Naqshbandiya shayxlarining


Download 14.39 Kb.
Sana10.03.2020
Hajmi14.39 Kb.

NAQSHBANDIYA SHAYXLARINING

muqaddas so‘zlari

KIRISH

Bismillahir rohmanir rohiym

Olamlarning Rabbi bo‘lgan Allohga hamd, hidoyat yo‘lining rahbari bo‘lgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va dastlab Uning sahobalaridan tashkil topgan qiyomat kuniga qadar Uning yo‘lini tark etmaganlarga salovat va salomlar bo‘lsin.

* * *

Qadrli, kitobxon! Qo‘lingizdagi kitob bir qancha risolaning bir joyga jamlanishi orqali yuzaga kelgan asli arabcha saralangan asardir. Kitobning ilk sahifasida ilmiy hay’at tomonidan saralanib nashrga topshirilganligi, asarning yuzaga kelishida asosiy xizmati singgan Ahmed Hilmi Kug‘iy janoblari ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, so‘nggi sahifada yuqorida nomi tilga olingan shaxs tomonidan kitobning milodiy 1979- yil 20- dekabrda saralab tugallanganligi ifodalangan.



Kitobni yuzaga keltirgan risolalarning mushtarak mavzusi tasavvufiy manqabalar va hikmatli so‘zlardir. Bu manqabalar va hikmatli so‘zlar hijriy 1287 (milodiy 1866)- yilda vafot etgan G‘avs ul-A’zam Sayyid Sibg‘atulloh Arvosiy, hijriy 1304 (milodiy 1883)- yilda vafot etgan Saydo Shayx Abdurahmon Tog‘iy, hijriy 1317 (milodiy 1897)- yilda vafot etgan Shayx Fathulloh Varkansiy Bitlisiy, hijriy 1342 (milodiy 1922)- yilda vafot etgan Shayx Muhammad Ziyouddin Nurshiniy va Shayx Sayyid Muhammad Sharif Arbakandiy – quddisa sirruhu – hazratlarining hayotiy hikoyalari, so‘z va qaydlaridan tuzilgan.

Kitobxonga shu zahoti ayon bo‘lganidek, kitobdagi manqaba va hikmatli so‘zlar irshodlarining munavvarligi hozirgi kunlarimizga qadar yetib kelgan, yaqin yillarda yashagan va bu jihatdan davrimizni ta’sirlantirgan, xotiralari hanuz butun borlig‘i bilan yashayotgan shayxlarga tegishlidir. Shu sababli kitobning ba’zi o‘quvchilari asar sahifalari bo‘ylab sayr qilarkan, Sharqiy Onado‘li hududida yashagan va irshod nurini taratgan bu buyuk ko‘ngil sultonlari bilan bog‘liq bir qancha tanish joy va shaxs nomlariga duch kelishlari mumkin.

Kitobda salmoqli o‘rin tutadigan, muvaffaqiyatini ta’minlagan ko‘ngil sultonlari, yuqorida nomlari zikr etilganlar orasida, ayniqsa, G‘avs ul-A’zam Sayyid Sibg‘atulloh Arvosiy, Saydo Shayx Abdurahmon Tog‘iy va Shayx Fathulloh Varkansiy Bitlisiy – quddisa sirruhu – hazratlaridir.

Kitobxon bu buyuk ko‘ngil sultonlarining manqaba va hikmatli so‘zlarini o‘qirkan, ularning qalblarda qanday taxt qura olganliklarini, olomonni qay tarzda maftun qilib xizmatlariga kamarbasta aylaganliklarini osongina anglab yetadi. Qalblaridagi cheksiz insoniy ishqi, so‘zlarining hayratomuz oddiyligi, ochiqligi bilan birga purma’noligi va o‘ylantiruvchanligi, muhtasham salobatlari bilan birga kamtarinliklari, hayotlarining tun-u kunini insonlarga ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan ezgulik qila olish maqsadiga bag‘ishlagan kuchli va aslo manfaat ko‘zlamaydigan tugamas g‘ayratlari darhol ko‘zga tashlanadi.



* * *

Yanada chuqurroq mushohada yurita oladigan kitobxon anglashi mumkin bo‘lgan jihat shuki, materialist g‘arb dunyoqarashiga moslashgan ong madaniyatni faqat asfalt ko‘chali, avtomobilli shaharlardan, ko‘z qamashtiruvchi iste’mol mahsulotlari bilan bezatilgan peshtaxtalardan, yuksak qavatli binolarning qandilli, televizorli, kutubxonali zallaridan qidiradi. İlmning ham faqat shunday joylarda paydo bo‘lib, shakllanadigan ko‘rkam universitetlar bilan, bu universitet miqyosida o‘rgatilgan madaniyat va tadqiqot atroflarida topilishi mumkinligini faraz qiladi.



Ojizona fikrimizga ko‘ra, qo‘lingizdagi asarda keltirilgan manqaba va tanlangan so‘zlarni o‘qigan ko‘ngil fotihlarimizning yashagan joylari qush uchmas, karvon qo‘nmas, yo‘lsiz, suvsiz, elektr energiyasisiz va shu jihati bilan tajribasiz, ma’lumotsiz, madaniyatsiz bir “mahrumiyat” makonidir.
Download 14.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling