Izlov quduqlarini kontaktlarning joylashgan o’rni taxmin qilingan zonalarda joylashtirish. 1968-yilda N. N. Osadko va B.I.Barashlar aniq neftgazli rayon bo’yicha tutqichlarni to’lish koeffitsiyentini baholashga asoslangan, birinchi izlov quduqlarini uglevodorodlar-suv kontaktining gipsometrik holatini taxminiy aniqlash usulini taklif qilishdi. Prikum-Tyulenevsk vali (Skif plitasi), MarkaziyQoraqum gumbazi va Amudaryo botiqligi (Turon plitasi) misolida 14,8% tutqichlar ularning balandligini 40% gacha uglevodorodlar bilan to’lganligi (past to’lish darajasi), 12,5% – balandligining 80% dan yuqori (yuqori to’lish darajasi) va barcha tutqichlarning 72,7% – balandligining 40-80% to’lganligi aniqlangan. Tutqichlarning to’lish xarakterini bilgan holda izlov bosqichida uglevodorodlarsuv kontaktining gipsometrik holatini taxminan aniqlash va quduqlarni joylashish nuqtasini tanlash mumkin. Usul antiklinal tutqichlarda ochilgan konlar, uyumlarni birlamchi baholash uchun qo’llaniladi.
Izlov quduqlarini egri-bugri (siniq) profilli joylashtirish. Neft va gazga egri-bugri profilli izlov burg’ilash tartibi 1968-yilda K. S. Maslov tomonidan taklif qilingan. Bu usulni tog’ jinslarining tanaffusgacha kompleksiga nomuvofiq yotishi tufayli transgressiyalangan gorizontlarning bazaviy zonalaridagi kollektor qatlamlarda yoki shu qatlamlarni o’z ichiga olgan qalinlikni transgressiv va regressiv yotish sharoitlarida sekin nurab borishi tufayli hosil bo’lgan tutqichlarga qo’llash mumkin. Bunday tutqichlar odatda qatlamlarning monoklinal egilish sharoitlarida hosil bo’ladi. Bazaviy zonalarda yengsimon, deltali, sayozlik va boshqalarga xos litologik uyumlar hosil bo’ladi.
rasm. Izlov quduqlarini egri-bugri profilli joylashtirish sxemasi (K. S. Maslov bo’yicha).
a – ish rayonining geologik xaritasi; b – deltali va boshqa litologik neft va gaz uyumlarini topish uchun qatlamlarning cho’kish yo’nalishida izlov quduqlarining egri-bugri profili. 1 – o’tmishdagi daryoning ko’milgan vodiysini taxminiy chegarasi; 2 – konlonkali quduqlar; 3 – izlov quduqlari; 4 – regressiyalangan dengizni qirg’og’ining chizig’i; 5 – alevrolit-qumtosh qatlamlarining tarqalish chegarasi; 6 – izlov quduqlarini burg’ilash natijasida aniqlangan neft uyumining tashqi konturi; 7 – geologik xaritaning o’tmishdagi daryoning ko’milgan vodiysi mavjudligini aniqlovchi uchastkasi; 8 – stratigrafik nomuvofiqlik yuzasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |