Namunalash turlari va usullari


Quduqlarni uyumni solishtirma balandligi ko’rsatkichi bo’yicha joylashtirish


Download 1.53 Mb.
bet17/25
Sana03.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1742699
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.

Quduqlarni uyumni solishtirma balandligi ko’rsatkichi bo’yicha joylashtirish. 1974-yilda E. A. Yengalichev qatlamli gumbaz turdagi neft va gaz konlarini, uyumlarini ularning uyumning solishtirma balandligi ko’rsatkichi bo’yicha baholash tartibiga asoslanib birlamchi baholashning asosiy vazifalari yechish usulini taklif qilgan.
Uyumlarni tayyorlashning mavjud geologik-geofizik usullari va ularni to’lish koeffitsiyentini aniqlash uslublari har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Bu bir nechta quduqlarni uyumning chegarasidan tashqarida burg’ilanishiga olib keladi. GSK (SNK)ni aniqlash uchun quduqlarni mahsuldor qatlamning umumiy qalinligidan kelib chiqib, uni to’yinish xarakterini hisobga olgan holda joylashtirish tavsiya qilinadi. Uyumning solishtirma balandligi h deganda (rasm) qatlamli gumbaz turidagi ochilgan uyumning balandligini yer osti saqlagichini uglevodorodlar bilan to’lish darajasini xarakterlaydigan mahsuldor gorizontning umumiy qalinligiga nisbati tushiniladi. Bu ko’rsatkichning kattaligiga ko’ra uyumlar uch turga ajratiladi.

rasm. Quduqlarni qatlamli gumbaz turdagi uyumlarda uyumning solishtirma balandligiga bog’liq holda joylashtirish sxemasi. (a – kichik, b – o’rtacha, v – katta) (E. A. Yengalichev bo’yicha).
Uyum kichik solishtirma balandlikka bo’lgan hollarda (qatlam to’lmagan uyum) izlov qudug’i tutqichning gumbaz qismida kontaktning holatini belgilaydi: uyumning tashqi konturi kontaktni qatlamning ustki yuzasi bilan kesishishidan aniqlanadi. Bunday uyumlarni birlamchi baholash ikki-uchta quduqni uchnur sistemasi bo’yicha burg’ilash bilan aniqlanadi.
Uyumning solishtirma balandligi o’rtacha bo’lganda (Sу) tashqi konturning holati uyumning gumbaz qismidagi quduqda aniqlangan qatlamning umumiy qalinligiga bog’liq bo’lmaydi. Bunday uyumlar kutiladigan tashqi kontur chegarasida uchta uchastkaga bo’linadi: markaziy (Sу<2) va ikkita chekka (h<1). Bu uchastkalarni birlamchi baholash gumbazda uyumni ochgan quduq orqali o’tuvchi, bo’ylama va ko’ndalang profillar bo’yicha to’rtta quduqni burg’ilash bilan amalga oshiriladi. Birinchi navbatda markaziy uchastka burg’ilanadi, uning chegarasida burmaning qarama-qarshi qanotlarida bittadan quduq joylashtiriladi. Boshqa ikkita quduq chekka uchastkalarda burg’ilanadi.
Katta solishtirma balandlikka ega bo’lgan uyum kutiladigan tashqi kontur chegarasida uzun o’q bo’ylab beshta uchastkaga bo’linadi: markaziy (Sу>2), ikkita oraliq (Sу<2) va ikkita chekka (Sу<1). Bunday uyumlarni birlamchi baholash beshta quduq bilan amalga oshiriladi. Birinchi navbat quduqlar tuzilmaning qarama-qarshi qanotlarida oraliq uchastkalar chegarasida joylashtiriladi. So’ngra markaziy va chekka uchastkalarda quduqlar (bittadan) burg’ilanadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling