Namunalash turlari va usullari
Izlov quduqlarini teng o’lchamli to’r bo’yicha joylashtirish
Download 1.53 Mb.
|
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.
Izlov quduqlarini teng o’lchamli to’r bo’yicha joylashtirish. Neft va gazni izlash mumkin bo’lgan usullardan biri tadqiqot qilinayotgan regionni teng o’lchamli to’r bo’yicha burg’ilash hisoblanadi. Bu usulning nazariyasi D. Griffits, I. D. Savinskiy, A. M. Shurigin va boshqa tadqiqotchilar tomonidan mukammal ishlab chiqilgan. Uning asosida istiqbolli rayonning chegarasida ma’lum miqdordagi konlarning mavjudligi to’g’risidagi taklif yotadi. Bunda izlov quduqlarining teng o’lchamli to’rini shunday o’lchamlarini tanlash kerakki, minimal hajmda xarajat qilingan holda quduqlarni konning chegarasiga maksimal tushishini ta’minlasin. Agar istiqbolli rayonda konlar teng tarqalgan bo’lsa, u holda teng o’lchamli to’r bo’yicha burg’ilash yuqori samara olish nuqtai nazaridan oqilona hisoblanadi.
Agar tadqiqot qilinayotgan uchastkada konlarning tarqalishi yirikligi bo’yicha aniq yoki avvaldan ma’lum bo’lsa, burg’ilash to’rining zichligi foydani maksimallashtirishga mo’ljallanadi, ya’ni konni ochishga ketgan xarajatlar va ochilgan neftning narxi orasidagi farq maksimal bo’lishiga qaratiladi. Ko’p miqdordagi mayda konlarni ochishdan keladigan foyda quyuq to’r bo’yicha izlov ishlariga qilingan xarajatlarni qoplamaydi. Maksimal iqtisodiy samaraga yacheykalarning o’lchami 3 km atrofida bo’lganda erishiladi, katta o’lchamlarda yana kamayadi, chunki konlarning ahamiyatli qismi o’tkazib yuborila boshlaydi. Shu paytgacha quduqlarning teng o’lchamli to’ri ma’danli konlarni izlash ishlarida foydalanilgan. Bunday to’rni biror marta ham qabul qilmagan neftchilarning konservativligi (mutaassibligi) qisman shu bilan tushuntiriladiki, ular konlarni tarqalishining statistik tahliliga nisbatan geologik axborotlarga ko’proq subyektiv ishonishadi va faqatgina geologiyani bilish muvaffaqiyatni ta’minlashi mumkin hisoblashadi. Ammo konservatizmni muhim sababi bozor iqtisodiyotida neft sanoati uchun xarakterli bo’lgan kuchli raqobat va erkin tadbirkorlik sharoitlarida teng o’lchamli to’r bo’yicha burg’ilash usulini qo’llash juda qiyin yoki hatto mumkin emas. Shu bilan bir qatorda D. Xarbux hisoblagandek, neft izlashga bunday yondoshuv juda katta maydonga ega bo’lgan konsession uchastkalarda uni qo’llash ahamiyatli samaradorlikni ta’minlashi mumkin edi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling