Namunalash turlari va usullari


Tayanch profilli burg’ilash usuli


Download 1.53 Mb.
bet16/25
Sana03.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1742699
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.

Tayanch profilli burg’ilash usuli. Litologik uyumlarni izlashning nisbatan umumlashgan metodik tartibi izlov quduqlarini tayanch profilli burg’ilash tartibi hisoblanadi.
Izlov quduqlarining tayanch profili u yoki bu fatsiyaning qum-alevrolitli cho’kindilar tarqalgan zonalar kutilayotgan chegaralar uchastkasida qatlamlarning regional yo’nalishiga ko’ndalang joylashtirilishi lozim. Birinchi quduqni izlash maqsadida litologik uyumlar hosil bo’lishi mumkin bo’lgan qum-alevrolit yotqiziqlari zonasining o’zida joylashtirish kerak. Agar bu quduq suvga to’yingan qumlarni ochsa, u holda keyingi izlov qudug’i qatlamlarning ko’tarilishi bo’ylab yuqorida joylashtirilashi lozim. Chunki litologik chegaralangan tabiiy deltali (yoki ponosimon) saqlagich saqlagich-tutqich hisoblanadi. Agar ikkinchi izlov qudug’i qum-alevrolit yotqiziqlari tarqalgan chegaradan tashqarida bo’lib qolsa, u holda keyingi izlov quduqlarini jinslarni yo’nalishi bo’ylab egri-bugri profilli burg’ilash tartibi bo’yicha joylashtirish lozim.
Bu usul pona usulining turli ko’rinishlaridan biri sifatida qaralishi mumkin.
Izlov burg’ilash qadami” usuli. G. A. Gabrielyans tomonidan taklif qilingan “Izlov burg’ilash qadami” usuli birinchi quduqlar bilan qatlamli gumbaz turidagi neft va gaz uyumlarida SNK va GSK ni aniqlash uchun quduqlarni joylashtirish nuqtasini tanlashni ta’minlaydi.
Gumbazda burg’ilangan va mahsuldor qatlamni to’liq qalinligini h ochgan №1 izlov qudug’i (rasm) burmaning gumbaz qismida ostidan chegaralangan (AV yuza) uyum mavjudligi haqida ishonchli xulosa qilish imkonini beradi. Bu yuza neft yoki gaz mavjudligi aniqlangan eng quyi nuqta orqali gorizontal o’tkaziladi. Keyingi quduq burmaning qisqa yoki uzun o’qi bo’ylab uyumning ishonchli mavjudlik yuzasi chizig’i bilan qatlamning ustki yuzasi L yoki V nuqtalarda kesishgan profilda joylashtiriladi. Navbatdagi quduqlar SNK yoki GSK aniqlangunga qadar shunga o’xshash usul bo’yicha joylashtiriladi.

rasm. Braxiantiklinal burmada quduqlarni “Izlov burg’ilash qadami” usuli bo’yicha joylashtirish sxemasi. 1 – SNK; 2 – uyumning birinchi quduq bilan ochilgan bloki; 3 – uyumning ikkinchi quduq bilan ochilgan bloki; 4 – quduqlar; 5 – mahsuldor yotqiziqlarning ustki yuzasi izogipslari; 6 – qatlam suvlari.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling