Namunalash turlari va usullari


rasm. Terrigen yotqiziqlarning seysmofatsiyalari


Download 1.53 Mb.
bet5/25
Sana03.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1742699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.

rasm. Terrigen yotqiziqlarning seysmofatsiyalari:
A - o’yiqlarda; B – qum tanalari tugallangan holatda; V – qum vallari

  • shu oraliq ichida akslarning dinamik ifodalanganligini (yaqqolligini) o’zgarishi bo’yicha;

  • o’rtacha tezlikning o’zgarishi bo’yicha, qumtosh kollektorlar oralig’ida yuqori, gillarda – past;

  • tadqiqot qilinayotgan oraliq chegaralari orasida At ko’rsatkichning o’zgarishi bo’yicha;

  • tadqiqot qilinayotgan oraliqning ustki va ostki yuzasidan hamda uning ichidagi chegaralardan akslarning amplitudalarini o’zgarishi bo’yicha;

  • kesimning tahlil qilinayotgan oralig’ida ko’rinarli chastotalarning o’zgarishi bo’yicha;

  • gilli zonalarda yozuvning yuqori chastotali xarakteri, qumli zonalarda esa – past chastotali (rasm).

Murakkab seysmogeologik sharoitlarda noantiklinal tutqichlarni tayyorlash seysmorazvedkaning obyektiv mavjud ruxsat etilgan imkoniyatlari tufayli mushkullashadi. Bu mushkullik qaytgan to’lqinlarning dinamik, spektral va kinematik xarakteristikalaridan (amplituda, energiya, ularning fazoda o’zgarishi, chastotalari, fazalari, tezligi va boshqalar) foydalanish hisobiga ahamiyatli oshadi. Bundan tashqari, bunday sharoitlarda katta hajmda seysmorazvedka 3D, quduq tadqiqotlari (QGT) ma’lumotlari bilan kompleksda parametrik (tuzilmali) burg’ilash qo’llaniladi va shu asosda – geologik kesim bashoratlanadi.
Noantiklinal tutqichlarni izlov burg’ilashga tayyorlash bo’yicha bunday ishlarning natijasi kollektor qatlamning ostki va ustki yuzasi bo’yicha tuzilma xaritalarini tuzish, uning qalinligi va neft va gaz tutqichlari shakllanishiga imkoniyat yaratadigan cho’kindi to’planish sharoitlarini tiklash hamda “uyum” turidagi anomaliyalar hisoblanadi.
Konlarni izlash va baholash bosqichi

Izlov, so’ngra baholash burg’ilashni loyihalash uchun asos bo’lib geologik, geofizik, geokimyoviy va gidrogeologik tadqiqotlar majmuasi bo’yicha tayyorlangan lokal obyektlarning neftgazlilik istiqbollarining ijobiy bahosi hisoblanadi.


Bu bosqich ikkita bosqichostiga bo’linadi: konlarni (uyumlarni) izlash va konlarni (uyumlarni) baholash.
Uyumlarni izlash bosqichosti

Izlov ishlarining maqsadi yangi istiqbolli neftgaz to’planish zonalari chegarasida sanoat ahamiyatidagi neft va gaz konlarini (uyumlarini) ochish yoki ochilgan konlar chegarasida yangi uyumlarini aniqlash va С2 va qisman С1 toifalar bo’yicha birlamchi zaxiralarni baholashdan iborat. Izlash ishlari o’rganilganlik darajasi ularni tayyorlanganligi quduqlarni qurish talablarini qondiradigan obyektlarda (antiklinal va noantiklinal) izlov quduqlarini burg’ilash bilan amalga oshiriladi. Izlov quduqlariga (tayanch, parametrik, tuzilma quduqlaridan tashqari) asosiy maqsadi yangi neft va gaz to’plamlarini ochish hisoblangan quduqlar kiradi. Izlov burg’ilashning vazifalariga quyidagilardan iborat:



  • tayyorlangan tutqichlar chegarasida yoki cho’kindi qoplamaning (poydevorgacha) butun kesimi bo’ylab taxmin qilingan uyumlarni yoki texnik jihatdan imkoniy chuqurlikda istiqbolli jinslar kompleksini ochish;

  • ochilgan kesimda kollektor qatlamlarni, qoplamalarni ajratish va shlamni, kernni laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlari hamda QGT materiallari bo’yicha ularning geologik-geofizik parametrlarini aniqlash;

  • ajratilgan qatlamlarda neft va gaz oqimlarini olish;

  • qatlam va dala sharoitlarida flyuidlarning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash;

  • asosiy mahsuldor gorizontlarning geometriyasini aniqlash va uglevodorodlarning birlamchi zaxiralarini hisoblash uchun zarur bo’lgan boshqa hisoblash parametrlarini aniqlashtirish;

  • baholash (qidirish) qavatlarini birlamchi ajratish. Bu vazifalar quyidagilarni o’z ichiga oladigan tadqiqotlar kompleksi bilan yechiladi:

  • burg’ilash jarayonida shlam, kern va flyuid namunalari olish;

  • quduqlarda geofizik tadqiqotlar (QGT);

  • istiqbolli gorizontlarni ishlatib ko’rish va sinash;

  • geokimyoviy, gidrogeologik, gidrodinamik va boshqa tadqiqotlar

o’tkazish;

  • kern, shlam va flyuidlarni laboratoriyada o’rganish;

  • seysmorazvedka va VSP materiallarini batafsil o’rganish.

Izlov burg’ilash jarayonining boshlanishi tutqichning geologik modelida yoki taxmin qilingan uyumda eng muhim nuqtalarni tanlash va quduqlarning soni hisoblanadi.
Uyumlarni izlash bosqichostida quduq(lar) bir vaqtning o’zida UV to’plamlari mavjudligini isbotlash va ochilish miqyosini baholash yoki maydonning istiqbolli emasligini aniqlash imkonini beradigan nuqta(lar)da o’rnatilishi lozim. Har xil turdagi tutqichlarda muhim nuqtalar ketma-ketligi quyidagicha: gumbaz qismlar, tutqichning uyumni saqlanishi va uning taxminiy balandligini aniqlash imkonini beradigan uchastkalari, ekranlash zonalariga tutashgan uchastkalar, fazalar oralig’i kontaklari rivojlangan zona va shu kabilar.
Bu masalalarni yechish uchun izlov burg’ilash loyihasida belgilab qo’yilgan zaruriy kompleks qo’llaniladi, u quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi:

  • quduqlarni poydevorgacha yoki texnik imkoni bor chuqurlikda burg’ilash;

  • tog’ jinslarining asosiy litologik-stratigrafik komplekslari chegaralarida oraliqlar bo’ylab kern va shlam olish, neft va gazga istiqbolli yotqiziqlar oraliqlarida to’liq kern olish, yaxshi o’rganilgan regionlarda esa – kern olmasdan yoki uning minimal zaruriy hajmida burg’ilash;

  • kon-geofizikasi tadqiqotlari va zarur bo’lgan hollarda VSP o’tkazish;

  • burg’ilash jarayonida istiqbolli obyektlarni kabelda yoki quvirlarda oqimga sinab ko’rish;

  • quduqlarni ishlatish tizmasida turli rejimlarda ishlatib ko’rish;

  • quduqlarning debitlari va ularning vaqt bo’yicha o’zgarishini baholash.

Sanoat ahamiyatidagi neft va gaz oqimlari olinganda mahsuldor gorizontlarning sizdirish-hajmiy xossalari (SHX) tadqiqot qilinadi, alohida quduqlarda neft va gaz oqimilarini jadallashtirish bo’yicha ishlar amalga oshiriladi, neft, gaz, kondensat va suvning xossalari o’rganiladi.
Zarur bo’lgan hollarda izlov quduqlarini burg’ilash bilan bir vaqtda qo’shimcha batafsil dala geofizikasi tadqiqotlari o’tkaziladi.
Bu tadqiqotlar natijalari bo’yicha izlov burg’ilashni hisobga olgan holda tutqichning geologik modeli tekshiriladi va aniqlashtiriladi hamda qo’yilgan vazifalarni yechilganlik darajasi baholanadi, u to’liq yoki qisman yechilgan, yoki yechilmagan bo’lishi mumkin.
Uyumlarni izlash vazifasi agar uglevodorodlar uyumlari mavjud yoki yo’qligi isbotlansa to’liq yechilgan hisoblanadi. Uyumlarning mavjudligi izlov quduqlarining birida sanoat ahamiyatidagi neft yoki gaz oqimi olinishi bilan isbotlanadi. Sanoat ahamiyatidagi oqimning kattaligi iqtisodiy tushuncha hisoblanadi va ko’p omillar bilan aniqlanadi (geologik, iqtisodiy, iqlimiy va boshqalar).
Bu bosqichda olingan axborotlar C2 (qisman C1) toifa bo’yicha dastlabki zaxiralarni hisoblash imkonini beradi.
Agar burg’ilash bilan sanoat ahamiyatiga ega bo’lmagan uyum aniqlansa, boshqa izlov quduqlarini burg’ilash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmaydi.
Obyektlar izlov burg’ilashga sifatli tayyorlangan sharoitlarda uyumni mavjud bo’lmasligini kollektorlarning yo’qligi, ularning suvlanganligi, tutqichning germetik emasligi va boshqalar bilan tushuntirish mumkin. Bu sabablar tahlil qilingandan keyin ushbu tutqich salbiy natijalar bilan burg’ilashdan chiqariladi.
Vazifalarni qisman yechilganligi sabablari quyidagilar hisoblanadi:
sinashlarning yomon sifati, uglevodorodlarning kuchsiz oqimi, QGT ning axborotsizligi, istiqbolli gorizontlar bo’yicha kern olishni yetishmasligi.
Bundan tashqari, agar o’rganilayotgan maydonda seysmorazvedka va izlov burg’ilash ma’lumotlariga ko’ra tuzilma rejalarning mos kelmasligi aniqlansa, sifatsiz QGT, quduqlarni burg’ilash jarayonida sinab ko’rishlar va boshqalar bo’lmasa izlash vazifalari yechilmasdan qoladi. Muvaffaqiyatsiz burg’ilash sabablari aniqlangandan keyin lokal obyektda ishlarni davom ettirish yoki to’xtatish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Neft va gazni izlash bosqichlarining davomiyligi birinchi izlov qudug’ini joylashtirishdan birinchi sanoat ahamiyatidagi oqimni olishgacha bo’lgan vaqt bilan aniqlanadi.
Uyumlarni (konlarni) baholash bosqichosti

Baholashning maqsadi – istiqbolli maydonlarda aniqlangan neft va gaz konlarining va ochilgan konlardagi yangi uyumlarning zaxiralarini, sanoat ahamiyatida qidirish va ishlatishga tayyorlashning maqsadga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Bu bosqichostining asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi:



  • izlov burg’ilash bilan kam o’rganilgan uyumlar chegarasida (SNK, GSK) neft va gazga mahsuldor tog’ jinslarini ochish;

  • har bir quduqda kollektor qatlamlar va qoplamalarni ajratish, kernning laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlari va QGT maleriallari bo’yicha ularning sizdirish-hajmiy xossalarini (SHX) aniqlash;

  • neft va gazning sanoat ahamiyatidagi oqimini olish;

  • har bir aniqlangan uyum bo’yicha flyuidlarning qatlam va dala sharoitidagi fizik-kimyoviy xossalarini va gidrogeologik xarakteristikalarini aniqlash;

  • konning asosiy mahsuldor gorizontlarini geometriyasi hamda С1 va qisman С2 toifalar bo’yicha sanoat zaxiralarini hisoblash uchun ularning zaruriy parametrlarini aniqlash;

  • qidirish qavatlarini ajratish.

Konlarni baholashda tadqiqotlarning namunaviy kompleksi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • chuqur quduqlarni burg’ilash, mahsuldor gorizontlar oralig’ida kern olish, to’liq hajmda QGT, quduqlarni sinab ko’rish va sinash, neft va gaz oqimlarini jadallashtirishning turli usullari;

  • kern va flyuidlarni laboratoriya tadqiqotlari; uyumlarni sinov ishlatish; mukammallashtirilgan seysmorazvedka ishlari; mahsuldor yotqiziqlar bo’yicha tuzilma xaritalarini aniqlashtirish.

Konni baholash natijalariga bog’liq holda oqilona qidirish loyihasi tayyorlanadi. O’zlashtirilgan rayonlarda joylashgan katta bo’lmagan konlar odatda bevosita ishga tushiriladi va ishlatish quduqlari bilan toqidiriladi. Baholangan konlar yoki uyumlar balans toifaga kiritilishi mumkin yoki vaqtincha konservatsiyalanadi va zaxiradagilar safiga kiritilishi mumkin.
Ochilgan konni baholash, agar unda С1 toifa zaxiralarning nisbatiga erishilgan bo’lsa, tugallangan hisoblanadi (jadval).
jadval Turli sinf zaxiralari konlari bo’yicha izlash va baholash bosqichlarini yakunlash uchun yetarli bo’lgan С1 toifa zaxiralarining ulushi


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling