- To‘lov talabnomasi – pulni olishi kerak bo’lgan tomon, to‘lovchi to‘lov talabnomasida ko‘rsatilgan summani, bank orqali to‘lashi to‘g‘risidagi talabi ko’rsatilgan hujjati.
- To‘lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun, shuningdek pulni oluvchi va pulni to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin.
- To‘lov talabnomalari ushbu turlarga bo‘linadi:
- akseptli to‘lov talabnomasi – talabnomada nazarda tutilgan summa to‘lovchi tomonidan akseptlanganidan (tan olinganidan) so‘ng, to‘lovlar amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjati;
- akseptsiz to‘lov talabnomasi – talabnomada ko’rsatilgan summa mablag‘larni to‘lovchining roziligi bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat'i nazar, to‘lovlar amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjati.
To‘lov talabnomasi bitta operatsiya bo‘yicha qayt taqdim etilishi mumkin emas, birinchi to‘lov talabnomasi mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka kelib tushmagan hollar bundan mustasno. - To‘lov talabnomasi bitta operatsiya bo‘yicha qayt taqdim etilishi mumkin emas, birinchi to‘lov talabnomasi mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka kelib tushmagan hollar bundan mustasno.
- To‘lov talabnomasi pulni oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi ikki nusxada tuzilgan Reestr bilan birga unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilinadi. Reestrning birinchi nusxasi tashkilot rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bosilgan bo‘lishi kerak, tashkilotda bosh buxgalter bo‘lmagan hollar bundan mustasno. Reestrning birinchi nusxasida qabul qilish sanasi ko‘rsatilib, buxgalterning imzosi va bank tomonidan, buxgalterga biriktirib qo‘yilgan muhr bilan tasdiqlangan holda, pulni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankda qoladi.
- Reestrning ikkinchi nusxasida, qabul qilish sanasi ko‘rsatilib, buxgalterning imzosi va bank tomonidan buxgalterga biriktirib qo‘yilgan muhr bilan tasdiqlangan holda, pulni oluvchiga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |