Narkotik analgetiklar rahmatova sabohatning vazifasi
Download 292.67 Kb.
|
FKL 10 RAHMATOVA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narkotik analgetiklar
FARMAKOLOGIYA FANIDAN 10-MUSTAQIL ISH NARKOTIK ANALGETIKLAR RAHMATOVA SABOHATNING VAZIFASI Og`riq sezgisi aloxida sezuvchi nervlarning retseptorlari-notsitseptorlar ishtirokida bajariladi. Bu retseptorlar organizmning hamma to`qimalarida joylashgan sezuvchi nervlar (afferent nervlar yoki markazga intiluvchi nervlar) tolalarining oxirida bo`lib, mexanik, fizikaviy, kimyoviy ta'sirlar natijasida ularda impulslar xosil bo`ladi va ular nerv tolalari orqali orqa miyaga kirib, ko`tariluvchi afferent yo`l bilan retikulyar formatsiyaga, talamus, gipotalamus, bazal gangliyalar, limbik tizim va nixoyat bosh miya po`stlog`idagi sezish markaziga boradi, shundagina og`riq seziladi. Og`riq sezishni idrok etish insoniyatning evolyutsion taraqqiyot jarayoni davomida paydo bo`lgan fiziologik holatdir. Bu xisning asosiy zaruriyati odam organizmiga xavf solayotgan ta'sirot to`g`risida ogohlantirish, shu bilan birga bunga qarshi tadbir ko`rish va bo`lajak ko`ngilsiz asoratlarning oldini olish imkoniyatlarini ishga solishdir. Boshqacha aytganda, og`riqni bo`lishi organizmni xavfli ta'sirlardan ximoya qilishga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda og`riq sezgisi jarroxlik yo`li bilan bemorlarga davo ko`rsatishda katta to`siq xisoblanadi. Haddan tashqari og`riqning kuchli bo`lishi uyquni buzilishiga, notinchlikka, ish qobiliyatini pasayishiga, ayniqsa,ancha xavfli bo`lgan karaxtlik xolatiga sababchi bo`lishi mumkin. Masalan, miokard infarkti, o`tkir pankreatit, buyrak toshlari xuruji, suyaklarni sinishi, katta jaroxatlanishlar va shikastlanishlarda shu xolatlar kuzatilishi mumkin. Og`riq sezgisi retseptorlarini endogen moddalar ham ta'sirlab, og`riqqa sabab bo`lishi mumkin (masalan, gistamin, bradikinin va b.). Og`riq sezish faqat jaroxatlanish, lat eyishda bo`lib qolmasdan, to`qimalarni yallig`lanishi, shishlar, ezilish, yaralarda paydo bo`lishi mumkin.Shuni aytib o`tish kerakki, o`tgan asrning 70-yillarida hayvonlarning miya to`qimasida og`riq qoldiradigan moddalar topildi (Djo Xyuz, Xao Li). Ular neyropeptidlar bo`lib, o`z tarkibida turli aminokislotalar qoldig`ini saqlaydi (endorfin, enkefalin, dinorfinlar). Ushbu neyropeptidlar og`riq impulslarini o`tkazishda qatnashadigan opiat retseptorlariga ta'sir ko`rsatib, og`riq qoldirish xossasiga ega. Bu soxada narkotik analgetiklarning o`rnini bosadigan og`riqsizlantiruvchi neyropeptidlarga o`xshash moddalarni olish to`g`risida ishlar olib borilgan.Og`riq qoldiradigan moddalar o`zining uzoq tarixiga ega. Inson qadim zamonlardan og`riqqa qarshi chora topishga intilgan. O`tmishda insonlar bu maqsadda tabiat yaratgan o`simliklar-ko`knori, qoradori, nasha, mandrigora va boshqalardan foydalanilgan. o`rta asrga kelib, o`simlik va boshqa maxsulotlardan dori preparatlarini yaratish boshlandi. Keyinchalik esa kimyo fanining rivojlanishi bilan o`simlik xom-ashyosidan va boshqa maxsulotlardan ta'sir etadigan sof moddalaralkaloidlar va b. ajratib olina boshlandi. Masalan, 1803 yilda farmatsevt Sertyurner tomonidan ilk bor opiydan (qora dori) toza alkaloid-morfin ajratib olindi. 1953 yilda esa uni kimyogarlar laboratoriyada sintez qilishga erishdilar. Lekin sanoatda bu yo`l bilan morfin ishlab chiqarish juda ham murakkab bo`lgani uchun, hozirda uni faqat opiydan ajratib olinadi va dori vositasi sifatida tavsiya etiladi. Opiy tarkibida 10-11 % morfin bo`lib, uni 1/3 qismi tibbiyotda dori preparati sifatida qo`llanadi. Hozirda ko`knori ekish cheklangan va qattiq nazorat ostiga olingan. Tibbiyot amaliyotida, ayniqsa anesteziologiyada ishlatiladigan og`riq qoldiruvchi dori vositalari farmakodinamikasi, farmakokinetikasi va ishlatilishi bo`yicha quyidagi guruxlarga bo`linadi: narkoz moddalari (umumiy anestetiklar), narkotik analgetiklar, nonarkotik analgetiklar va maxalliy anestetiklar. Bulardan narkoz moddalari to`g`risida oldingi boblarda bayon qilindi. Maxalliy anestetiklar esa keyingi boblarda ko`rib chiqiladi. Narkotik va nonarkotik dori vositalari to`g`risida quyida ma'lumot beriladi. Narkotik analgetiklar Opiy (qora dori) ko`knoridan olinadigan, oftob ta'sirida qurib, qotib qoladigan o`simlik shirasidir. Uning tarkibida 25 xil alkaloidlar topilgan. Bularning orasida eng ko`p uchraydigan, asosiy alkaloid morfin xisoblanadi. Opiydan olinadigan alkaloidlar o`zining kimyoviy tuzilishi bo`yicha 2 sinfga taaluqli: fenantrin va benzilizoxinolin unumlari. Fenantrin unumlariga morfin, kodein, dionin va b., izoxinolin unumlariga esa papaverin va boshqalar kiradi. Tasnifi: A. Narkotik analgetiklar. 1. Morfin guruhi preparatlari-morfin, morfilong, omnopon, kodein, etilmorfin gidroxlorid, nalorfin, pentazotsin, nalbufin, buprenorfin, butorfanol. DNSkontinus, 2. Fenilpiperidin va boshqa opioid sintetik analgetiklar-promedol, prosidol, fentanil, remifentanil, loperamid, piritramid, tramadol, tilidin, estotsin, B. Opiat retseptorlar antagonistlari-nalokson, naltrekson. Morfin - opiyning axamiyatga sazovor alkaloidi va analgetiklarning asosiysi bo`lgani uchun uning farmakodinamikasi to`g`risida aloxida to`xtalib o`tamiz. Ta'siri. Morfinning va uning preparati xisoblangan morfin gidroxloridning farmakologik ta'siri ikki yo`nalishga qaratilgan. Birinchi asosiy ta'siri markaziy nerv tizimiga va ikkinchisi silliq mushaklarga. Markaziy nerv tizimiga ta'siri asosiy xisoblanib, u turlicha namoyon bo`ladi. Uning ta'sirida bir qator bosh miya markazlari faoliyati susayadi, ayrimlari esa aksincha zo`rayadi Download 292.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling