Namunalash turlari va usullari
Izlov quduqlarini joylashtirish sistemasi
Download 1.53 Mb.
|
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izlov quduqlarini burmaning gumbazida joylashtirish.
Izlov quduqlarini joylashtirish sistemasi
Neft va gaz uyumlarini izlash amaliyotida tutqichlarning konfiguratsiyasi, ularning o’lchamlari, tuzilmani bir nechta bloklarga ajratuvchi yer yoriqlarining mavjudligi, kollektorlarning turi va boshqalarga bog’liq holda quduqlarni joylashtirishning bir qancha usullari bor. Quduqlar orasidagi ratsional masofani tanlash uchta omil bilan belgilanadi: uyumning taxmin qilinayotgan o’lchamlari, uning tektonik tuzilishi va kollektorlarning litologik xarakteristikalarini o’zgaruvchanligi. Quyida izlov quduqlarini joylashtirish usullarining qisqacha tavsifi keltirilgan. Izlov quduqlarini burmaning gumbazida joylashtirish. Xorijda XIX – XX asrlarda neft va gazni antiklinal yotish nazariyasi tan olingandan so’ng birinchi (izlov) quduqni geologik suratga olish ma’lumotlariga ko’ra antiklinal burmaning gumbazida joylashtirib boshlashdi. Ikkinchi quduqni (agar birinchisi mahsuldor bo’lsa) uyumning chegarasidan chiqmagan holda imkoni boricha keng maydonni ochishga muljallab joylashtirishdi. Ikkinchi quduqning maqsadi – neftli maydonning o’lchamlarini aniqlashdan iborat. XX asrning 30-yillari boshida Rossiya olimlari A. I. Kosigin, I. O. Brod, M.V.Abramovich va M.I.Gutmanlarning ishlarida ko’rsatib o’tildiki, yotqiziqlarining kesimi yetarli darajada o’rganilmagan tuzilmalarni burg’ilash jarayonida mahsuldor qatlamlarni ochish va sinashda gumbazda faqatgina bittagina chuqur quduqni burg’ilash bilan chegaralanmaslik kerak. Bu quduqda avariya (halokat) yoki murakkabliklar yuzaga kelgan hollarda burmaning qanotlarida hatto ikkita quduq mavjud bo’lganda ham agar ular uyumning kontur ortida joylashgan bo’lsa, izlov vazifalarini yechib bo’lmaydi. O’xshash tuzilma sharoitlarida, ya’ni burmaning gumbaz qismida minimum ikkita quduq burg’ilash tavsiya etilgan. Chunki, birinchi quduqni burg’ilash tajribasi va u bilan ochilgan yotqiziqlar kesimidan olingan ma’lumotlardan ikkinchi quduqni muvaffaqiyatli o’tish uchun foydalanish mumkin. Shunday qilib, tuzilmaning gumbaz qismida ikkita quduq burg’ilash, ayniqsa uyum cho’ziq shaklga ega bo’lganda, izlov vazifalarini bajarish ishonchliligini oshiradi, maydonda qidiruv ishlariga qaror qabul qilish uchun ma’lumotlarning hajmi uyum bitta nuqtada ochilgandagiga nisbatan katta bo’ladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling