Namunaviy va ishchi o'quv dasturi


Download 11.23 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi11.23 Kb.
#1327853
Bog'liq
O’QUV DASTURI —-WPS Office


O’QUV DASTURI — ta’lim tizimidagi har bir o’quv fanining mazmuni va o’tilish tartibini, o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim hamda ko’nikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. O’zbekistonda O’quv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir O’quv dasturi uqtirish xati, o’quv fani mazmunining qisqa bayoni, o’quvchilarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar singari 3 qismdan iborat. O’quv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish O’quv dasturining muhim belgisidir. Chunki ayni shu narsa yaratiladigan o’quv darsligi muallifiga muayyan nuqtai nazarni tanlash, o’qituvchiga esa pedagogik mo’ljalni to’g’ri belgilash imkonini beradi. Ta’lim amaliyotida O’quv dasturi yaratishning kontsentrik (markazlashgan) hamda tizimli usullari bor. Kontsentrik yo’l bilan tuzilgan O’quv dasturida ta’limning mazmuni yoki o’quv materiallari o’qitishning keyingi bosqichida yuksakroq darajada takrorlanishi ko’zda tutiladi. Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan o’quv fanlari bo’yicha O’quv dasturilari shu usulda tuziladi. Tizimli usuddagi O’quv dasturilarida o’quv materiallari fan mantig’iga muvofiq soddadan murakkabga qarab ketma-ket joylashtiriladi. Maktabning boshlang’ich sinfdan keyingi bosqichlarida qo’llaniladigan bu usudda ortiqcha takrorlarga yo’l qo’yilmaydi, har bir mavzuning o’z o’rnida o’tilishi ko’zda tutiladi. Ta’limning O’quv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali qurol va metodik tavsiyalarda to’la namoyon bo’ladi.

Namunaviy va ishchi o'quv dasturi
Fanni o'rganish uchun rejalashtirilgan mavzular ta’lim stan- dartlaridan kelib chiqqan holda, qo'yilgan maqsadga ko'ra namunaviy va ishchi o'quv dasturida o'z ifodasini topadi.

O'quv dasturi fanni o'rganish bo'yicha hujjat hisoblanib, bo'lajak mutaxassisga qo'yilgan talablarga mos holda ta’lim mazmunini va uni o'quvchi, talabalar tomonidan o'zlashtirishni tashkil etish usullarini aks ettiradi.

O'quv dasturlari alohida o'quv predmetlari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar mazmuni va hajmini, ularni o'rganish ketma-ketligini belgilaydi.

Har bir mavzu bo'yicha fan uchun ajratilgan soatdan kelib chiqqan holda, mavzuning mazmunini o'zlashtirish uchun uning xususiyatlarini, mavzuni murakkabligi, o'zlashtirish zarur bo'lgan masalalar, qo'yilgan muammo va boshqalarni hisobga olib o‘quv jarayonini tashkiliy shakllari bo'yicha vaqt ajratiladi.

Har bir mavzu o'rganiladigan fanning shu mavzu doirasidagi qisqacha mazmunini ifodalaydi.

Dastur fanning mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda tarmoq standartlariga muvofiq ravishda shu fan o'quvchi-talabalarda qanday bilim va ko'nikmalarni shakllantirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda tayyorlanadi. O'quv dasturi namunaviy va ishchi o'quv dasturidan iborat bo'lib, ishchi o'quv dasturi namunaviy dastur asosida tuziladi.

O’QUV REJASI o’quv yurtlarida o’qitiladigan fan, ularning bo’limlari, o’qitilish tartibi hamda har bir fanning yil davomida o’qitilishi, ularning o’quv yili va haftasida qancha miqdorda o’tilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. O’zbekistonda O’quv rejasi tegishli vazirliklar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Bir tipdagi o’quv yurtlari uchun O’quv rejasi yagona va majburiydir. Shu bilan birga, har bir o’quv yurti O’quv rejasini belgilangan miqdorda o’zgartirishi mumkin. Shuningdek, mamlakatdagi tayanch oliy o’quv yurtlari uchun o’ziga xos O’quv rejasiga ega bo’lishga ruxsat etilgan. O’quv rejasining umumiy va majburiyligi ta’lim tizimi bosqichlarining uzluksizligini, jamiyatning barcha a’zolariga ilm olishning bir xil imkoniyatlarini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilganligi uchun ham O’quv rejasida ta’limning insonparvarlashuviga alohida e’tibor berilgan. O’quv yurtlarining O’quv rejasi muayyan qismlardan iborat bo’lib, ularda o’quv yurti o’quvchisi, talabasi yoki tinglovchisida shakllantirilishi lozim bo’lgan ilmiy, ma’naviy, kasbiy sifatlar hamda amaliy ko’nikma va malakalar hisobga olingan.
Download 11.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling