Naqd pulsiz hisob-kitoblarning aksept shakli.
To'lov topshirig'idan foydalangan holda hisob-kitoblar korxonaning o'ziga xizmat ko'rsatuvchi bankka o'z hisob varag'idan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schyotiga o'tkazish to'g'risidagi topshirig'i hisoblanadi. Bunda to'lovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriqnoma taqdim etadi. Topshiriqnomalar yozilgan kundan boshlab 10 kun davomida amal qiladi (yozilgan kun hisobga kirmaydi). Tomonlarning kelishuviga ko'ra topshiriqnomalarga asoslangan to'lovlar muddati, muddatdan oldin va muddati o'zgartirilgan bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |