Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi o‘quv rejasidagi modullarining mazmuni
1. Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish
O‘quvchilarning sinfdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning verbal
va noverbal usullari: fikr bildirish, tuzatishlar kiritish, olqishlash, savollar berish.
Boshqalar fikrini hurmat qilish. O‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira olish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarish qo‘yish) muloqot maneralari va ulardan samarali foydalanish.
O‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan (qo‘llab-quvvatlash, konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot maneralari. O‘qituvchining kasbiy-pedagogik kompetentligi.
Ta’lim jarayoni sifatini oshirish va o‘quvchilarning o‘quv ehtiyojlarini qondirishda o‘z hamkasblari bilan AKTning turli vositalari yordamida muloqotni o‘rnatish va hamkorlik qilish.
O‘qituvchilarning global tarmoqdagi turli pedagogik hamjamiyatlari
va ulardan ta’lim sifatini oshirishda foydalanish.
PR (jamoatchilik bilan aloqalar)ni tashkil etish usullari. Ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlar.
Boshqalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga qaratilgan muloqot maneralari.
2. AKT va mediasavodxonlik
AKTdan foydalangan holda o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ta’lim strategiyalari.
Ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish xavfsizligi, mas’uliyati va axloqiy normalari. “Kundalik” avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimi.
Ta’lim mazmuniga mos bo‘lgan AKTni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning turli strategiya va yondashuvlari. Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan axborot resurslari. Raqamli texnologiyalar.
Ommaviy axborot vositalaridagi media kontentni tushunish, mediasavodxonlik elementlarini o‘zida mujassam etgan holda ularni o‘quvchilarda shakllantirish metodikasi.
Turli vositalar orqali turli shakldagi axborotlarni tahlil qilish, baholash, boshqarish va yangi ma’lumotlarni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |