Namunalash turlari va usullari
Quduqlarni kichik amplitudali antiklinal tutqichlarda joylashtirish
Download 1.53 Mb.
|
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.
Quduqlarni kichik amplitudali antiklinal tutqichlarda joylashtirish. Ta’riflanayotgan guruh tuzilish elementlari tushunarsiz bo’lgan ko’tarilmalardagi neft va gaz tutqichlarini birlashtiradi. Bu noaniq ko’rinishga ega bo’lgan va kichik amplitudali (10-20 m), tutqichlarni tayyorlashning seysmik usullariga ruxsat berish imkoniyatiga mos keladigan antiklinal burmalardir. Ko’pincha bu ko’tarilmalar ko’p gumbazli bo’ladi, maydoni bo’yicha katta o’lchamlarga yetadi va bir qator rayonlarda (eski neftgaz qazib chiqariladigan) asosiy neft va gaz izlash obyektlari hisoblanadi.
Tayyorlangan tuzilmalarni gumbazlarining izlov qavatini tuzilmalari gumbazlariga nisbatan siljish (qisqa yoki uzun o’qi bo’yicha) qonuniyatlari aniqlangan rayonlarda bir vaqtni o’zida ikkita izlov qudug’ini joylashtirish tavsiya etiladi: bittasi – tuzulmaviy seysmik asosda gumbazda, ikkinchisi – undan “prinsipial yo’nalish” da, ya’ni izlov qavati bo’yicha burmaning gumbazi siljigan tomonga (rasm). Gumbazning siljish xarakteri va kattaligi hamda tutqichning mahsuldorligi aniqlangandan so’ng quduqlar kontaktning fazoviy holatini aniqlash va uyumning (konning) miqyosini baholash uchun joylashtiriladi. Bu quduqlar tuzilmaning morfologik xususiyatlari, saqlagichning turi va boshqalarni aniqlash maqsadida yuqorida keltirilgan usullardan biri bo’yicha joylashtiriladi. rasm. Izlov quduqlarini tuzilmalarda joylashtirish sxemasi. a – “izlov burg’ilash qadami” usuli bo’yicha; b – chuqurlik oshgan sari tuzilmaning gumbazi siljiganda; v – osilgan uyumlar holatida. Noantiklinal tutqichlarda quduqlarni joylashtirish. Noantiklinal tuzilmalar guruhiga stratigrafik va litologik ekranlangan hamda litologik chegaralangan tutqichlar kiradi. Ular bilan bog’liq konlar va uyumlar cho’kindi qobig’da keng tarqalgan, ba’zan katta o’lchamlarga yetadi va ahamiyatli neft va gaz zaxiralariga ega bo’ladi. Hozirgi vaqtda noantiklinal turdagi uyumlarni izlash uchun quduqlarni ratsional joylashtirish sistemasini tanlash masalasi shu turdagi tutqichlarni aniqlashning ishonchli usullari bo’lmaganligi tufayli to’liq yechilmagan. Ko’pchilik rayonlarda neft va gazga izlov-qidiruv ishlari amaliyoti shuni ko’rsatadiki, aksariyat litologik ekranlangan va litologik chegaralangan uyumlar antiklinal tutqichlarda uyumlarni izlash va qidirishda yo’l-yo’lakay ochiladi, ya’ni quduqlarni yuqorida keltirilgan joylashtirish sistemalaridan foydalanib. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling