Nanozarralar va ularning klassifikatsiyasi, qo`llanilishi


Download 15.73 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi15.73 Kb.
#1103663
Bog'liq
Chala maqola


Nanozarralar va ularning klassifikatsiyasi, qo`llanilishi.
Ismatov Asqar NavDPI magistri asqarismatov878@gmail.com
Mirzaqandova Sohibjamol NavDPI talabasi sohi9093@gmail.com
Annotatsiya: Quyidagi ko`rib chiqilayotgan maqolaning maqsadi bu optika, elektronika, biotibbiyot , biosensorika va farmatsevtika sohalaridagi ilmiy qiziqishlarni Nanotexnologiya sohasining muhim qismi bo`lgan nanozarrachalarga urg`u bergan holda hozirgi tadqiqotlarda aks ettirish. Ushbu maqolada organik va noorganik molekulalarning 1D, 2D va 3D strukturali nanozarrachalarining klassifikatsiyasi va keng qamrovli qo`llanilishiga oid umumiy xulosalari keltirilgan. Nanozarrachalardan foydalaniladigan nanotexnologiyalarni tibbiyot, energetika, elektronika, ishlab chiqarish va materialshunoslik, oziq-ovqat xo`jaligi, tekstil, tabiiy va qayta tiklanadigan energiya , kvant kompyuterlari, ultrabinafsha himoyasiva iqtisodiy tarmoqlar kabi ko`plab sohalarda qo`llash mumkin.
Abstract: The purpose of this review article is to reflect the emerging importance of Nanotechnology with emphasis on nanoparticles with a current research of scientific interest in biomedical, pharmaceutical, optical, biosensors, and electronicareas. In this article, a general overview of classification of nanoparticles such as 1D, 2D and 3D structures of organic and inorganic molecules exhibiting a wide range of applications in different fields of knowledge. Nanotechnology employing nanoparticles can be applied toany field of medicines, energy, electronics, manufacturing and materials, food agriculture, textiles, environment, renewable energy, quantum computers, UV protection and industrial catalysts.

Nanotexnologiya – bu fizikaning turli sohalarini, kimyo, biologiya, materialshunoslik, sog`liqli saqlash fanlari va muhandislik hamda nanoo`lchamdagi materiallar va asboblarni qo`llashni o`z ichiga olgan fan sohasi. ``Nano`` so`zi yunoncha ``nanos`` so`zidan kelib chiqqan bo`lib , mitti yoki juda kichik degan ma`noni anglatadi. ``Nano`` nanofan, nanotexnologiya, nanomaterial yoki nanokimyoning turli sohalarida keng ko`lamli yondashuvlarga ega . Nanotexnologiya kichik obyektlarni uning xususiyatlariga ko`ra nanozarralar deb atalgan zarralar bilan aniqlaydi. Nanozarralar noorganik materiallarga tegishli o`lchami 1 nm dan 100 nm gacha bo`lgan o`ta nozik molekulalardir (1-jadval). Nanozarrachalar kamida bitta yo`nalishda 1 mikrometrdan kichikroq va taqriban atom yoki molekula o`lchamida bo`ladi (~0,2 nm)


Nanotexnologiya ham biotexnologiya ,ham terapevtika sanoatlarini umumiy manzarasi bo`lgan nanotibbiyot sohasida nanozarralardan foydalanish maqsadlarini ham o`z ichiga oladi. Ba`zi nanozarrachalar hatto dori tashuvchi sifatida ishlatiladigan qattiq, submikro o`lchamdagi farmasevtik nanozarralar sifatida foydalanilishi mumkin. Asosiy e`tibor uglerod nanoturbalari, fullerenlar, dendrimerlar, kvant nuqtalari, koptoklari, nanotasmalar kabi zarrachalarga va ularning tadqiqot va innovatsiyalarning turli sohalarida qo`llanilishiga qaratilgan. Moslashtirilgan sirtga ega, ko`p funksiyali eruvchankigi yaxshilangan nano-o`lchamli obyektlar
Download 15.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling