Narx bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining


Download 156.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.01.2023
Hajmi156.49 Kb.
#1095697
Bog'liq
Narx - Vikipediya



Narx
Narx — bozor mexanizmining muhim
tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining
vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning
shakllanishi hamda samarali amal
qilishiga, bozor muvozanatining
taʼminlanishiga, milliy daromadning
iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari,
xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha
taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy
jihatdan himoya qilinishiga sharoit
yaratadi. Shuningdek, u ishlab


chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom
raqobat
muhitining yaratilishiga katta
taʼsir koʻrsatadi.
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi
shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi
iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur
tarixidagi ayrim qarashlarda N.ni
qiymatning mehnat nazariyasiga
asoslanib talqin qilishgan, unga
qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan.
21-asr boshlaridagi nazariyalar N.ni
pulning miqdoriy nazariyasi asosida
izoxlab, N.ga harajatlar, tovarning nafliligi
va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. N.ni
qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir
qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi


mumkin, bu esa bozordagi muayyan
tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. N.
faqat qiymatni emas, balki talab va taklif,
shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi,
sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa
olishi, muomaladagi pulning harid
qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, N.
qiymatdan miqdoran farqlanadi.
Mahsulot tannarxi har qanday N.ning
asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli
davomida uning N.idagi oʻzgarishlarga
katta taʼsir koʻrsatadi. N. miqdori
harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri
mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga
esa teskari mutanosiblikda turadi. Bozor
iqtisodiyotida N. bir nechta vazifalarni
bajaradi: 1) hisob-kitob va oʻlchov


vazifasi —N. vositasida qilingan
harajatlar, olingan natijaning puldagi
miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan
resurslar miq-orini uning N.iga
koʻpaytirish opkali hisoblanadi;
2)ragʻbatlantirish vazifasi — N. ning
oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini
oʻzgartiradi. Talab N.ga nisbatan teskari
mutanosiblikka ega. N. pasaysa talab
ragʻbatlantiriladi, aksincha, N. oshsa
(boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan
takdirda) taklif ragʻbat oladi. N.dagi
oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va
isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi;
3)raqobat vositasi vazifasi — N. raqibni
bozordan si-qib chiqarish va bozorda oʻz
mavqeini mustahkamlash uchun


ishlatiladi. Raqo-batchilar N.ni oʻzgartirib
turish, uni sharoitga qarab turlicha
belgilash or-qali oʻzaro bellashadilar. N.
raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi
hisoblanadi; 4) iqtisodiyotni tar-tiblash
vazifasi — N. bozor mexanizmidagi
asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. N.
oʻzgarishiga qarab nimani va qancha
ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi.
Muayyan tovarlar N.ining oshishi ularni
koʻplab ishlab chiqarish kerakligini
bildiradi, aksincha, N.ning pasayishi tovar
ishlab chiqarishni kamayishi yoki
umuman toʻxtatilishi lozimligini
anglatadi. N.ga qarab bozori kasod
tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon
tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu


esa resurslarning bir sohadan
ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski soha
qisqarib, yangi soxaning tez
rivojlanishiga olib keladi. N. resurslarni
qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni
tartiblaydi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar
va xizmatlar oldi-sotdisida qullanilishi N.
tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini
hisoblashda joriy va qiyosiy N.lar
qoʻllaniladi. Joriy N.lar amaldagi N.lar
boʻlib, ular yordamida yil davomidagi
ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi.
Qiyosiy N.larda maʼlum yil asos qilib
olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu
N.da hisoblanadi va boshqa yillar bilan


taqqoslanadi. Joriy N.lar inflyasiya tufayli
oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani
koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy
mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va
shahri k. koʻrsatkichlar dinamikasi
qiyosiy N.larda hisoblanadi.
N. qaysi bozorda amal qilishi, kimga
moʻljallanganligi va qaysi maqsadni
koʻzlashiga qarab bir necha turlarga
boʻlinadi.
Erkin bozor N.i (muvozanatli N.) — erkin
bozorda sotuvchilar va haridorlar
koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri
oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu
yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin


savdolashuv N.i, yaʼni muvozanatli N.
yuzaga keladi; monopol N. — monopol
bozorda so-tuvchi yoki haridor ozchilik
yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan N.
oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab
kiritiladigan N. boʻlib, odatdagi N.lardan
yuqori boʻla-di va monopol foyda olishga
xizmat qiladi; Ulgurji N. — tovar ishlab
chikaruvchilar savdo firmalariga to-
varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida
qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo
uylarida ham ulgurji N.lar qoʻllanadi;
shartnoma N.lari — sotuvchi va
haridorlarning roziligi bilan
belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan
shartnomada koʻrsatiladigan N. Bunday
N., odatda, shartnoma muddati amal qila-


digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy
va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi.
Chakana N. — tovarlar bevosita is-
teʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda
qoʻllanadi va miqdori ulgurji N.dan yuqori
boʻladi; Preyskurant N. — haridor uchun
bildirgich yoki maʼlumot-noma N. boʻlib
xizmat qiladi va haqiqiy N. preyskurantlar
(koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan N.
atrofida boʻlishini anglatadi; D
otatsiyalangan N. — davlat byudjeti hiso-
bidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor
N.idan pastroq qilib belgilangan N.,
N.dagi farq byudjet beradigan dotatsiya
bilan qoplanadi. Bu N.ni oʻtish davrida
turgan mamlakatlarda davlat aholini
ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi;


Demping N. — bozorda oʻz mavqeini
mustahamlash va ra-qiblarni siqib
chiqarishda qoʻllanadigan maxsus
pasaytirilgan N., xalq-aro bozorlarda
koʻproq qoʻllanadi.
Bozor koʻlamiga koʻra, N.lar xududiy
(mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor N.lar
i ga boʻlinadi. Hududiy N. — faqat maʼlum
hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud
doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi.
Milliy bozor N.i — bir mamlakat doirasida
amal qiluvchi va ularning xususiya-tini
aks ettiruvchi N.lardir. Xalq-aro N. —
muayyan tovarga ketgan baynalminal
harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan
jahon standarti talabiga mos kelish


darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va
taklif nis-batini hisobga oladi.
N.lar farqining miqdoriy ifodasi N.
diapazoni deyiladi. N. diapazoni N.lar
oraligʻining puldagi ifodasidir. N.
diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N.larni oʻz
ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta
boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez
yuz beradi, talab bilan N. oʻzaro
bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq
va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va
xizmatlar N.lari birbirini yuzaga chikaradi,
toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi.
Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi
mahsulot harajatlarini shakllantiradi.
Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng


muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft,
kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi
tovarlar) N.ining oʻzgarishi bozordagi
jami N.lar nisbatiga taʼsir
koʻrsatadi.Narxga ta'sir etuvchi eng qulay
omil bu monopoliyadir.Monopolist
korxona narxni xohlagancha o'ynatishi
mumkin.Shunday ekan demping narx
psixologik narx bularning hammasini
monopolist hal qiladi xohlasa qiladi
xohlamasa yo'q.Ushbu nazariya Buxoro
Davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi
kafedra mudiri Abdullayev.A ga tegishli
nazariyadir
Ahmadjon Oʻlmasov.
[1]


Cost of Living (http://www.numbeo.co
m/cost-of-living/) - Contains prices of
goods and services worldwide
Wages, Prices & Living Standards: The
World-Historical Perspective (http://w
ww.economics.ox.ac.uk/Members/rob
ert.allen/WagesPrices.htm) Arxivlandi
(https://web.archive.org/web/2010010
7034228/http://www.economics.ox.ac.
uk/members/robert.allen/WagesPrice
s.htm) 2010-01-07 Wayback Machine
saytida.
Historicalstatistics.org (http://www.his
toricalstatistics.org) Links to
Havolalar


historical statistics on prices
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 4-Fevral 2021, 04:58 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Iqtisodiyot va moliyaga oid ushbu maqola
chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipe
dia.org/w/index.php?title=Narx&action=e
dit) Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Narx&oldid=2175675" 
dan olindi

Download 156.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling