5. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
Inklyuziya va inklyuziv ta’lim tushunchasi. O‘quvchilarni jismoniy, intellektual, ijtimoiy, emotsional, tili va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar birga o‘qitishni tashkil qilish. Bunda yuzaga keladigan muammolar va ularni samarali hal etish usullari.
Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilishga oid me’yoriy hujjatlar. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni umumta’lim maktablarida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda ta’lim olishlarini qo‘llab‑quvvatlashning turli strategiyalari.
Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning psixologik jihatlari.
6. Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari:
– qonunchilik normalarini bilish hamda ularga rioya qilish;
– mamlakatda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlardan xabardor bo‘lish;
– ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatida samarali foydalana olish;
– o‘z kasbiy faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
– bola huquqlari to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va ularga rioya qilishni tashkil etish.
7. Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
Fandagi yangiliklar, kashfiyot va ixtirolar. Fanning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha dolzarb muammolar, yangiliklar, ilmiy izlanishlar, dissertatsiyalar, ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar, anjumanlar materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish.
Fanning yangi tahrirdagi DTS, modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari va ularning tahlili.
Fanni o‘qitish bo‘yicha ilg‘or pedagogik tajribalar va ularni amalda qo‘llash. Darslarda interfaol metodlardan foydalanish.
Ayrim murakkab mavzularni o‘qitish samaradorligini oshirish omillari.
Fan bo‘yicha ma’ruza, seminar, amaliyot, laboratoriya ishi, trening, ochiq mashg‘ulot va boshqa mashg‘ulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish.
Fanni o‘qitishda elektron darsliklardan foydalanish.
Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish shakl va usullari
Uzluksiz kasbiy rivojlanish, shu jumladan mustaqil malaka oshirish va bilim olishning tashkiliy, uslubiy asoslari.
Fan bo‘yicha o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini aniqlash, tahlil qilish, o‘rganish, yozish, umumlashtirish, ommalashtirishning zamonaviy texnologiyalari, shakl va usullari. Fanni o‘qitishda to‘plangan ilg‘or tajribalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |