Naqt pulsiz hisob kitoblar bo'yicha to'lovlarni amalga oshirish
II BOB. NAQD PULSIZ TO'LOVLARNI AMALGA OSHIRISHDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH PRINTSIPI
Download 291 Kb.
|
NAQT PULSIZ HISOB KITOBLAR BO\'YICHA TO\'LOVLARNI AMALGA OSHIRISH
II BOB. NAQD PULSIZ TO'LOVLARNI AMALGA OSHIRISHDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH PRINTSIPI.
2.1. To’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanish sxemasi To’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar umumlashgan holda kanday amalga oshirilishini to’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblarning hujjatlar aylanishi sxemasi orqali yaqqol ko’rish mumkin. 3-sxema. To’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanish sxemasi Hisob markazi 8 Mahsulot jo’natuvchi 4 Mahsulot oluvchi 7 korxona banki korxona banki 5 6 3
Mahsulot oluvchi Mahsulot jo’natuvchi korxona korxona Mahsulot jo’natuvchi korxona bilan mahsulot oluvchi korxona o’rtasida xo’jalik shartnomasi tuziladi. Mahsulot jo’natuvchi korxona mahsulot oluvchi korxonaga tovar jo’natadi. Mahsulot jo’natuvchi korxona o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bank bo’limiga to’lov talabnomasi va tovar-trasport hujjatlarini taqdim qiladi. Mahsulot jo’natuvchi korxona banki mahsulot oluvchi korxona bankiga pochta yoki kurerlar orqali hujjatlarni jo’natadi. Mahsulot oluvchi korxona banki kelib tushgan to’lov talabnomasini aktseptlash uchun mahsulot oluvchi korxonaga beradi. Korxona o’z bankiga aktseptlangan talabnomani taqdim etadi. Mahsulot oluvchi korxona banki talabnomada ko’rsatilgan summani to’lovchi korxona hisobvarag’idan chegirib, talabnoma bo’yicha to’lovni amalga oshiradi. Mahsulot oluvchi korxona banki Hisob-kitob markaziga to’langan elektron to’lov talabnomasini modem orqali jo’natadi. Hisob-kitob markazi elektron to’lov tizimi orqali to’langan talabnomani mahsulot sotuvchi korxona bankiga o’tkazadi. (Hisob-kitob markazida bo’ladigan operatsiyalar boshqa mavzuda batafsil ko’rilishi sababli u erda Hisob-kitob markazida bajariladigan ishlar batafsil yoritilmadi.) Mahsulot sotuvchi korxona banki talabnoma summasini mahsulot sotuvchi korxonaning hisobvarag’iga o’tkazadi. To’lovning kelib tushganligini habar qilish uchun kompyuterda chiqarilagan elektron to’lov talabnomasining ikkinchi nusxasini hisobvaraqdan ko’chirma bilan birgalikda mahsulot sotuvchi korxonaga topshiradi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari kabi to’lov talabnomasi bo’yicha hisobkitoblar xam ma’lum bir afzallik va kamchiliklarga ega. To’lov talabnomalari bilan hisobkitoblarnig afzalliklari quyidagilardan iborat: Mahsulot sotuvchi bilan mahsulot oluvchi tomonlar bir-birini o’zaro nazorat qilishga qulay. Mahsulot oluvchiga tovarni jo’natish kechiktirilmaydi. Mol jo’natuvchi bilan hisob-kitob qilish uchun mahsulot oluvchining mablag’ini aloxida hisobvaraqda deponent qilib ko’yish talab etilmaydi, ya’ni to’lovchining mablag’lari biror muddatga oborotdan tashqariga chiqib ketmaydi. To’lovchiga taqdim etilgan hujjatlar asosida mol etkazib beruvchining shartnoma shartlari qay darajada bajarilishini tekshirish huquqi beriladi, shu bilan birga shartnoma shartlaridan biri buzilgan holda to’lov to’lashdan bosh tortish huquqiga ega bo’ladi. Mol oluvchi hisobvarag’idan aktseptsiz talabnomalar bo’yicha mablag’larning majburiy olinishi mahsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko’rsatgan tomon manfaatlariga mos keladi. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning kamchiliklari kuyidagilar: Mahsulot sotuvchi korxonaga to’lovning o’z vaqtida o’tkazilishi kafolatlanmaydi. To’lov o’tkazilishi bilan tovar jo’natilishi vaqtining bir-biriga mos kelmasligi. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblarda hujjatlar aylanishi to’lov topshirig’iga nisbatan uzoqroq davom etadi. Umuman, to’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning ishlatilishi ko’p hollarda 2kartotekadan o’z vaqtida to’lanmagan to’lov talabnomalarning ko’payishiga sharoit yaratadi, chunki talabnoma bankka to’lov uchun kelib tushgan vaqtda to’lovchining hisobvarag’idan har doim ham to’lovni amalga oshirish uchun etarli pul mablag’lari bo’lmaydi. Kartotekaga qo’yilgan har bir to’lov talabnomasi respublika xalq xo’jaligi debetorlik va kreditorlik qarzlarining oshganligidan dalolat beradi. Shu sababli, respublika banklari o’z mijozlarining kartotekadagi hujjatlari va ularni to’lash bo’yicha qanday ishlar olib borilayotganini nazorat qilib turadilar. Download 291 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling