Nasos stansiyalaridan foydalanish va tamirlash fanidan Ishlab chiqarish talim ustasi Avezov Shokir
Download 493.87 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu N S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chuqurlik nasoslari
Nasos stansiyalaridan foydalanish va tamirlash fanidan Ishlab chiqarish talim ustasi - Avezov Shokir 30-yanvar 2021-yil. 4-mavzu: Uyurmali va oqimchali nasoslar. Chuqurlik
1. Uyurmali nasoslar haqida malumot 2.Oqimchali nasoslar, ularning avzalligi kamchiligi. 3.
Chuqurlik nasoslar haqida malumot
Oqimchaviy nasoslar.
Oqimchaviy nasoslar konstruktsiyasi jihatdan sodda va ishonchli ishlaydigan nasosdir. Ularning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda harakatlanuvchan qismlar bo’lmaydi. Ular ishchi suyuqlik turiga qarab injyektor, ejyektor, erlift va gazlift turlariga bo’linadi. Oqimchaviy nasoslarning ishlashi ishchi suyuqlikning kinetik energiyasidan foydalanishga asoslangan. Ishchi suyuqlik nasos haydayotgan suyuqlik bilan aralashib, o’zining kinetik energiyasining bir qismini unga beradi va hosil bo’lgan aralashma tarmoqqa haydaladi.
Oqimchaviy nasoslar sxemasi 1- Soplo, 2- aralashtirish bo’shlig’I 3- diffuzor 4- suyuqlik so’rish yo’li 6-rasmda oqimchaviy nasosning sxemasi ko’rsatilgan. Soplo 1 ga bosimi nasos hosil qiladigan bosimdan ancha katta bo’lgan ishchi suyuqligi beriladi. Ishchi suyuqlik torayib boradigan soplodan o’tar ekan, bosimning bir qismini yo’qotadi va tezligi ko’payadi. Soplodan chiqish oldida ishchi suyuqlikning oqimi atrofida siyraklashgan bosim vujudga keladi, quvur orqali haydalayotgan suyuqlik so’rish yo’li 4 orqali aralashtirish bo’shlig’i 2 ga so’riladi va ishchi suyuqlik bilan aralashadi. Shu yo’sinda olingan aralashma diffuzor 3 ga yuboriladi, u yerda aralashmaning tezligi kamayadi va bosimi esa ko’tariladi. Ishchi suyuqlik sifatida gaz (yoki bug’), shuningdek turli kombinatsiyalarda olingan suyuqliklar ishlatilishi mumkin. Oqimchaviy nasoslar sanoatda asosan qurilish va konchilik ishlarini gidromexanizatsiyalashda, iflos suvni haydashda, shuningdyek gazlarni so’rib olishda ishlatiladi. Afzalligi: konstruksiyasining soddaligi, iflos va agressiv suyuqliklar uchun, hamda aralashtirgich sifatida ishlatilishi. Kamchiligi: f.i.k. ning pastligi, tez ishdan chiqishi. Chuqurlik nasoslari Mavzu bo’yicha savollar 1. Uyurmali nasoslar harakat turi bo’yicha qanday nasoslar turiga kiradi? 2. Oqimchaviy nasoslar sanoatning qanday soxalarida
ishlatiladi.? 3.Chuqurik nasoslar necha turga bo’inadi va ular qaysilar?
Download 493.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling