Naqd pulsiz hisob kitob shakllari


Download 23.74 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi23.74 Kb.
#1307731
Bog'liq
Naqd pulsiz hisob kitob shakllari333


Naqd pulsiz hisob kitob shakllari
Naqd pulsiz hisob – kitob shakllariO‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to‘g‘risida» gi 60 – sonli Nizomga asosan tashkil etiladi.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini joriy etish, umumiy talab va qoidalarini belgilash hamda nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston tijorat banklari, tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlar asosida mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini amaliyotga joriy etadi:
to‘lov topshiriqnomalari;
to‘lov talabnomalari;
akkreditiv;
inkasso topshiriqnomasi;
hisob cheklari bilan hisob – kitoblar.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi tijorat banklari xizmatlarining turlarini oshib borishiga turtki bo‘lmoqda. Mana shunday xizmatlardan biri naqd pulsiz hisob – kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish bo‘lib, hozirgi paytda hisob – kitoblarning ushbu shakli asosan aholi va xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida qo‘llanilmoqda. Ta’kidlash lozimki, plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish juda qulay va oson bo‘lib, kelgusida aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul – hisob – kitob hujjatlaridan foydalanadi:
– to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan tovarlar yoki xizmatlar uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka beradi;
– to‘lov talabnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz jo‘natgan mol yoki ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib berish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka taqdim etadi;
inkasso topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida Markaziy bank tomonidan belgilab qo‘yilgan tashkilotlar to‘lovchining hisobvarag‘idagi mablag‘ni uning roziligini olmasdan tegishli manzilga o‘tkazib berish haqida bankka topshiriq beradi, agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ yetarli yoki mavjud bo‘lmasa inkasso topshiriqnomasi kartoteka 2 da hisobga olib boriladi;
– akkreditivga ariza, mijoz sotib oladigan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga taqdim etadigan hujjat hisoblanadi;
Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi.
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‘ldi. Xususan:
– metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi;
– qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqarildi.
Metall pullar tizimi sharoitida metall qanday shaklda bo‘lishidan qa’tiy nazar, to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi ikkiga bo‘linib, birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm sifatida guruhlanadi.
Bimetallizm – bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi.
O‘z navbatida bimetalizm tizimi uchta shaklda amal qildi:
birinchidan, parallel valyuta tizimi, ushbu metall pullar o‘rtasidagi munosabat ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda stixiyali ravishda o‘rnatildi;
– ikkinchidan, ikkiyoqlamali valyuta tizimi, metall pullar o‘rtasidagi munosabat davlat tomonidan belgilandi va shuning asosida oltin va kumush tangalar zarb qilindi;
uchinchidan, «oqsoq» valyuta tizimi – ushbu tizimda oltin va kumush tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida xizmat qildi, lekin kumush tangalar yopiq holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. «Oqsoq» valyuta tizimi deyilishiga sabab kumush tangalar ushbu davrda to‘laqonli valyuta sifatida umum ekvivalent rolini amalga oshirmaydi.
Muomalada ikkita metall pulning vazifasini bajargan paytda ular o‘rtasida bahoni aniqlashda muammolar va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Shu bilan birga, pul tizimining bimetllizm shakli beqaror va bir – biriga o‘zaro qarama – qarshi edi. Shuningdek, rivojlangan tovar – pul munosabatlari sharoiti talablariga yetarli darajada javob bermas edi.
Pul tizimining bimetallizm shakli hukm surgan davri asosan XVI – XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866 yillarda bimetallizm pul tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning qiymatini oltinga nisbati rasmiy belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, o‘sha paytda kumush va oltin o‘rtasida munosabat 15,5:1 nisbatda o‘rnatildi.

Xulosa
Yuqoridagi ma’lumotlarga ko’ra Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi ijtimoiy – iqtisodiy yagona umumekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish zarurligini ko‘rsatdi. Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi.
Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib kela boshladi.
Xalqaro valyuta – kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda to‘liq va XX asrning boshlarigacha muomalada oltin asosiy rol o‘ynadi. Oltin standartining rivojlangan davri 1880 – 1914 yillarga to‘g‘ri keladi.
Monometallizm o‘z navbatida oltin tanga, oltin quyma va oltin deviz standartini o‘z ichiga olar edi.
Oltin tanga standarti tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin pulning barcha funksiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul tizimi talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo‘lgan oltin tanglar “avtomatik ravishda” jamg‘armaga yo‘naltirildi, muomalada qo‘shimcha to‘lov vositasiga ehtiyoj tug‘ilganda ular jamg‘armadan muomalaga qaytariladi.
Download 23.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling