To’rtinchi tur. To'Iiqmas oilalar. Bu turdagi oilada ota-onadan biri bo'lmaydi. Bunday oilalarda ota-onalardan birining yo'qligini bildir- maslik uchun oila a'zolaridan har birining bolaga ta'sirini kuchaytirish, bola o'zaro munosabatlarda kamchilik sezmasligi uchun bola tarbiyasiga oiladan ketgan a'zoni boshqa qarindoshlarini jalb qilish muhimdir. Shunday qilib maktabgacha ta'lim muassasalarida oila bilan ishlash o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, oilaning turiga bog'liq holda o'tkaziladi - MTMning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo'shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTM xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz: - ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg'or pedagogik tajribalarning ko'rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o'rganib ularni o'zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. MTMlarimiz tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan; oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o'tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarning MTM hayoti bilan tanishishlari.
- ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari.
- ko'rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko'rgazmali, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogic axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo'yicha materiallar solingan papka.
- ota-onaga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni ko'rsatish mumkin.
- MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASI VA OILA HAMKORLIGI
- E’tiboringiz uchun raxmat !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |