Nasafiylarining pedagogik qarashlari
Download 0.51 Mb.
|
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR
O‘N TO‘QQIZINCHI HIKOYAT
Shoqol nilchining bo‘yog‘iga yiqilib tushib, ko‘k rangga bo‘yalgani xususida To‘ti hikoya qila ketibdi: -Bir shoqol qachon qaramang, anhorda uyoqdan-buyoqqa izg‘ib yurar va turli idishlarga burnini tiqar ekan. Kunlarning birida u o‘z odati bo‘yicha nilchining uyi oldiga borib qolibdi, ko‘k bo‘yoq solingan tog‘oraga tumshug‘ini tiqibdi va tog‘oraning ichiga yiqilib tushibdi. O‘z-o‘zidan ravshanki, u ko‘m-ko‘k bo‘yoqqa bo‘yalib qolibdi. Tog‘oraning ichidan bir amallab chiqib olibdi-da, o‘rmon tomonga qarab qochibdi. O‘rmondagi hayvonlar esa uni tanimabdi, chunki u boshdan-oyoq ko‘k rangda ekan, demak bu shoqol emas, qandaydir noma’lum maxluq, deb o‘ylashibdi. Shunday qilib ular shoqolni o‘zlariga rahnamo qilib olibdilar-da, unga bo‘ysunibdilar. Shu tariqa shoqol shoh bo‘libdi. Ammo u yuragini hovuchlab yurarkan. Ishqilib ovozimdan birov tanib qolmasin-da deb yon-veriga o‘z urug‘-aymoqlarini to‘play boshlabdi. Barcha yig‘ilishlarda va qabul marosimlarida u birinchi qatorga shoqollarni, ikkinchi qatorga tulkilarni, uchinchisiga kiyik va maymunlarni, to‘rtinchisiga bo‘rilarni, beshinchisiga yo‘lbarslarni va oltinchisiga fillarni o‘tqazarkan-da, buyruq berar ekan. Hech kim o‘z joyidan qimirlamasin, undan bir qarich nari-beri bo‘la ko‘rmanglar. Kechqurun barcha shoqollar uliganda, u ham boshqa urug‘-aymoqlariga qo‘shilib ulir ekan, ular oldingi qatorda bo‘lgani uchun shohning shoqollarga qo‘shilib uliganini hech kim payqamas ekan. Oradan bir necha kun o‘tganda u nimadandir darg‘azab bo‘lib, barcha shoqollarni haydab yuboribdi, ularning o‘rniga yirtqich hayvonlarni tortibdi. Bir gal tunda shoqollar uzoqdan turib uliy boshlagan ekan, ko‘k shoqol ham joyidan turib hamjinslariga qo‘shilib uliy boshlabdi. Shunda yonginasida turgan yirtqichlar uning tovushini yaxshilab eshitibdi va bu shoqol ekanini bilib qolibdi. Bunday xatoga yo‘l qo‘yganlaridan o‘zlari ham rosa o‘ng‘aysizlanibdi. Shartta shoqolni tutishibdi-da, parcha-parcha qilib tashlashibdi. To‘ti bu ertagini ham tugatibdi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling