Nasimxon rahmonov
Download 1.01 Mb.
|
Nasimxon rahmonov o‘zbek mumtoz adaBIyoti tarixi
Lutfiy (1366-1465)
(Qo‘shimchalarini kiritib bo‘ldim, izohga Gota nusxasi to‘g‘risida ma’lumot berish kerak, balki spravkaga ham.) Lutfiy XVI asrning oxiri – XV asrning o‘rtalarida yashab ijod qildi. Mavlono Lutfiy o‘z zamondoshlari orasida “malik ul-kalom” (Alisher Navoiy)*, “so‘z lutfida yagonai davron” (Xondamir)* shoir sifatida shuhrat qozongan. Uning bizgacha etib kelgan asarlari tarixiy va ilmiy manbalarda Lutfiy taxallusi bilan berilgan. Lutfiy fors va turkiy tillarda ijod qilgan. Bu Lutfiydan boshqa shu taxallus bilan ijod qilgan shoirlar tarixda o‘tgan. Mavlono Lutfiydan boshqalari ozarbayjon, usmonli turk, fors-tojik tillarida ijod qilganlar. Ammo uning alohida forsiy devoni borligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. “Lutfiy” taxallusli shoirlarning birontasi ham Mavlono Lutfiy darajasida she’r bitolmagan. SHu taxallusli shoirlarning biri to‘g‘risida Navoiy “Majolis un-nafois”da ma’lumot beradi*. Alisher Navoiy, Xondamir, Abdulla Kobuliylar* Lutfiy merosining asosiy qismini uning turkiy devoni tashkil etishini aytganlar. SHoir devonining bizgacha etib kelgan qo‘lyozma nusxalari haqida turli manbalarda ma’lumotlar berilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar bir-biridan farqlidir*. Lutfiy zamonasining mutasavvif olimlaridan SHahobiddin Xiyoboniydan ta’lim olgan. Boysung‘ur Mirzo kabi sultonlar Lutfiyning shoirlik mahoratini g‘oyat e’tirof etganlar, uni o‘z huzurlariga taklif qilib turganlar. Lutfiy Boysung‘urning hayot davri () va uning o‘g‘li Alouddavlaning yoshlik, navqiron yigitlik paytiga bag‘ishlangan qasidasining so‘ngida ikki baytida o‘zi bilan shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar manzarasini chizib beradi: Etti boshim ko‘kka, shohokim, tiladingiz g‘azal, Ul sharaftin topti devonim qabuli shayxu shob. Lutfiy qulning she’ri birla xuddi ehtiyoj, Iltifotingdin, begim, men shuhrat ettim iqtisob. [Mening g‘azallarimni istaganingizda boshim ko‘kka etdi, shundan Devonim sharaf topib, keksayu yosh tomonidan qabul qilindi. Qulingiz Lutfiyning she’rini o‘qishga siz ehtiyoj sezdingiz, ey bek, sizning iltifotingizdan men shuhrat topdim.] Ko‘rinadiki, Alouddavla ham Lutfiy g‘azallarini yoqtirgan. CHamasi, Alouddavla Lutfiy g‘azallarini so‘rab olib o‘qib turgan. Baytlar mazmunidan yana shu narsa anglashiladiki, yuqoridagi qasida yozilgan davrda – taxminan 1430 yillarda Lutfiy devon tuzgan, degan xulosaga kelish mumkin. Lutfiy devonni bir marta emas, balki bir necha marta tuzgan. Bunday fikrga kelishga devon qo‘lyozmasining Parij va Gota nusxalari undaydi. Zotan, bu nusxalarda devon yangi she’rlar bilan to‘ldirib borilgan. Devonda she’rlarning o‘rni almashtirilgan, she’rlar tarkibidagi ayrim baytlar tushirilib, yangilari bilan almaytirilgan, baytlar mazmunan qayta tahrir qilingan. Demak, Lutfiy o‘z ijodiga har doim jiddiy yondashgan. Bugungi kunda mavjud ma’lumotlarga tayangan holda, Lutfiyning ijodiy merosi janrlar bo‘yicha quyidagi miqdorni tashkil etadi: g‘azallar – 372 ta bo‘lib, 4712 misra; qasidalar – 3 ta bo‘lib, 214 misra; to‘rtlik (tuyuqlar) – 115 ta bo‘lib, 460 misra; fardlar 60 ta bo‘lib, 120 misra; ayrim baytlar 22 ta bo‘lib, 44 misra*. Lutfiy SHarafiddin Ali YAzdiyning fors tilidagi “Zafarnoma” (1437) asarini ham SHohruh Mirzoning taklifi bilan ona tiliga she’riy tarjima qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, “Zafarnoma”ning tarjimasi o‘n ming baytdan ortiqdir*. Mavlono Lutfiydan boy adabiy meros qolgan. Manbalarda shoirning 20 dan ortiq asar yozgani aytiladi. Lekin bu asarlarning ayrimlari hali topilmagan. SHoirning ijodi juda erta boshlanib, umrining so‘nggi davrlarigacha ham ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. Manbalarda xabar berilishicha, shoir “Uftad” radifli g‘azalini 99 yoshida – vafot etgan yili yoza boshlagan. Navoiyning aytishicha, Lutfiy bu g‘azalini davom ettirib tugatishni Abdurahmon Jomiyga vasiyat qilgan. Lutfiy o‘z davrida ham, keyin ham zamonaning mashhur ijodkorlari tomonidan Navoiydan keyingi o‘rinda turadigan shoir sifatida e’tirof etilgan. Navoiy “Badoe’ ul-bidoya” devoni debochasida ham Lutfiyning Iroq va Xurosonda shuhrat tutganini alohida ta’kidlaydi. Navoiy Lutfiy g‘azaliga bog‘lab yaratgan uchta muxammasini mazkur devoniga kiritgan. Umuman, Lutfiy haqida Alisher Navoiy asarlarida keng ma’lumot berilgan*. Keyinchalik yaratilgan adabiy-tarixiy manbalarda Navoiy asarlarida berilgan ma’lumotlar takrorlansa-da, bu ma’lumotlar aynan qaytarib bo‘lmay, Lutfiy hayoti va ijodining biron qirrasini ochishga xizmat qiladi. Kamoliddin Binoiy*, Davlatshoh Samarqandiy*, Zahiriddin Bobur*, Poshshoxoja* kabi qator shoiru muarrixlar Lutfiy ijodi, xususan, she’riyatiga yuksak baho berganlar. Lutfiy asarlari XIX asrning oxirlarigacha ham ijod ahliga kuchli ta’sir ko‘rsatganini qori Rahmatulloh Vozeh (1817-1894) ning “Majmuai mansur va manzumi Vozeh” tazkirasidan bilamiz. Lutfiy fors tilida ajoyib qasidalar bitgani ma’lum. Bu haqda Navoiy “Majolis un-nafois” asarida ma’lumot beradi. Lutfiyning o‘zbek tilidagi g‘azal, ruboiy, tuyuq va boshqa janrdagi asarlari jahonshumul shuhrat qozondi. Gadoiy (qo‘shimchalari kiritildi) SHoir Gadoiy ijodi XV asrda temuriylarning adabiyot va san’atda alohida e’tibori bois Movarounnahr va Xurosonda adabiyot gullab-yashnagan. V.V. Bartold ta’biri bilan aytganda, bu har ikki o‘lka turkiy tildagi adabiy harakatchilikning markaziga aylangan davrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘zbek adabiyotining taraqqiyotiga Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy bilan bir qatorda, Gadoiy ham katta hissa qo‘shdi. Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida Gadoiy haqida ma’lumotlar bor. Navoiy Gadoiy to‘g‘risida shunday yozadi: “Mavlono Gadoiy turkigo‘ydir, balki mashoqirdindur. Bobir Mirzo (Abdulqosim Bobur – N.R.) zamonida she’ri shuhrat tutti. Bir nav’i aytur va aning mashhur matla’laridan biri buldurkim: Ohkim, devona ko‘nglum mubtalo bo‘ldi yana, Bu ko‘ngulning ilkidin jong‘a balo bo‘ldi yana. Mavlononing yoshi to‘qsondan o‘tubdir. Bu matla aningdurkim: Bilbaro, sensiz tiriklik bir baloi jon emish Kim, aning dardi qoshida yuz o‘lum hayron emish”.* “Majolis un-nafois” yozilayotgan paytda Gadoiy to‘qson yoshda bo‘lgani e’tiborga olinsa, u 806 (1403-1404) yilda tug‘ilgan aytish mumkin. Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn”da iste’dodli turkigo‘y shoirlar Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoyi, Muqimiy, YAqiniy, YUsuf Amiriy, Lutfiy kabi turkigo‘y shoirlar to‘g‘risida so‘z yuritganda, Gadoiyni ham zikr etadi: “Xuloguxon zamonidin sultoni sohibqiron Temur Ko‘ragon zamonidin farzandi xalafi SHohruh Sultonning zamonining oxirig‘acha turk tili bila shuaro paydo bo‘ldilar va ul hazratning avlod va ag‘fodidin ham xush tab’ salotine zuhurg‘a keldi: shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoyi va Muqimiy va YAhiniy va Amiriy va Gadoiydeklar”*. Gadoiyning devoni Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi. Qo‘lyozma hajmi 66 varaq bo‘lib, shoirning 230 g‘azali, 1 qasidasi, 1 mustazodi va 5 to‘rtlikdan iborat. Devondagi Gadoiy merosining umumiy hajmi 2974 misradir. Devon taxminan XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida ko‘chirilgan. Gadoiy devoni Lutfiy devoni bilan bir muqovadadir. Gadoiy ijodining katta qismini g‘azallar tashkil qiladi. Uning g‘azallari markazida inson va uning muhabbati turadi. Uningcha, sevgisiz hayot hayot emas, sevgi insonning eng olijanob fazilati va ma’naviy go‘zalligi nishonasidir. Har kishingkim, seningdek bir sevar jononi yo‘q, Filmasal, bir suratedurkim, taninda joni yo‘q (Latofatnomada ham shunga o‘xshash bayt bor edi. chamasi). Gadoiy uchun ishq hamma narsadan yuksak. U sevgini mol-mulk, mansab, boylik, amaldan ustun qo‘yadi va o‘zi ham shu aqidaga amal qilganidan faxrlanadi: Ishqingizdin(dur) jahon ichra mubog‘otni, begim, O‘zgalar faxri gar o‘lsa mulku jog‘u mol ila. Gadoiy g‘azallari asosan (asosida) turkigo‘y shoirlar ko‘p ijod qilgan, o‘sha davrda keng tarqalgan “turkiy” deb atalgan surud vazni (ramali musammani mahsur)da bitilgan. Gadoiyning mustazodi shoirning she’riyatdagi iqtidoriga mezon bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling