlov obyektlari tuz gumbazini o’rab olgan antiklinal turdagi tutqichlar, yirik tuz obyektlariga tutashgan tutqichlar hamda tuz osti qavatining antiklinal va rifogen turdagi tutqichlar kiradi.


Tuz gumbazlarini aniqlash kompleks geofizik usullar bilan amalga oshiriladi: gravirazvedka bilan – atrofdagi tog’ jinslariga nisbatan tuzlarning zichligini pastligidan yuzaga keladigan og’irlik kuchi anomaliyalarining salbiy ko’rsatkichlari bo’yicha; elektrorazvedka bilan – atrofdagi yotqiziqlarga nisbatan tuzlarning elektr qarshiligini keskin farqiga bog’liq va ayniqsa seysmorazvedka UChNU va STKU bilan – tuz qalinligi seysmik to’lqinlarni yuqori tezlik bilan tarqalishga egaligi bilan bog’liq. Tuz gumbazi bir turli qalinlik sifatida xarakterli seysmofatsiyalari bo’yicha vaqtinchalik seysmik kesimlarda yaqqol qayd etiladi.
Tuz osti kompleksida lokal obyektlarni burg’ilashga tayyorlash antiklinal tutqichlarni tayyorlash bilan bir metodikada olib boriladi.
Tuz gumbazlarining devorlariga tutashgan tutqichlarni tayyorlash seysmik qidiruv UChN, 3D va VSP usullari parametrik quduqlarni burg’ilash bilan kompleksda amalga oshiriladi.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling